EBSCO Publishing, OECD-
252
www.ziyouz.com kutubxonasi
iLibrary, Informawor/d, JSTOR, Cambridge Journals Online,
Britannica Online, Alexander Street Press, Integrum, Bio One
va
boshqa qimmatli resurslarga kirish imkoniyati yaratildi. 2008-yiI-
dan beri Rossiya davlat kutubxonasining virtual o‘quv zaliga bepul
kirish ta ’minlangan va kitobxonlar turli bilim sohalariga oid
760000 dissertatsiyalarning elektron shaklidan foydalanishlari
mumkin.
Elektron buyurtmalarni muvofiqlashtirish va resurslarni elek
tron yetkazib berish xizmati
MKning fondiga masofadan turib
kirishni, elektron masofali xizmatni bajaradi, elektron buyurt
malarni qidirish va yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Bu xiz
mat 2012-yil iyun oyidan boshlandi. Yig‘ma elektron katalog-
ning respublika markazi — boshqa AKMlar yordamida va ishti-
rokida respublikaning yig‘ma elektron katalogiga ma’lumotlar
yig‘ish, ularni tartibga solish, tahrir qilish bilan shug‘ullanadi.
Yangi kelgan nashrlarning bibliografik m a’lumotlarini biblio
grafik yozuvlar sifatini ta’minlash va dublet yozuvlarning oldini
olish maqsadida bajaradi.
Resurslarni skanerlash va raqamlashtirish xizmati —
MK
fondini shakllantirish, saqlash va masofadan axborot xizmati
ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida ish olib boradi. 2012-yilda
5000 kitob, 3900 avtoreferat, 26 noyob nashr, 1000 mikrofllm-
lar plyonkasidagi ma’lumotlar, 652 katalog kartochkalari raqam-
lashtirildi. Pullik xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan 917230 so‘mlik
buyurtma bajarilgan.
Ilmiy-uslubiyot xizmati
— 1729-sonli Qaror asosida bo‘lim
ishi jonlantirildi. Mamlakatimizda axborot kutubxona faoliyati-
ning davlat siyosatini amalga oshirish, kelgusi taraqqiyot uchun
takliflar kiritish, ishlab chiqish, aholiga axborot-kutubxona
xizmati sifatini oshirish, tashkiliy-uslubiy rahbarlikni ku-
chaytirish, ilmiy tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlami muvofiqlash-
tirish, samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tadqiqot ishlarini
olib borish, m e’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish,
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
va xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasini
rivojlantirish ishlarini amalga oshiradi.
253
www.ziyouz.com kutubxonasi
|