Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

q o ‘yiladi.
Bir xil kasbdagi xodimlarning kartochkalari ajratgichlar bilan 
birga qo‘yiladi. Bu ajratgichlarda «Traktorchilar, kombaynchilar, 
mashinistlar, sut sog‘uvchilar, haydovchilar», «Dehqon fermer 
xo‘jaliklari — paxtachi, pillachi, don mahsuloti yetishtiruvchilar, 
sabzavot yetishtiruvchi, bog‘dorchilik» va boshqa kasblar yozib 
qo‘yilgan bo‘ladi. Kitobxonlar formulariga qarab, elektron 
kartotekada hisobga olinganlardan qaysi biri ARMdan yoki 
ko‘chma kutubxonada foydalanayotganligi aniqlanadi va kar­
tochkaga belgi qo‘yiladi. Har bir kasbga oid kartochkalar lkki 
guruhga bo‘linadi: kitobxon va ARMdan kitob olmaydigan ki- 
shilar. Har yili boshidan kartoteka xo'jalik xodimlari (kasbi 
bo‘yicha) tarkibi bilan solishtiriladi.
ARMlarda kasblar kartotekasida quyidagi asosiy guruhlar 
qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy xodimlar, iqtisodchilar, mo- 
liya-bank xodimlari, har xil kompaniya va birlashma xodimlari. 
Bular ham tashkilot nomlari bo‘yicha ajratib qo'yiladi. Masa- 
lan, lizing kompaniyasi tibbiyot xodimlari, muhandis-texnik 
xodimlar, adabiyot va san’at xodimlari, o‘rta maktab, akademik 
litsey, kasb-hunar kolleji, oliy o‘quv yurtlarining о qituvchi- 
lari, nafaqaxo‘rlar va boshqalar.
13
-
403
193
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kartochkadagi har bir kitobxonning familiyasi, ismi, otasining 
isrni, tug‘ilgan yili, ma’lumoti, ish staji haqida m a’lumotlar 
beriladi.
Mazkur xo‘jalik uchun asosiy, yetakchi kasblar ajratib olinadi. 
Kitobxonlaming har bin bilan suhbatda niinaga qiziqishi, o‘zining 
shaxsiy kitoblari bor-yo‘qligi, qayerda o‘qishi, qanday masalalami 
o‘rganishni istashi, o‘z ixtisosiga doir qanday kitoblarni o‘qishi 
aniqlanib, kartochkaga yozib boriladi. Kitobxon formulari ma’lu- 
motlari va kartotekadagi yozuvlar asosida kitobxonning o‘qishiga 
rahbarlik qilishning rejasi kartochkaga yozib qo‘yiladi.
Kasb kartotekasi muntazam to‘ldirib borilib, tahlil qilinmasa, 
uning foydasi kam boladi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish tashkilotchilari va 
rahbarlik qiluvchilar ko‘p. Xo‘jalikni ilmiy asosda rivojlantirish va 
uning samaradorligini oshirish ularning faoliyatiga bog‘liqdir. Ular 
doim malakasini oshirib borishlari, qishloq xo‘jaligi va boshqa 
sohalarning yutuqlarini, ilg'or tajribalarini o'rganishlari, barcha 
yangiliklarni kuzatib borishlari lozim. Mutaxassis xodim qishloq 
xo'jaligiga oid adabiyotlar fondini to‘ldirishi, uni eskirgan adabiyot- 
lardan tozalashi, yakka va ommaviy ish usullaridan foydalanishi, 
kasblar bo‘yicha tavsiya ro'yxatlari tuzishi va mutaxassis maslahati- 
dan foydalanishi mumkin.
Ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishi, korxonalar iq- 
tisodiga tegishli adabiyotlar bilan ta’minlashi, ilg‘or xo‘jaliklar- 
ning muammolari, tajribalari yoritilgan kitoblar haqida axbo­
rot berish yo‘li bilan ularning ehtiyojlarini qondirishi va to‘liq 
axborot berib borishlari kerak.
Qishloq xo‘jaligi ishlari mavsumiylik xarakteriga ega. Bahorda 
ekish ishlari, yozda parvarish qilish, sug‘orish, o‘tlarni yulish- 
tozalash, kuzda hosilm qisqa muddatda batamom, nes-nobud qilmay 
yig ishtirib olish va davlatga don sotish, eksport qilish. Hosil уig*it* 
olingach, kuzgi ekinlar ekila boshlanadi.
Har bir mavsum qishloq xo‘jaligiga oid adabiyotlari bilan olib 
boriladigan ishlarning tashkil etilishi, mazmuni va uslubiga o‘z 
talabini qo‘yadi. Asosiysi, mavsumiy vazifalarni yaxshiroq va 
unumliroq bajarishga yordam beruvchi kitob, qo‘llanma, jumallarni
194
www.ziyouz.com kutubxonasi


targ‘ib qilish uchun ularni to‘g‘ri tanlash lozim. Bahorgi ekish va 
hosilni yig;ishtirib olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni 
o'tkazish vaqtida AKM xodimining o ‘rni fermer xo‘jaliklarida, 
kichik korxonalarda bo'Iadi. Bu yerda ko‘chma kutubxonalar tashkil 
etiladi. Kutubxonachi bahorgi ekish va hosilni yig‘ib-terib olish 
davri uchun maxsus ish rejasi tuzadi. Rejada mutaxassis xodimning 
ishlarni tashkil etadigan ish joylari va punktlari, olib boriladigan 
tadbirlar, ishlarning shakl va uslublari nazarda tutiladi.
Respublika hukumati qishloq xo‘jaligida tub burilishlarning 
huquqiy asoslarini yaratadigan qonunlarni qabul qildi. «Yer to'g‘ri- 
sida»gi, « 0 ‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida»gi, 
«Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi, 
«Ijara to‘g‘risida»gi, «Xo‘jalik, jamiyatiar va shirkatlar to‘g‘risida»gi, 
«Yer solig‘i to ‘g‘risida»gi, «Kichik va xususiy tadbirkorlikni ri- 
vojlantirish va rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Qonunlar, shuning- 
dek, 1998-yil aprel oyida Oliy Majlisning XI sessiyasida qabul 
qilingan Yer kodeksi hamda «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat 
xo‘jaligi) to ‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Fermer 
xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunlar, hukumat qarorlari qishloq xo‘ja- 
ligida ko‘p bosqichli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yo‘l ochdi.
Birinchi navbatda, paxta yakkahokimligiga barham berilib, 
ekin maydonlari tarkibini ilmiy asosda tuzish tadbirlari ko‘rildi. 
Yangi iqtisodiy sharoitda 0 ‘zbekistonning eng muhim oziq-ovqat 
resurslari bilan o‘zini o‘zi ta’minlashga erishish vazifasi qo‘yildi. 
Respublika g‘alla mustaqilligini ta ’minlash yo‘lida katta dastur 
ishlab chi qilib, bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlandi. 
Respublika qishloq xo'jaligida mamlakatning iqlimi, yer-suv va 
mehnat resurslaridan hamda xalqning asrlar davomida to'plagan 
dehqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish negizida pax- 
tachilik yetakchi tarmoqqa aylandi. Ayni paytda g‘allachilik, sho- 
lichilik, kanopchilik, lavlagichilik, mevachilik, tokchilik, poliz- 
chilik, sabzavotchilik sohalari, chorvachilik, qoramolchilik, 
qo‘ychilik, parrandachilik, tuyachilik, asalarichilik, pillachilik ham 
asosiy tarmoqlarga kiradi. Respublikada meva, uzum, sabzavot- 
ning yuqori sifatli navlari yaratildi. 0 ‘zbekiston o‘zining sifatli 
pillasi va qorako‘li bilan ham dunyoga mashhur.
195
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekiston yer kurrasida dehqonchilikning eng qadimiy 
o‘choqlaridan biridir. Hozirgi 0 ‘zbekiston hududida g‘o‘za mi- 
loddan awalgi 7—6-asrlardan beri yetishtirib kelinayotganligi
tarixdan ma’lum.
0 ‘rta Osiyoda bundan qariyb 3 ming yil awal g‘alla ekinlari, 
sholi, kunjut, qovun, tok va boshqalar o‘stirilgan. Arxeologik 
tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, miloddan awalgi 2-mingyillik 
o‘rtalarida Xorazmda qayir tipidagi sug‘orishga asoslangan chopiq 
qilinadigan ekinlar, Farg‘ona vodiysida tariq, arpa va boshqa donli 
ekinlar ekilgan. Chorvachilikda uzoq asrlar davomida qoramol, 
qo‘y va echki, ot, tuyalarning qimmatli xo‘jalik belgilariga ega 
bo‘lgan ko‘plab noyob zotlari yaratilgan. Respublika Prezidenti- 
ning 1994-yil 21-yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va 
tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, 
Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-martdagi 
«Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy 
tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi va 
boshqa qarorlari iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor 
tamoyillarining erkin ishlashi uchun shart-sharoit yaratish, xo‘ja- 
liklarni nodavlat shakllarga aylantirish, mahsuldorligi past chorva 
fermalarini jamoaga mulk qilib berish yo‘li bilan qishloq xo‘jali- 
gida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, dehqon va fermer 
xo‘jaliklari ishini yo‘lga qo‘yishga keng imkoniyatlar ochib berildi.
Kutubxona xodimi o‘zi xizmat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yoki 
tumanning ishlab chiqarish rejasini o‘rganib chiqib, tadbirlar 
rejasini ishlab chiqadi, ularning mehnat faoliyatiga aralashgan 
holda, ishlab chiqarish vazifalarini hal qilishga yordam beradi.
Respublika Paxta, g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy 
tadqiqot instituti, 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining genetika 
va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti paxtachilik bo‘- 
yicha ilmiy markazlardir. 0 ‘zbekiston chorvachilikning qadi­
miy markazlaridan biri. 1994-yil 23-fevralda «Chorvachilikda iq­
tisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon-fermer xo‘- 
jaliklari va xususiylashtirilgan fermerlar manfaatlarini himoya 
qilish choralari to‘g‘risida»gi Qaror qabul qilindi.
196
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qishloq xo‘ja!igining asosiy tarmoqlaridan biri pillachilik, 
baliqchilik (uning 62 ta turi mavjud), « 0 ‘zbaliq» korporatsiyasida 
8 ta birlashma, ixtisoslashtirilgan asalarichilik xo‘jaliklari tashkil 
etilgan. «Asal» uyushmasi ish olib boradi. Parrandachilik, asosan, 
mushakli kalamush (ondatra), suvbobrasi (nutriya), tulki, norka 
kabilar quyi Amudaryo hamda Surxondaryo viloyatida boqiladi. 
0 ‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan 
«Veterinariya to ‘g‘risida»gi Qonuni bu sohani rivojlantirishda 
muhim hujjat bo‘ldi. Respublikada xalq xo‘jaligining eng muhim 
tarmoqlaridan biri sifatida suv xo‘jaligining takomillashishida 
1993-yil 6-mayda qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish 
to‘g‘risida»gi Qonun muhim ahamiyat kasb etadi. 0 ‘rmonlarning 
umumiy ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib 
hamda respublika o‘rmon resurslarini qayta tiklashni jadallashtirish 
va fauna hamda florani saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga 
oshirish bilan o‘rmonchilik korxonalari shug‘ullanadi.
Axborot-kutubxona muassasalari ana shu sohalarning faoliyatiga 
kirib borishlari, ular bilan hamkorlikda ish olib borishlari, sohaga 
oid adabiyotlar targ‘ibotini to‘g‘ri va aniq tashkil etishlari, sohaga 
oid ilm-fanning rivojida alohida o‘rin tutishlari zarur. Sohaning 
rivoji yetuk, malakali mutaxassislarga bog‘liq. Shuning uchun 
mutaxassis kadrlar bilan alohida ish olib borish, ularning mun- 
tazam o‘qishini tashkil etish, boshqarish, ularni muntazam va 
tezkor axborot bilan ta’minlab borish hamda unda axborot-tex- 
nologiyalaridan unumli foydalanish shu yo‘nalishda kelgusida 
yangidan yangi kasb egalarining yetishib chiqishiga ham ta’sir etadi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish