• mavzu bir guruh kitobxonlar qiziqishi
va talablariga mos
bo‘lishi;
• mavzu, maqsad, kitobxon guruhi aniq bo‘lishi;
• sharhga olingan nashrlar tavsifi to‘g‘ri va ishonchii, tavsiya-
lami amalda qo‘llash mumkinligi;
• materialning izchil va jonli bayon qilinishi shart.
Sharhni mutaxassis kitobxon olib borsa, yaxshi samara beradi.
Bu kutubxonachining o‘mini
yoki rolini kamaytirmaydi, aksincha,
barcha tashkiliy va uslubiy mas’uliyat uning zimmasida bo‘ladi.
Mavzuli sharhlar axborot yoki tavsiyaviy xarakterda bo‘ladi.
Tavsiyaviy sharhlar kasbni egallashga, malakani oshirishga yor
dam berishga, texnikaning so‘nggi yutuqlari,
dolzarb muam-
molari, ilg‘or tajribalari bilan tanishtirishga mo‘ljallanadi va shu
yo‘nalishdagi adabiyotlarni o‘qishga tavsiya qiladi hamda mus
taqil bilim oluvchi kitobxonlarga, texnika ixlosmandlariga yor
dam tariqasida ham o‘tkaziladi. Bunday sharhning asosiy xusu
siyati shuki, u adabiyotlaming cheklangan miqdori, ammo eng
yaxshilari haqida aniq, qanday kitobxonga mo‘ljallanganhgi holda
batafsil bibliografik va mantiqiy tavsifi berilgan adabiyotlar haqida
ma’lumot beradi.
Aynan olingan kitobxonlar uchun turkum sharhlar tashkil
etiladi, umumiy sarlavha, bo‘limlar nomi asosida alohida sharhlar
tashkil etiladi. Adabiyotlar
umumiydan xususiyga, soddadan
murakkabga, hodisalar xronologiyasi bo‘yicha, biroq har doim
tinglovchilar malakasining darajasiga
va mavzuni yoritib berish-
ning mantiqiy izchilligiga muvofiq joylashtirilishi kerak.
Kitobxonlar konferensiyasi.
Texnika sohasiga oid adabiyotlar
muhokamasiga bag‘ishlangan kitobxonlar konferensiyasi yangi
yutuqlar,
ixtirolar, kashfiyotlar, ilg‘or tajribalar aks etgan asar
yoki sohaga oid yangi o‘quv qo‘llanmasi, monografiyalar bo‘yicha
tashkil etiladi. Uni tayyorlash va o‘tkazishning
uslubi umumiy
uslubiyotga mos keladi.
Kitob muhokamasini tashkil qilishda malakali mutaxassis
yordamidan foydalanish uning samarasini oshiradi. Muhokamani
boshqaruvchi shaxs soha mutaxassisi bo‘lishi mumkin, u kirish
208
www.ziyouz.com kutubxonasi
so‘zida muhokama qilinayotgan kitobning ishlab chiqarish uchun
ahamiyati, unda tavsiya qilingan yangiliklarning
iqtisodiy sa-
maradorligi, ulami keng tatbiq qilishning zarurligi haqida gapi-
radi, uni shu hudud holati va taraqqiyoti bilan bog‘laydi.
So‘zga chiquvchilar kitobdagi ma’lumotlami, bilimni o‘zlari-
ning amaliy ishlariga bog‘liq holda tushuntirib beradilar.
Ishlab chiqarishga oid jumallarning muhokamasida awaldan
muhokamaga qo‘yilgan savollarni varaqa ko'rinishida sexlarga,
ARMga jo ‘natish, kitobxonlarga tarqatish,
veb-sahifalar, plakat
tarzida bezashlari lozim.