• 4. Kasb kartotekasi, uning maqsadi nimalarda aks etadi 5. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda kutubxonalarning о rni, ta’siri nimalarda namoyon boladi
  • 11-bob. TEXNIKAGA OID ADABIYOTLARNI TARG‘IB ETISH. ISTE’ MOLCHILAR BILAN ISHLASH Texnikaga oid adabiyotlar
  • ( ? ) Takrorlash uchun savollar




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/183
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,3 Mb.
    #237439
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   183
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    ( ? )
    Takrorlash uchun savollar
    1. Tabiiy-ilmiy adabiyotlar, ularning nashrlari, kitobxonlari kimiar?
    2. Diniy adabiyotlar, ularning nashrlari va ularning kitobxonlari kimiar?
    3. Qishloq x o ‘jaligi, uning tarmoqlari. Sohaga oid kasb egalari bilan
    qanday ish olib boriladi?
    4. Kasb kartotekasi, uning maqsadi nimalarda aks etadi?
    5. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda kutubxonalarning о rni,
    ta’siri nimalarda namoyon bo'ladi?
    6. Sohaga oid adabiyotlarni targ‘ib qilish usullarini bayon eting
    197
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    11-bob.
    TEXNIKAGA OID ADABIYOTLARNI 
    TARG‘IB ETISH. ISTE’ MOLCHILAR 
    BILAN ISHLASH
    Texnikaga oid adabiyotlar
    KBK jadvalining 3-texnika va texnika 
    fanlari bo'linmasidan joy olgan. Texnika fanlari orasida energe- 
    tika, radioelektronika, konchilik ishi, metallar texnologiyasi, 
    mashinasozlik, uskunasozlik, kimyoviy texnologiya, kimyoviy 
    ishlab chiqarish, oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyasi, 
    yog‘och texnologiyasi, yengil sanoat ishlab chiqarishi, matbaa 
    texnologiyasi, fotokinotexnika, qurilish va uning texnologiyasi, 
    transportga oid adabiyotlar guaihlashtirilgan.
    Demak, juda katta tarmoqqa oid kasb egalari — kitobxonlar 
    bilan ish olib boriladi. Bundan tashqari, barcha bilim sohalarida 
    va jamiyat taraqqiyotining barcha yo‘nalishlarida texnika bilan 
    bog‘liq tomonlar ko‘p. Texnikaga oid adabiyotlar bilan ishlashda 
    vatarg‘ib qilishda ana shu jihatlar e’tiborga olinadi. Texnika soha- 
    sida ratsionalizatorlik, ixtirochilik, materiallarxomashyosi, mate- 
    rialshunoslik, xavfsizlik texnikasi, sanoat asbob-uskunalari, ishlab 
    chiqarishning texnik nazorati, mahsulotshunoslik, montaj va 
    ta’mirlash ishlari, energiya, issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, 
    gaz, neft, ko‘mir, benzin, po‘lat, avtomobillar, traktorlar, paxta 
    terish mashinalari, samolyotlar, oltingugurt kislotasi, mineral 
    o‘g‘itlar, sun’iy tolalar, sement, turli qurilish materiallari, gazla- 
    malar, paxta moyi, un, guruch, oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq 
    xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi paxta tozalash, shoyi to‘- 
    qish, konserva, yog‘-moy, kvant elektronikasi, televideniya, 
    kibernetika, hisoblash mashinalari, avtomatika, metallar texno­
    logiyasi va boshqa sanoat turlariga oid adabiyotlar ko‘p. Ularning 
    turlari ilmiy, ilmiy-ommabop, ishlab chiqarish, o‘quv, ma’lu-
    198
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    motnoma nashrlar ham ko‘plab chop etiladi. Sohaga oid turli- 
    tuman vaqtli matbuot nashrlari — ilmiy va ilmiy-ommabop 
    jurnallar nashr etilmoqda. Bu adabiyotlarning asosiy kitobxonlari 
    sohaning kasb egalari, muhandislar, muhandis-texnik xodimlar, 
    talabalar, ilmiy xodimlar, o‘quvchilar, o‘qituvchilardir.
    Muhandis-texnik xodimJarning kasbga bo‘lgan qiziqishlari 
    doirasi juda keng. Ularning ilmiy va ishlab chiqarish-texnikaviy 
    adabiyot sohasidan maxsus so‘rovlarini axborot-kutubxona 
    muassasasi fondidan, kutubxonalararo abonement xizmatidan, 
    maxsus kutubxona fondidan foydalanib qondirish mumkin. 
    Muhandis-texnik xodimlarni sohaga oid yangi bibliografik 
    nashrlar, vaqtli matbuot nashrlari va yangi adabiyotlar ro‘yxati 
    bilan muntazam tanishtirib borish talab etiladi.
    Texnikaga oid adabiyotlar bilan ishlashda muhim vazifalar- 
    dan biri ixtirochilar, ratsionalizator, ishlab chiqarish novatorlariga 
    yordam berishdir. Texnikaga oid ilmiy adabiyotlar ilmiy-texnika 
    kutubxonalari, axborot-kutubxona markazlari, oliy texnika o‘quv 
    yurtlarining ARM fondida mavjud bo‘ladi. Ular, asosan, sohaga 
    oid juda katta ko‘lamdagi ilmiy asarlar, ilmiy jurnallar, mono- 
    grafiyalar, ilmiy maqolalar va ularning to‘plamlari, ilmiy anjuman- 
    Iarning materiallaridan iborat.
    Ma’lumotnoma adabiyotlariga sohaga oid lug‘atlar, ensiklope- 
    diyalar, turli standartlar, me’yoriy hujjatlar, mualliflik gu- 
    vohnomalari va patentlarga beriladigan tasvirlar, sanoat katalog- 
    lari, narx ko‘rsatkichlari (preyskurantlar), kichik korxonalar, 
    qurilish tashkilotlari AKM, ARMlarda to‘planadi. Ishlab chi­
    qarish adabiyotlariga turli ixtiro va kashfiyotlar, amaliy qo‘llan- 
    malar, biron-bir sohani tashkil etish uchun mo‘ljallangan uslubiy 
    qoMlanmalar kiradi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   183




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish