• 6. Sport va jism oniy tarbiyaning komil inson tarbiyasidagi ahamiyati nimadan iborat 7. Sport va jism oniy tarbiyaga oid adabiyotlar nashrlari, kitobxonlari
  • 13-bob. BADIIY ADABIYOTLAR TARG MBOTI, BADIIY-ESTET1K TARBIYADA ULARNING 0 ‘RNI
  • San’at turlari haqida tushuncha bering




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/183
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,3 Mb.
    #237439
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   183
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    1. San’at turlari haqida tushuncha bering.
    2. San’atga oid adabiyotlaming nashr turlarini bilasizmi?
    3. San’atga oid adabiyotlaming kitobxonlari bilan qanday ish olib
    boriladi?
    4. San’atga oid adabiyotlar targ‘iboti, maqsadi, vazifalari nimalardan
    iborat?
    5. Barkamol avlod tarbiyasida san’at asarlarming o'rni qanday?
    6. Sport va jism oniy tarbiyaning komil inson tarbiyasidagi ahamiyati
    nimadan iborat?
    7. Sport va jism oniy tarbiyaga oid adabiyotlar nashrlari, kitobxonlari
    haqida nima bilasiz?
    8. Jismoniy tarbiya va sportga oid adabiyotlar qanday targ ibot qilinadi?
    uchun savollar
    221
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    13-bob.
    BADIIY ADABIYOTLAR TARG MBOTI,
    BADIIY-ESTET1K TARBIYADA
    ULARNING 0 ‘RNI
    Prezidentimiz I.A. Karimov jamiyatni ma’naviy yangilashdan 
    ko‘zlangan bosh maqsad — yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq 
    erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ij­
    timoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik 
    kabi ko‘plab muhim masalalardan iborat, deb ko‘rsatdi.
    Bu masalalarni hal etishda badiiy adabiyot ha] qiluvchi rol 
    o‘ynaydi. Badiiy adabiyot hayot to‘g‘risidagi tasavvurlarni boyitadi, 
    olamni bihb olishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi, adabiyot 
    bizga ma’naviy oziqa beradi, qalbimizga nur olib kiradi. Masalan, 
    Shekspirning «Otello»si bizda yovuzlikka nisbatan nafrat uyg‘o- 
    tadi, oliyjanob, pok qalbU insonga muhabbat oshno qiladi. Badiiy 
    adabiyotning tarbiyaviy ahamiyati kitobxonning ma’naviyatini, 
    estetik didini, badiiy adabiyotga to ‘g‘ri munosabatni tarbiyalash, 
    asar haqida mustaqil fikr yuritishni shakllantirish, kitobxonda 
    og‘zaki va yozma nutq madaniyatini tarbiyalashda ko'rinadi.
    Ma’naviyati boy, yuksak didli insonni tarbiyalashda axborot- 
    kutubxona muassasasining roli katta. Kutubxona xodimi kitob­
    xonning badiiy asarni hayotni o‘rganishda eng muhim vosita, eng 
    yaqin yordamchi sifatida sevib qolishiga, badiiy adabiyotning 
    go‘zaUigini his qila olishiga erishishi lozim.
    Badiiy asarlar voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar 
    misolida xarakterlarni ochib berishi bilan bolalarda eng yaxshi in- 
    soniy va axloqiy fazilatlarni tarbiyalaydi, hayot go‘zalligini idrok 
    etishga o‘rgatadi.
    So z san ati badiiy asar tufayli kamol topadi, shakllanadi va 
    о z ifodasini topadi. So‘z sabab xalqlarning barcha adabiy, ma' 
    daniy-ma’naviy boyliklari abadiylashgan. Turli xalqlar, millatlar
    222
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    tomonidan yaratiJgan maqol va mataUar, ertak va afsonalar, qo'shiq 
    va topishmoqlarda ularning aql-zakovati, orzu-istaklari, ruhi va 
    irodasi, butun bir hayoti o ‘z aksini topgan.
    Kitobxon didining o‘sishida, ma’naviyatining boyishida shu 
    shaxsning o ‘zi, uning qiziqishlari, intilishi, mehnati shart bo‘lsa, 
    ikkinchidan, kitobning o‘rni katta. Bunda, albatta, o‘qishning 
    sifatli, to‘g‘ri, aniq yo'nalishda tashkil etilgani, kitobxon so‘rovlari 
    va qiziqishining o‘sib borishi, badiiy asarning obrazliligi, ta’sir 
    kuchi, badiiy yuksakligi, o'ziga xosligini his qilish qobiliyatining 
    taraqqiy eta borishiga imkon yaratish nazarda tutiladi. Idrok qilish 
    madaniyati qanchalar yuksak bo'Isa, idrok etishning estetik imkoniyat- 
    iari, badiiy asar tanlash darajasi ham shunchalar yuqori bo‘ladi.
    Bu esa kitobxonning tasawur qilish, boy tafakkurga ega bo'lish 
    imkoniyatiarining to iiq bo‘lishini, obrazli fikrlash qobiliyatini, 
    ijodiy qobiliyatni, his qilish, fikrlash, mulohaza qila olishni ta- 
    qozo etadi. Ushbu hislatlar tug‘ma bo'lmay, balki o‘qish jarayonida 
    hosil qilinadi va kamolotga yetkaziladi. Badiiy asar o'qimagan 
    kishi yo‘q. Badiiy asar badiiy obrazlar, badiiylashtirilgan voqealar, 
    hodisalar yordamida shu asar mansub bo‘Igan jamiyat hayoti bilan 
    tanishtiradi, asar qahramonlarining ichki dunyosini tushunishga, 
    mamlakatimiz va chet el kishilarining hayotiy kechinmalarini, 
    o‘tmishini, maishiy turmush tarzini, madaniyati va san’atini bi- 
    lishga yordam beradi. Bu esa kitobxonlarning hayot, inson, ja­
    miyat haqidagi tasawurlarini boyitadi, ularning dunyoqarashini 
    kengaytiradi. U fikrlash uchun katta imkon beradi, kitobxon ol- 
    diga turli dolzarb muammolarni qo‘yadi va uni yechish yo‘Uarini 
    ko‘rsatadi. Badiiy asarlarda axloq, kishilarning o‘zaro munosabati, 
    Vatan, ona yerga muhabbat, oila, nikoh, muhabbat, do'stlik, 
    mardlik, mehr va oqibat, vijdoniylik va vijdonsizlik hamda boshqa 
    ko‘pgina narsalar haqidagi masalalar yoritiladi. Kishilaming ha- 
    yotda to'laqonli yashashlariga, baxtli va saodatli bo‘lishlariga, 
    yaxshi inson va komil shaxs bo‘lishlariga turtki bo‘ladi.
    Xullas, badiiy adabiyot kishilarning ma’naviy hayotini boyitadi, 
    ma’naviy bilim saviyasini yuksaltiradi, barkamol avlodni voyaga 
    yetkazishda, komil insonni tarbiyalab, mustaqil fikrlovchi shaxsni 
    ° ‘stirishda, milliylik ruhida tarbiyalashda, milliy istiqlol g oyasini
    223
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    ongli ravishda tushunishda, Vatanni yovuz kuchlardan asrashda, 
    do‘st kim, dushman kim, ekstremist va boshqa guruhlami ajratishrii 
    o‘rganishda, ayniqsa, yoshlarga narkobiznes, odam savdosi 
    muammolarini to‘g‘ri tushunib olishlarida muhim rol o‘ynaydi.
    Qadimgi davrlardan boshlab xalqlar, millatlar, tuman va 
    shaharlar madaniyati, ma’naviyati, jumladan, axloq, ma’rifat, 
    ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlar xalq og‘zaki adabiyotida, turli xalq 
    an’analarida aksini topib kelgan. Yozuvlar paydo bo‘lgandan 
    boshlab, yaratilgan barcha badiiy asarlarda, masalan, G o‘ro‘g‘li, 
    Alpomish, Rustam haqidagi dostonlarda xalqimizning urf-odatlari, 
    ruhiyati, xulq-odobi, qahramonligi, insonparvarligi o ‘z ifodasini 
    topgan. Qadimgi so‘g‘d, manixey, Xorazm, uyg‘ur, turkiy yozuv­
    lar namunalarida saqlanib qolgan manbalar bundan dalolat beradi.
    Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, badiiy ijod sohasida ham 
    Markaziy Osiyo va 0 ‘rta Osiyo dunyo madaniyatida o ‘chmas iz 
    qoldirgan nomlar bilan mashhur bo‘ldi. Rudakiy, Daqiqiy, Yusuf 
    Xos Hojib, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Davlatshoh Samar- 
    qandiy, Sakkokiy, Bisotiy, Javhariy, Xoja So‘g‘diy Samarqandiy, 
    Mirzabek Vosifly, Niyoziy, Ismoil Buxoriy, Hofiz Xorazmiy, 
    Yaqiniy, Hiloliy, Gadoiy, Atoiy, Suhayliy, Husan Ali Tufayliy, 
    Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Mullo, keyinchalik Z.M. Bobur kabilar 
    shular jumlasidandir.
