«МК tomonidan ko‘rsatiladigan axborot-kutubxona xizmati
turlarini tartibga solish to ‘g‘risida»gi nizom, «Masofadan xizmat
ko'rsatish haqida»gi nizom, Axborot-kutubxona resurslarini
kataloglashtirishning yagona qoidasi, Axborot-kutubxona resurs
larini hisobga olishning yagona tizimi bo‘yicha instruksiya,
«UZMARK» milliy kataloglashtirishning formati va boshqalar.
1729-sonli Qaror asosida MKning quyidagi ichki me’yoriy
hujjatlari: «MKiiLng xizmatlari haqida» nizom, mutaxassislarning
lavozim yo‘riqnomalari, «MKning foydalanuvchilarga axborot-
kutubxona xizmati ko'rsatish haqida»gi nizomi, «MKning disser-
tatsiyalar fondidan foydalanish haqida»gi nizomi, «Axborot-ku-
tubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi tanlovi»ning ni
zomi va boshqalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
2012-yil 29-oktabrdan 2-noyabrga qadar birinchi marta «Ax
borot-kutubxona haftaligi» o‘tkazildi. Bu awal sentabr oyida
o‘tkazilgan mutolaa oyligining yangi shakli bo‘lib, maqsadi
o‘qishni ommalashtirish, axborot madaniyati darajasini ko‘tarish,
Internet imkoniyatlarini kengaytirish hisoblanadi. Hafta davo
mida turli nashriyotlarning ko‘rgazmalari, «Buyurtma—2013».
aksiyasi, turli xorijiy firmalarning elektron resurslari taqdimoti,
seminar va turli yo‘nalishlarda tanlovlar o‘tkazildi. 1-qavatda
kinomarkaz ishlab turadi. Unda muntazam ravishda o‘quv-ta’li-
miy, ilmiy-ommabop, hujjatli va badiiy filmlar namoyishi tashkil
etiladi. Ular 3 asosiy yo‘nalish — «Bizning meros», «Bizning
mashhur kishilar», «Bizning yutuqlarimiz»da namoyish etiladi.