Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

birinchisi
o‘z korxonasining ishlab chiqarish-texnikaviy
203
www.ziyouz.com kutubxonasi


tizimida shug‘ullanuvchi ishchilar; 
ikkinchisi
akademik litsey, kasb- 
hunar kollejlarida, o‘rta va oliy texnika ta ’limi olayotgan kitob­
xonlar.
AKM xodimi o‘qituvchi va instruktorlar bilan kelishgan holda 
tavsiya bibliografik qo‘llanmalardan foydalanib, tavsiya ro‘yxatini 
tuzadi. Bu ish AKM, ARM, FAning asosiy kutubxonasi zimmasida 
va ular texnikaning muayyan sohasidagi ilmiy asarlar, o‘quv va 
ma’lumot tarzidagi adabiyotlarni, ilg‘or ishlab chiqarish tajriba- 
larini yorituvchi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Har bir kitobxonning madaniy-texnik saviyasini oshirishga 
yordam sifatida targ‘ibot ishini tashkil etganda Vatanimiz va xo- 
rijiy mamlakatlardagi sohaning buyuk namoyandalari, olimlar, 
kashfiyotchilar haqidagi kitoblar hamda jurnal maqolalariga 
e’tiborni qaratish lozim. Bular yoshlarda ixtiro va kashfiyotlarga 
qiziqishni, Vatanimiz fan-texnikasi yutuqlaridan faxrlanish his- 
sini shakllantiradi va tarbiyalaydi.
Yirik kutubxonalar texnikaga oid axborot bulletenlarini nashr 
etadi. Unda, asosan, yangi adabiyotlar haqida annotatsiyalangan 
yoki annotatsiyalanmagan holatda axborot beriladi. Bu va tavsiya 
ro‘yxatlari kutubxonaning veb-saytidan joy olib, veb-sahifalar 
ko‘rinishida tashkilotlarga tarqatiladi. Elektron pochta orqali ayrim 
kitobxonlarga jo‘natiladi, telefon yoki faks orqali xabarnoma 
yuborish bilan ham amalga oshiriladi.
Texnikaga oid adabiyotlar targ‘ibotida ko‘rgazmalar munta- 
zam о tkazib turilsa, yaxshi samara beradi. Yangi olingan ada­
biyotlar ко rgazmasida texnikaga oid kitoblar, vaqtli matbuot 
nashrlari, ixtirolar va ilg‘or tajribalar yoritilgan mavzular to‘p- 
lamlari, texnikaga doir bibliografik ko‘ rsatkichlar o‘rin oladi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish