birinchi-
dan,
qonuniy,
ikkinchidan,
tashkiliy,
uchinchidan,
tarbiyaviy va
to ‘rtinchidan,
xalqaro-huquqiy asoslari yaratilgan. Natijada, ijtimoiy
jihatdan yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asos
langan demokratik davlatning konstitutsiyaviy va huquqiy asoslari
yaratildi, inson huquqlariga oid qonunlar tizimi Ьафо etildi.
1. Inson huquqlari to‘g‘risida asosiy qonun normalari qabul qilindi.
2. BMTning Inson huquqlariga bag'ishlangan Ikkinchi
umumjahon anjumanining tavsiyasiga ko‘ra, inson huquqlari
bo‘yicha milliy institutlar tizimi yaratildi. Bu tizimga inson hu
quqlari bo‘yicha Oliy Majlis vakili (Ombudsman), Oliy Majlis
huzuridagi amaldagi qonunchilik monitoringi instituti, Inson
huquqlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi milliy markazi kirdi.
3. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ja-
miyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» Inson
huquqlarini himoya qilishning tarbiyaviy asoslarini tashkil etadi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizning barcha mak-
tab va oliy o ‘quv yurtlarida «Inson huquqlari» kursi o‘qitila bosh
landi. Kursni o ‘rganish jarayonida talabalar ongiga siyosiy ma
salalar qo‘shimcha adabiyotlar yordamida singdirib boriladi.
4. Jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida 0 ‘zbe-
kiston Inson huquqlari sohasidagi 40 dan ortiq xalqaro shartno-
malarga qo‘shildi va ular bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan xalqaro
majburiyatlarni bajarib kelmoqda.
Turli guruh kitobxonlar uchun ularning o‘qish maqsadiga
ko‘ra, Adliya vazirligining «Hayot va qonun», 0 ‘zbekiston Res-
179
www.ziyouz.com kutubxonasi
publikasi Prokuraturasining «Qonun himoyasida», IlVning
«Qalqon» («Щит»), IIV Akademiyasining «Huquq», 0 ‘zbekis-
ton Respublikasi Oliy sudining «Qonun nomi bilan», Oliy xo‘-
jalik sudining «Xo‘jalik va huquq», Inson huquqlari bo yicha
0 ‘zbekiston Respublikasi milliy markazining «Demokratlash-
tirish va inson huquqlari» kabi oylik jurnallari, shuningdek, «In
son va qonun», «Huquq» va boshqa huquqiy gazetalarni о qish
uchun tavsiya etish zarur.
Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi adabiyotlarni targ‘ib qilish va
o‘qishga tavsiya etish bilan kishilarimizda siyosiy madaniyatni
tarbiyalash ko‘zda tutiladi. Har bir insonning siyosiy voqea va
hodisalarga nisbatan shaxsiy munosabati, o‘z fuqarolik burchini
anglab yetishi va siyosiy subyekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi mu-
himdir. Siyosiy madaniyat insonning siyosiy jihatdan to ‘g‘ri
tafakkur qilish qobiliyati. Siyosiy madaniyatimizning quyidagi
unsurlari — o‘zimiz yashayotgan jamiyatga, undagi tashkilot-
larga, alohida shaxs va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga
nisbatan munosabatlarimiz ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-madaniy,
barqarorlik, hayotiylik va doimiylik kasb etib bordi. Siyosiy jara-
yonlaming harakatlantiruvchi kuchini ishga solish, fuqarolar
siyosiy faolligini oshirish bilan ularning yirik ijtimoiy jarayon-
larda, saylovlarda faol ishtirok etishiga, o‘z hayotlarini yangilash
va o‘zgartirish imkoniyatlariga ega bo‘la borishlariga talab kuchaydi.
Har bir kishi kamolotga erishish jarayonida ijtimoiy-mada-
niy mavjudot sifatida shakllanib boradi, jamiyatda hukmron
bo‘lgan ijtimoiy-madaniy tizimning asosiy xususiyatlarini o‘zida
uyg‘unlashtiradi va umumlashtiradi.
Qaysi adabiyotlar ijtimoiy-siyosiy adabiyot guruhiga kiriti-
ladi? Bular Prezident asarlari, falsafa, iqtisod, siyosat, umumiy
tarix, Vatanimiz tarixi, mustaqilligimiz tarixi, milliy qadriyatla-
rimiz tarixi, pedagogika hamda boshqa ijtimoiy fanlarga doir turli
xil adabiyotlar.
Foydalanuvchi kitobxonlar siyosiy saviyasining ortishi va
madaniy yuksalishiga qarab ularning so‘roqlari borgan sari rang-
barang bo lib bormoqda. Bu esa mutaxassis xodimdan foydala
nuvchi kitobxonlarning turli guruhlari qiziqishi va so‘roqlarini
www.ziyouz.com kutubxonasi
hisobga olishni, ijtimoiy, iqtisodiy bilim asoslarini targ‘ib qilishda
tizimli ravishda jiddiy ish olib borishni talab etadi.
Davlatimiz rahbarining asarlarini va hukumatimiz hujjatla-
rini targ'ib qilishda, Qonun va Qarorlarni targ‘ib qilish hamda
tushuntirishda turli seminarlar, darslar o‘tkaziladi. Bunday tad-
birlarda guruh a’zolarini qiziqishi, maqsadi va vazifalari birlash-
tirib turgan bo‘lsa, yaxshi samara beradi. Darslar muassasalar,
maktablar, tashkilotlar, korxonalar, shirkat xo‘jaliklarida o‘t-
kazilishi mumkin. Bunday darslar mamlakatimiz Prezidenti
I.A. Karimovning turli siyosiy, iqtisodiy, m a’naviy masalalarga,
voqea va hodisalarga bag‘ishlangan asarlarini tezkorlik bilan
targ‘ib qilish maqsadida o‘tkaziladi. Bu tadbirlarda asosiy e’tibor
asarlarda berilgan vazifalar asosida o‘zlarining faoliyatidagi muam-
molarni tahlil qiladilar, istiqboldagi vazifalami kelishib oladilar.
Masalan, « 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «0‘zbekiston
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida», «Yuksak ma’na-
viyat — yengilmas kuch», «Mustaqillik ostonasida» kabi asarlari,
nutqlari yuzasidan o‘tkazilgan ko'plab seminarlar, o‘quv seminar
ian, darslar, mashg‘ulotlar muhimdir. Bularda, albatta, siyosat
va jamoat arboblari, siyosiy sharhlovchilar ishtirok etsa, tadbirning
unumi, samarasi, ta’siri katta bo‘ladi. Ba’zi hollarda tadbir ilmiy-
amaliy anjuman, kitobxonlar konferensiyasi tarzida ham o‘tkazi!adi.
Axborot-kutubxona muassasalarida Prezident asarlari, Far-
monlari, ma’ruza va nutqlarini targ‘ib qilish borasida ularga
ishlangan videolavhalar, audiodisklar, elektron slaydlar, multime-
dialar vositasida ularning mazmun-mohiyatini har bir kitobxonga
yetkazish bilan ularni maktablarda, litsey, kollej va oliy o‘quv
yurtlarida chuqur o‘rganishga yordam berish muhim vazifalardan
biridir. Bu borada kitobxonlar bilan ishlashning barcha shakl va
usullari dan foydalanish mumkin: abonementda yakka va guruhli
suhbat o‘tkazish, kitob ko‘rgazmalarini tashkil qilish, o‘z viloyati
yoki tumanining rivojlanish istiqbollarini shu hujjatlar asosida
tushunib olishga yordam berish, Internet tarmog‘i orqali veb-
sahifalarni namoyish qilish, kitobxonlar konferensiyalari, mavzuli
kechalar, sessiya qatnashchilari, Oliy Majlis deputatlari, Qonun-
181
www.ziyouz.com kutubxonasi
chilik palatasining a ’zolari, senatorlar bilan uchrashuvlar
uyushtirishlari lozim. Buyo‘nalishda mutaxassis xodimning siyosiy
tayyorgarligi, uning olz siyosiy bilimini, saviyasini oshirib borishi
ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni muvaffaqiyatli targ‘ib qilishning
zaruriy shartidir.
Bundan tashqari, mutaxassis xodim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
adabiyotlar bilan ishlashda bibliografik qo‘llanmalar, vaqtli matbuot
nashrlarida bosilib chiqayotgan taqrizlar, sharhlardan unumli
foydalana olishi ham kerak. Abonementda va qiroatxonada kitob
berishga tayyorlanish vaqtidan foydalangan holda yangi olingan
davriy nashrlar bilan har kuni tanishib borishi muhim. Bu mam-
lakat ichki hayotida va xalqaro hayotda yuz berayotgan voqealarga
oid savollarga tez hamda o‘z vaqtida javob qaytarish imkonini beradi.
Mutaxassis xodim turli kitobxonlar orasida ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy adabiyotlarni qay usulda targ‘ib qilishni va boshqa bilim
sohalaridagi adabiyotlar bilan qanday bog‘liqlikda olib borishni ham
o‘ylab ko'rishi kerak. Agar kitobxon ishlab chiqarish korxonasida
usta bo‘lsa, unga faqat aniq iqtisodga oid, yuqori sifatli mahsulot
uchun kurash to‘g‘risidagi adabiyotnigina emas, balki mehnatning
axloqiy stimullari haqidagi, shuningdek, pedagogik tarbiyaga oid
adabiyotni tavsiya qilishi zarur, bu yosh ishchilarning tarbiyachisi
va murabbiysi sifatida ish olib borishda ustaga yordam beradi.
Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy adabiyotni badiiy, tabiiy-ilmiy va
boshqa sohaga oid adabiyotlar bilan kompleks ravishda targ‘ib qilish
yaxshi natija beradi. Bu esa kitobxonlar dunyoqarashini shakl-
lantirishga, milliy istiqlol g‘oyasini chuqur o‘rganishga ta ’sir
ko‘rsatadi. AKMning madaniy-ma’rifiy tashkilotlar bilan ham-
korlikda ish olib borishi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy adabiyotlar
bilan ishlashda muvaffaqiyatlarga olib keladi. Bunda AKMda turli
xil ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishga malakali ma’ru-
zachilar, targ‘ibotchi va tashviqotchilarni jalb etish zarur.
An anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan «Mutaxassis kunlari»,
«Axborot kunlari» tadbiri doirasida kitob taqdimoti, kitob ko£r-
gazmalari, bibliografik sharhlar, suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazish
katta samara beradi.
182
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Prezident Islom Karimov asarlari» mavziisidagi doimiy kitob
ko‘rgazmalari, tavsiya ro‘yxatlari, bibliografik sharhlar, kartotekalar
ham ko‘plab o ‘tkaziladigan tadbirlardir. Ko‘p holatlarda Prezi-
dentimizning mavzuli to‘plamlari, nutqlari asosida mavzuli kitob
ko‘rgazmalari, kartotekalar, tavsiya ro‘yxatlari, suhbatlar tashkil
etiladi.
Kutubxonalar faoliyatida ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni
targMb qilishning ovozli o ‘qish shakli keng qo‘llaniladi. Ular,
bir tomondan, turli kitobxonlar guruhini kutubxonaga jalb
qilsa, ikkinchidan, ijtimoiy harakat tevaragiga yoshlarni jips-
lashtirish, barkamol avlodni tarbiyalashga yordam beradi.
0 ‘qish hozirgi kun voqealari, mamlakat, shahar, korxona,
jamoa xo‘jaligi, o‘quv muassasalari oldida turgan vazifalar bilan
bog'langan bo‘lishi lozim. 0 ‘qish, odatda, muntazam izchillikda
yoki ayrim masala, muammolarni ochib berish ketma-ketligi
asosida olib boriladi. 0 ‘qishlarda ishtirok etishga siyosatchilar,
mohir notiqlar, badiiy so‘z ustalari jalb qilinadi. Ko‘pgina
o‘qishning ta’sirini oshirish uchun axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda videofilmlar, slaydlar, hujjatli filmlardan
foydalanadilar. Hozirgi paytda o‘qishlarni o‘tkazishda axborot-
kommunikativ vositalaridan unumli foydalanilmoqda.
0 ‘zbekiston — jahondagi ko‘p asrlik madaniy-tarixiy qad-
riyatlar, boy madaniy an’analar va urf-odatlar, yuksak ma’naviy
yutuqlarga ega davlatdir. BMTning maorif, fan va madaniyat, ta’lim
masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti UNESCO 0 ‘zbekiston-
ning bebaho tarixiy merosi, uning jahon madaniyatiga qo‘shgan
hissasini hisobga olib, Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida o‘zbek
xalqi madaniyatini o‘rganish, qayta tiklash va uni keng ommalash-
tirishga juda katta e’tibor berib keldi. Bu xalqaro tashkilotning
qadimiy shaharlarimiz va buyuk ajdodlarimiz yubiley sanalarining
bayram qilinishida ishtirok etishi 0 ‘zbekistonning ma’naviy me-
rosini tiklash ishida alohida o‘rin tutadi. UNESCO Bosh konfe-
rensiyasining 27, 28, va 29-sessiyalari qarori bilan UNESCO
taqvim tadbirlari ro‘yxatiga buyuk olim va davlat arbobi Mirzo
Ulug‘bek tavalludining 610 yilligiga (2004), buyuk Sohibqiron Amir
Temur tavalludining 670 yilligiga (2006), qadimiy Buxoro va Xiva
shaharlarining 2510 yilligiga (2007), Samarqand shahnning 2750
183
www.ziyouz.com kutubxonasi
yilligi, mashhur muhaddis Imom al-Buxoriy tavalludining 1225
yilligiva Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1210 yilligi (2008),
«Alpomish» eposining 1000 yilligi va o‘zbek xalqining jasur far-
zandi Jaloliddin Manguberdi tavalludining 810 yillik (2009)
yubileylarini nishonlashni kiritish haqidagi tashabbusi qo llab-
quwatlandi va ular jahon miqyosida keng nishonlandi.
«Buyuk ipak yo‘li — muloqot yo‘li» nomli jahon dasturi
UNESCOning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining tarixini o ‘rga-
nish sohasidagi ulkan dasturi bo‘ldi. Bu dastur BMTning ma
daniy taraqqiyot bo‘yicha jahon o‘n kunligi (1998—1999) doira-
sida o‘tkazildi.
UNESCO faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri xalqlar
o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va o ‘zaro hamjihatlikni
rivojlantirish maqsadida insoniyatning madaniy meros sohasidagi
ilmiy asarlarini tarqatishdan iboratdir. «Markaziy Osiyo siviliza-
tsiyalari tarixi» olti jildli asarining tayyorlanishi muhim ahamiyatga
egadir. Unda 0 ‘rtayer dengizidan Xitoygacha cho‘zilgan Mar
kaziy Osiyo mintaqasidagi, tarixiy va madaniy jarayonlarning
har tomonlama manzarasi o‘z aksini topadi. UNESCO 350 tadan
ortiq yodgorliklar va tarixiy joylarni o‘z ichiga oluvchi «Jahon
merosi ro‘yxati»ni tuzib chiqqan. Bu ro‘yxatga 1990— 1993-yil-
larda 0 ‘zbekistonning qadimiy shaharlari b o ‘lgan Xivadagi
Ichanqal’a va Buxoroning tarixiy markazi, shuningdek, 0 ‘zbe-
kiston Respublikasi FA sharqshunoslik instituti sharq qo‘lyoz-
malari kolleksiyasi va noyob Usmon Qur’oni kiritilgan.
|