    XV asr she’riyati buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy 
    timsolida yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Alisher Navoiy o‘zbek ada­
    biy tilining fazilatlarini har tomonlama ochib, asoslab berdi. 
    XVI asrda Hindistonda Boburiylar davlatining vujudga kelishi 
    bilan Temuriylar davrida shakllangan madaniyat Hindiston 
    yerida keng targ‘ib etildi. Boburiylar saroyida turkiy va forsiy til- 
    dagi adabiyot, san’at, ilm-fan rivoj topdi.
    Badiiy adabiyotning kitobxonlari yoshiga, jinsiga, millatiga, 
    kasbi va mutaxassisligiga ko‘ra xilma-xil. Maktabgacha tarbiya 
    yoshidagi bolalardan tortib, to nafaqada o ‘tirgan keksalarga qa- 
    dar, uy bekalaridan tortib, turli darajadagi rahbarlarga qadar. 
    Kitobxonlarning bunday xilma-xilligi ularning qiziqishi, talab va 
    ehtiyojlarini, badiiy didini, saviyasi darajasini aniq va to‘g‘ri 
    o‘rganishi zarur. Badiiy adabiyotni o‘qish maqsadi ham turlicha,
    224
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    qiziqishning sabablari ham turlicha. Kutubxona xodirni har bir 
    kitobxonning o‘qish maqsadini, awal nima o‘qiganini, uni qanday 
    qabul qilganini, qay darajada xotirada saqlab qolganini, qaysi 
    muallifni nima uchun va qaysi jihatlari uchun yoqtirishini suhbat, 
    kuzatish, mulohazaga kirishish, formularini tahlil qilish usullari 
    yordamida bilib olishlari shart.
    Badiiy adabiyot ham shunga ko‘ra, keng va ko‘p qirralidir. 
    Badiiy adabiyot janrlariga ko‘ra, qaysi millatga mansubligiga ko‘ra, 
    yaratilgan davriga ko‘ra kutubxona-bibliografik klassifikatsiya 
    jadvalining 84-bo‘limida guruhlashtirilgan. Ya’ni dunyo adabiyoti, 
    qadimgi dunyo adabiyoti, turli davrlar adabiyoti, o‘zbek adabiyoti 
    va uning davrlari, xorijiy mamlakatlar adabiyotlari, turli mam- 
    lakatlar adabiyoti. Ma’lum bir belgilariga ko‘ra, turli xil namunaviy 
    bo‘linmalar raqamlar va harflar yordamida aniqlashtirilgan.
    Eng ko‘p o‘qiladigan, eng ko‘p va tez ta’sir qiladigan ada­
    biyotlar — badiiy adabiyotdir. Ammo, shunga qaramay, badiiy 
    asarlarni targ‘ib qilish, o‘qishga tavsiya etish, badiiy asarlarni o‘qish 
    madaniyatini shakllantirish, o‘qishni to‘g‘ri tashkil etish va bosh- 
    qarish masalalari boshqa bilim sohasiga oid adabiyotlarni targ‘ib 
    qilishga nisbatan ancha mas’uliyatli. Chunki, boshqa adabiyotlar, 
    asosan, bilim bersa, badiiy adabiyotlar inson ko‘ngliga, ruhiyatiga, 
    hissiy tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatuvchi va uni tarbiyalovchi adabiyotdir.
    Badiiy asar vositasida har tomonlama kamol topgan shaxsni 
    tarbiyalash, xalq ma’naviy madaniyatini shakllantirish, yoshlarni 
    mustaqil fikrlashga o‘rgatish jamiyat istiqboliga ishonch bilan 
    ishtirok etadigan mukammal bilimga ega komil insonni tarbiya­
    lash, insonga badiiy-estetik zavq berish tuyg‘ulari tarbiyalanadi. 
    Badiiy adabiyotni idrok etish estetik huzur-halovat bilan bog‘liq.
    Bu xususiyat o‘quvchida quvonch, huzur-halovat, estetik qoniqish 
    hissini shakllantiradi. Bundan rohatlanish qanchalik yuqori bo‘lsa, 
    badiiy asarda tasvirlangan voqelik, ruhiy va ijtimoiy muammolar 
    o‘quvchining aqliy va hissiy dunyosini rivojlantiradi, nutqini boyi- 
    tadi, ijodiy flkrlash qobiliyatini o‘stiradi.
    Badiiy asarni to‘g‘ri tanlay bilishda badiiy asarning g‘oyaviy- 
    badiiy qimmati, adib ijodida asarning o‘ziga xos o'rni, asarning 
    yaratilgan va o‘rganilayotgan davr uchun ahamiyati, badiiy asarning 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   183




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    San’at turlari haqida tushuncha bering

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish