• 5. Badiiy adabiyotni targib qilishning o ‘ziga xos usullari nimalardan iborat 6. Adabiy ertaliklar qanday otkaziiadi
  • 4 -b o ‘lim. KUTUBXONA ISHINI TASHKIL ETISH, BOSHQARISH, REJA VA HISOBOTLAR 14-bob. KUTUBXONA ISHINI TASHKIL ETISH.
  • Barkamol avlod tarbiyasida badiiy adabiyotning o'rni qanday?




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/183
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,3 Mb.
    #237439
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   183
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    1. Barkamol avlod tarbiyasida badiiy adabiyotning o'rni qanday?
    2. Badiiy adabiyotning nashr turlari, kitobxonlarini qanday izohlaysiz?
    3. Badiiy adabiyotni o ‘qish sabablari nimalarda nam oyon b o‘ladi?
    4. Badiiy adabiyotni targ‘ib qilishning maqsadi, vazifalarini bayon
    eting.
    5. Badiiy adabiyotni targ'ib qilishning o ‘ziga xos usullari nimalardan
    iborat?
    6. Adabiy ertaliklar qanday o'tkaziiadi?
    7. Sirtqi kitobxonlar konferensiyasi qanday tashkil etiladi?
    uchun savollar
    236
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    4 -b o ‘lim.
    KUTUBXONA ISHINI TASHKIL ETISH,
    BOSHQARISH, REJA VA HISOBOTLAR
    14-bob.
    KUTUBXONA ISHINI TASHKIL ETISH.
    ISH VA VAQT ME’YORLARI
    Mamlakatimiz kutubxonachilik ishida islohotlar davri bosh- 
    langandan so‘ng, kutubxonachilik sohasida muassasalar tizimi 
    qaytadan tashkil topdi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi 
    6000 dan ortiq ommaviy kutubxonalar o‘quv muassasalari tarki- 
    bidagi maxsus kutubxonalar — maktab, kollej, litsey, oliy o‘quv 
    yurtlari kutubxonalariga qo‘sliildi va axborot-resurs markazlari 
    tashkil etildi. Endilikda o‘z-o‘zidan kutubxona muassasalarining 
    tarkibiy qismlari, shtat jadvallari, boshqaruv tiziinlari ham o‘zgardi.
    2011-yil 13-aprelda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respub- 
    likasining «Axborot-kutubxona faoliyati to ‘g‘risida»gi Qonuni
    2-bobi «Axborot-kutubxona faoliyati sohasining davlat tomo­
    nidan tartibga solinishi» deb ataldi va unda axborot-kutubxona 
    muassasalari boshqaruvi belgilab berildi.
    Qonunning 5-moddasi «Axborot-kutubxona faoliyati so- 
    hasidagi davlat boshqaruvi»ga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra, «Ax­
    borot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi» 0 ‘z- 
    bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u axborot-ku­
    tubxona faoliyati sohasida maxsus vakolat bergan davlat organi 
    tomonidan amalga oshiriladi.
    Ushbu Qonunning 6-moddasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazir­
    lar Mahkamasining axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi vako- 
    latlari belgilab berilib, ular quyidagilardan iborat:
    • axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat siyosatining 
    amalga oshirilishini ta’minlaydi;
    • axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini 
    tasdiqlaydi;
    • axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy 
    hujjatlarni qabul qiladi;
    237
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    • AKMni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini 
    belgilaydi;
    • 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun huj- 
    jatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi 
    mumkin.
    Qonunning 7-moddasi hududlardagi va muassasalar tizi- 
    midagi maxsus vakolatli davlat organlarining vazifalarini aniq- 
    lashtirib berdi, masalan, oliy o‘quv yurtlari tarkibidagi axborot- 
    resurs markazlari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi — 
    maxsus vakolatli organ, Mudofaa vazirligi tizimidagi kutubxo­
    nalar uchun Mudofaa vazirligi maxsus vakolatli organ. Ya’ni:
    • axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat siyosatining 
    amalga oshirilishida ishtirok etadi;
    • axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini 
    ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
    • axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
    • axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy 
    hujjatlar va normativ hujjatlami ishlab chiqadi hamda qabul qiladi;
    • axborot-kutubxona resurslarini noyob va alohida qimmatli 
    axborot-kutubxona resurslari sirasiga kiritish tartibini, shuningdek, 
    ularni saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
    • axborot-kutubxona faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, 
    qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
    • axborot-kutubxona muassasalarining hisobini yuritadi;
    • yig‘ma elektron katalogni shakllantirish va yuritish tartibini 
    tasdiqlaydi;
    • maxsus vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq 
    boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    2006-yil 20-iyunda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 
    «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil 
    etish to‘g‘risida»gi Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzurida 
    respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvoflqlashtirish 
    bo'yicha Idoralararo kengash tashkil topdi va uning nizomi tasdiq- 
    landi. Nizomga ko‘ra, Idoralararo kengash 0 ‘zbekiston Respub- 
    likasining axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markaz­
    lari va kutubxonalari faoliyatini uning yo‘nalishlariga ko‘ra,
    238
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi kollegial organ deb bel- 
    gilandi. Uning o ‘z faoliyatida 0 ‘zbekiston Respublikasi Konsti- 
    tutsiyasiga, 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga, Prezident Far- 
    monlariga, Qarorlari va Farmoyishlariga va Kengash Nizomiga 
    amal qilishi belgilab berildi. Kengash faoliyatida Qoraqalpog'iston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar va Toshkent sha­
    har hokimliklari, kutubxona shoxobchalariga ega bo‘lgan vazirliklar 
    va idoralar bilan hamkorlikda ish olib borishi shartligi ko‘rsatildi.
    Idoralararo kengashning vazifalari etib quyidagilar belgilab 
    beriiadi: mamlakatimizning milliy axborot-kutubxona tizimi va 
    milliy
    axborot-kutubxona fondi faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi 
    sohasidagi strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirishi, tar- 
    moqlararo tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirishi, axborot- 
    kutubxona muassasalarini ular faoliyatining barcha yo'nalishlari 
    bo‘yicha rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirishi, kutubxona- 
    axborot xizmati ko‘rsatish tizimining maqbul faoliyat ko‘rsatishi 
    bo‘yicha mamlakatimiz va xorijdagi ilmiy-axborot faoliyati 
    rivojlanishini hisobga olgan holda tavsiyanomalar ishlab chiqishi 
    kerak.
    Kengashning funksiyalari ana shu vazifalarga hamohang 
    belgilandi. Bular — axborot-kutubxona muassasalarini yagona 
    axborot-kutubxona tizimi sifatida rivojlantirishning asosiy yo‘na- 
    lishlarini belgilash, ularni komplektlashning asosiy yo‘nalishlari, 
    mamlakatimizdagi adabiyotlar, shu jumladan, hujjatlarning 
    majburiy nusxalarini, qog‘oz va elektron manbalardagi xorijiy 
    nashrlar, shu jumladan, xalqaro kitob almashish, ma’lumotlar 
    bazalari va banklari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha tavsiyanomalar 
    ishlab chiqish va ishlarni muvofiqlashtirish, fondlarning fizik 
    holatini, nashrlarning, ayniqsa, noyob fondlarva madaniy meros 
    yodgorliklarining saqlanishini ta’minlash bo'yicha chora-tadbirlar 
    hamda tavsiyanomalar ishlab chiqish yo‘li bilan nazorat qilishni 
    tashkil etish, AKMlar uchun mamlakatimizdagi va xorijiy 
    nashrlarga obuna bo‘lishga budjet, shu jumladan, valuta mablag'larim 
    taqsimlash, shuningdek, kutubxona ishlarini yuritishning ilg‘or 
    texnologiyalari negizida kutubxona kadrlarini tayyorlash va qayta 
    tayyorlash bo'yicha takliflami ko‘rib chiqish, Vazirlar Mahkamasiga
    239
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    kiritish, AKMlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjat- 
    laming ishlab chiqilishini ta’minlash, ular faoliyatiga yangi axborot 
    texnologiyalarini joriy etish ishlarini muvoflqlashtirish, istiqbolli 
    rivojlantirishning kompleks dasturlarini va asosiy yo‘nalishlarini 
    ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini muvoflqlashtirish, 
    ularning nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlari va ommaviy 
    axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligini yaxshilash chora- 
    tadbirlarini ishlab chiqish, AKMlar fondini shakllantirish va 
    ulardan foydalanish, adabiyotlarni nashr etish va qayta nashr 
    etish hamda ularning nusxalarini belgilash bo‘yicha takliflar 
    tayyorlash, mehnat sharoitlarini yaxshilashga va kadrlar bilan 
    mustahkamlashga yo‘naltirilgan takliflarni tayyorlash, elektron 
    kataloglar tashkil etish tizimini rivojlantirish, elektron ilmiy- 
    ta’limiy resurslardan foydalanishning korporativ tizimlarini, 
    noyob fondlarning raqamlashtirish markazlarini tashkil etish 
    bo‘yicha ilmiy-texnik loyihalami ishlab chiqish va amalga oshirishda 
    tashabbus ko‘rsatish, ish tajribalarini o‘rganish, xalqaro kutub- 
    xonalararo abonementni rivojlantirish, axborotlarni o ‘zaro ayir- 
    boshlash, xalqaro kutubxona anjumanlarida va tashkilotlarda 
    qatnashish uchun chet el kutubxonalari, nashriyotlari, axborot 
    markazlari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tav- 
    siyanomalar ishlab chiqish, xalqaro va respublika kutubxona konfe- 
    rensiyalari, seminarlarini tashkil etish va o‘tkazishda tashabbus 
    ko‘rsatishdan iborat.
    Idoralararo muvoflqlashtirish kengashining ishchi organi etib 
    Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
    belgilangan. Kengashning mas’ul kotibi sifatida Milliy kutubxona 
    direktori ish olib boradi.
    Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini boshqarishning 
    vazifasi, afzalliklari yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar mazmuni 
    bilan bir xil. Maqsad — butun bir tizimni maqsadli, samarali va 
    rejalashtirilgan holda tashkil etish va yuritish.
    2012-yil 20-martda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 
    «Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi ax- 
    borot-resurs markazi faoliyatini tashkil etishning chora-tadbirlari 
    to g risida»gi Qaroridan so‘ng Milliy kutubxona negizida Res-
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    publika uslubiy kengash tuzildi va o‘z faoliyatini olib boradi. 
    Kengashga barcha maxsus vakolatli organlarning rahbarlari, soha 
    mutaxassislari kiritildi. Uslubiy kengash Idoralararo muvofiq- 
    lashtiruvchi kengashning faoliyatini mazmunan va mantiqan da- 
    vom ettiruvchi tashkilot bo‘lib, mamlakatda axborot-kutubxona 
    faoliyatini tashkil etish, tartibga solish bo‘yicha davlat siyosatini 
    amalga oshirish yo‘lida ish olib bordi.
    «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunda va boshqa 
    hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda uslubiy 
    rahbarlikni amalga oshirish, turli uslubiy, me’yoriy, qonuniy 
    hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun yuqori tashkilotlarga 
    taqdim etish bilan shug‘ullandi.
    Kengash tomonidan elektron kutubxona, elektron katalog, 
    yig‘ma elektron katalog tashkil etish, elektron ta’lim, majburiy 
    nusxa haqidagi Qonun, kitobxonlarga masofadan turib xizmat 
    ko‘rsatish, kutubxona fondi bilan ishlash, fonddan adabiyotlarni 
    chiqarish, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning pulli va bepul 
    ko‘rsatiladigan ish usullari, noyob qo‘lyozmalar bilan ishlash, 
    aholidan nodir adabiyotlarni jalb etish, kutubxonalarda hisob va 
    hisobga olish ishlari bo‘yicha qator huquqiy va me’yoriy hujjatlar 
    tayyorlanib, amaliyotgajoriy etildi. Uslubiy kengash sohaga oid 
    AKMlar xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash 
    ishlarini ham tashkil etadi va unga oid hujjatlarni tayyorladi. So­
    haga oid xalqaro ilmiy anjumanlarni, respublika miqyosidagi 
    seminarlar va anjumanlarni, axborot-kutubxona haftaligini o‘t- 
    kazishda ham tashabbus bilan chiqdi va ishtirok etdi.
    AKMlarning faoliyatini to ‘g‘ri tashkil etish, belgilangan 
    vazifalarni to‘g‘ri amalga oshirish, axborot-kutubxona faoliyatidagi 
    barcha jihatlami maqsadli va aniq bajarish borasida 0 ‘zbekiston 
    Milliy kutubxonasi tarkibida ilmiy-uslubiy bo‘lim, boshqa 
    muassasalarning bosh kutubxonalari negizida ham ilmiy-uslubiy 
    bo'limlar, viloyatlardagi axborot-kutubxona markazlari tarkibida 
    uslubiy bo‘limlar tashkil topgan. Bu bo‘limlar o‘zlariga mansub 
    kutubxonalar uchun uslubiy qo‘llanmalar, varaqalar, ko‘rsatmalar 
    tayyorlaydi, tarqatadi, uslubiy o‘quv seminarian, seminar-tre- 
    ninglar, o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etadi, ilg‘or ish tajribalarini
    16 - 
    403 
    241
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    o'rganadi, ularni amaliyotga joriy etadi, sohaga oid qonuniy 
    hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda ishtirok 
    etadi, AKMlar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi, o‘zlarining 
    tizimidagi AKMlaming ish rejalarini va hisobotlarini qabul qiladi, 
    tahlil qiladi, umumlashtiradi va tegishli ma’lumotlarni tayyorlaydi, 
    OAVlari bilan hamkorlik qiladi, raqamli hisobotlarni statistik 
    tashkilotlarga jo‘ natadi.
    Mamlakat AKMlarida ish turlarining bir tizimda, yaxlitlikda, 
    yagona uslubiyot asosida olib borilishini tashkil etadi, nazorat 
    qiladi. Turli ilg‘or ish tajribalari, yo‘nalishlari, yangi dolzarb 
    mavzularda ishni yuritish, amalga oshirishga qaratilgan loyihalarni 
    ishlab chiqadi, boshqaradi. Albatta, bu ishiarning barchasida 
    Idoralararo kengash tomonidan qo‘yilgan vazifalar, qonuniy 
    hujjatlarda belgilangan mezonlar, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
    Qonunlari doirasida ish olib boriladi.
    Boshqaruv vazifalarining asosiy qismini markazdan viloyat- 
    larga, viloyatlardan shahar-tumanlardagi davlat va boshqaruv 
    idoralariga o ‘tishini ta’minlash ishlari tashkil etadi. Kutubxo­
    nalar ishini tashkil etishda ilmiylik, adolatlilik, kasbiy, nazariy va 
    amaliy bilim, tashkilotchilik, tadbirkorlik, milliylik, xalqaro taj- 
    ribalarga va ilg‘or ish tajribalariga amal qilish, xalqchillik tamo- 
    yillariga suyanish samarali foyda keltiradi.
    Axborot-kutubxona markazlarida, respublika maqomiga ega 
    bo‘lgan barcha yirik ilmiy kutubxonalarda muassasa faoliyatiga 
    direktor, axborot-resurs markazlarida, tashkilotlarning va muas- 
    sasalaming tarkibidagi kutubxonalarda mudir boshqaradi. Direktor 
    respublikada belgilangan tartibga ko‘ra, lavozimga tayinlanadi va 
    bo‘shatiladi. Direktor yakka boshchilik huquqiga ega, yuqori 
    tashkilot nomidan guvohnoma bilan vakolatli organga bo‘ysunadi 
    va davlat boshqaruvining tashkilot va muassasalardagi vakili 
    hisoblanadi. AKM bajarishi shart bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda 
    o‘z vakolati doirasida buyruq chiqaradi va uning nazoratini 
    ta’minlaydi.
    AKMning direktori kreditlarga, tashkilotning moliyaviy, iqtiso­
    diy, ma’naviy, tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qiladi, tovarlar olish, 
    yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishga doir shartnomalar tuzish
    242
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    ishlarini bajarish uchun mehnat shartnomalarini tuzadi (bux- 
    galteriya bosh hisobchisining roziligi bo‘lishi shart); belgilangan 
    tartibda bo‘laklar olish va o‘z xodimlariga tarqatish uchun ruxsat 
    beradi. Smetada ko‘zda tutilgan mablag‘ hisobidan xarajatlarni 
    toMashga ruxsat beradi; belgilangan qoidalarga binoan, muassa- 
    saning ehtiyojlari uchun materiallar va moddiy boyliklarni ohsh, 
    to‘plash, sarflash ishlarini olib boradi; hisob beruvchi shaxslar- 
    ning bo‘lak hisobotlari, inventarizatsiya natijalari, ma’lum bir sa- 
    bab bilan fonddan chiqariladigan axborot resurslari va boshqa 
    moddiy boyliklarni hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tas- 
    diqlaydi; moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi.
    Direktor tashkiiotning g‘oyaviy-siyosiy yo‘nahshi, iqtisodiy 
    hayoti, kadrlarni ishga olish, bo‘shatish, boshqa AKMlar, tash- 
    kilotlar, OAV bilan hamkorlik uchun, budjetdan tashqarida 
    mablag1 topish faoliyatini tashkil etish uchun javobgar. Tizimga 
    qarashli kutubxona xodimlarining malakasini oshirish va qayta 
    tayyorlash ishlarini, ular uchun seminar va kengashlar faoliyatini 
    tashkil qiladi. Shuningdek, kutubxona ishini rejalashtirish va tashkil 
    qilish, kadrlarni tanlash, joylashtirish va tarbiyalash, moliyaviy 
    mablag‘lar va moddiy boyliklarga boshchilik qiladi.
    AKM ish rejasi va hisobotlarini yuqori tashkilotlarga topshi- 
    radi, ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo'yadi, o'z faoliyati haqida 
    ular oldida hisobot beradi. AKM, ARM va kutubxona binosini 
    joriy va kapital ta’mirlashga rahbarlik qiladi.
    Direktor lavozimiga oliy ma’lumotli va kamida 5 yillik ish sta- 
    jiga ega bo'lgan kishi tayinlanadi. Fan nojnzodi yoki fan doktori 
    bo‘lgan taqdirda ham 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi shart.
    Direktor kutubxona ishini tashkil etishi bilan birga, uning 
    mulki va hisobining saqlanishiga javobgardir, kutubxona smetasining 
    tuzilishida ishtirok etadi, ajratilgan mablag‘larning sarflanishim 
    boshqaradi. Direktorning kutubxonachilik ishlari bo‘yicha muovini 
    axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish, bosh- 
    qarish, ilmiy-uslubiy faoliyatni tashkil etish, amalga oshirish, 
    axborot-kutubxona xizmati ko'rsatish, tegishli bo‘limlar 
    abone­
    ment, o ‘quv zallari, axborot-bibliografiya, ilmiy-bibliografiya, 
    uning tarkibidagi boshqa bo‘limlarning faoliyatini tashkil etish,
    243
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    nazorat qilish, kutubxonaning kitob fondini tashkil etish, targ‘ib 
    qilish va undan foydalanish, kutubxonalararo va xalqaro kitob 
    almashuv faoliyatini nazorat qilish, kutubxonachilik ishi masala- 
    lariga oid seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari o ‘tkazish, kitobxon­
    larning so‘rovlarini to'liq, tezkorlik va samarali qondirish bilan 
    bogiiq bo'lgan kompleks masalalar uchun javobgardir.
    Direktorning umumiy ishlar yoki xo‘jalik ishlari bo‘yicha 
    muovini texnologik instruksiyalami ishlab chiqishga rahbarlik qiladi, 
    mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish, kutubxonaning moddiy- 
    texnik negizini mustahkamlash, xo‘jalik ishlar bo‘limi, texnik 
    ishchilar faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish, kutubxonaning 
    gigiyenik va sanitar holati, xodimlaming ijtimoiy muhofazasi, turli 
    ijtimoiy mehnat turlarini tashkil etish, bajarish, yong‘inga qarshi 
    kurash, favqulodda vaziyatlar bo‘limining ishini tashkil etish, 
    amalga oshirish bilan shug‘ullanadi, xo‘jalik bo‘limiga xodimlarni 
    ishga olish, ishdan bo‘shatish, turU texnik jihozlarni, kompyuter 
    texnologiyasini, texnika vositalarini olish, saqlash, ishga tushirish, 
    zarur bo‘lganda 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan 
    tartibda hisobdan chiqarish ishlarida boshchilik qiladi. AKMning 
    ta’mirlash, to‘liq ta’mirlash va qayta qurish ishlarini tashkil etadi, 
    nazorat qiladi.
    Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha turli darajada 
    o‘tkaziladigan respublika, viloyat, shahar, tuman va kutubxona 
    mansub bo‘lgan yuqori tashkilot yig‘ilishlarida rahbariyat nomidan 
    qatnashib, masalalarni hal etishda ishtirok etish huquqiga ega. 
    Ko‘rsatilgan vazifalar quyi kutubxonalarda ARM yoki kutubxona 
    mudiri va mudir o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.
    AKM rahbari mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini, 
    iqtisodiy masalalarini, ma’naviy-madaniy vazifalarni, axborot- 
    kutubxona faoliyatining yo‘nalishlariga oid davlat siyosatini, 
    mamlakatda belgilangan vazifalarni anglab yetishi, ishni tashkil 
    etishning ilmiy asoslarini yaxshi bilishi, kunning sohaga oid dol­
    zarb masalalaridan xabardor bo‘lishi, bu ishlarni amalga oshi- 
    rishda ishtirok etishi, tashabbus ko‘rsata olishi zarur. AKM barcha 
    xodimlari mehnatini tashkil etish, kutubxona kengashi va faollari 
    faoliyatining hisob va hisobot ishlari, ish rejalari va xo‘jalik ishlarini
    244
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    bilishi, nazorat qila olishi, xodimlar bilan ishlash madaniyatini 
    egallagan bo‘lishi, ichki mehnat shartnomasini, ichki tartib-inti- 
    zomni tashkil eta bilishi, nazorat qila olishi kerak.
    Ug‘°r xodimlami moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, mehnat 
    intizomini buzganlarga, mehnat shartnomasida belgilangan 
    shartlarni bajarishdan bosh tortganlarga, kutubxona hududida 
    qoidadan tashqari biron-bir nojo‘ya harakat qilganlarga nisbatan 
    chora-tadbirlarni belgilangan tartibda qo‘llay olishi, mehnatni 
    muhofaza qilish, texnika xavfsizligini tashkil etish va ta’minlanishi 
    ustidan nazorat qilish, ish malakalarini oshirishni tashkil qilish, 
    barcha bo‘limlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtirib olib bo- 
    rishi bilan mehnatni to‘g‘ri tashkil etishni tashkil qiladi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   183




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Barkamol avlod tarbiyasida badiiy adabiyotning o'rni qanday?

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish