Milliy bibliografik та ’lumotlar bazasini shakllantirish x iz
mati —
og‘zaki va yozma so‘roqlarga javob beradi, Milliy kitob
palatasining MKga qo‘shilishi munosabati bilan bu bo‘lim
«0‘zbekiston matbuoti solnomasi»ni tuzish, respublikada nashr
etilayotgan adabiyotlarga ISBN va ISSN raqamlarini qo‘yish,
turli dolzarb mavzularda bibliografik qo‘llanmalar tuzish bilan
shug‘ullanadi.
D ispetcher xizm ati —
m a’lumot-axborot xizmati bilan
shug‘ullanadi, kitobxonlarga maslahat berish, turli kafedra-
larga buyurtmalarni yetkazib berish, an’anaviy va elektron kata-
loglar yonida xizmat ko‘rsatish, maslahat berish, telefon va elek
tron pochta orqali xizmat ko‘rsatish, ijaraga netbuklarni tarqa
tish bilan shug‘uUanadi.
Kutubxonalararo abonement va hujjatlarni elektron yetk a
zish xizmati
— shartnomalar asosida boshqa AKMlariga, tash-
kilotlar va muassasalarga 5 kungacha vaqtga KAA orqali axborot-
kutubxona xizmati ko‘rsatadi. 2012-yil davomida 692 ta kutub
xona, 469 ta tashkilotlarga xizmat ro‘yxatga olingan.