3. Kitobxonlar yakka tartibda ishlashining o ‘ziga xos tom onlarini
bayon eting.
171
www.ziyouz.com kutubxonasi
9-bob.
IJTIMOIY-SIYOSIY ADABIYOTLARNI
TARG‘IB ETISHNING AHAMIYATI
VAVAZIFALARI
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar mamlakatimizda nashr etiladigan
adabiyotlarning deyarli 80 foizini tashkil etadi. Ular o ‘z mavzusi
va vazifasiga ko‘ra, turlicha bo‘ladi. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar
doimo davr bilan hamohang nashr qilingan. Ularda davrning
siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, m a’rifiy masalalari aks etib
kelgan. Ular orasida tarixga oid turli nashrlar, iqtisodga oid, siyosat
va siyosatshunoslikka oid nashrlar ko‘plab uchraydi.
XX
asrning boshlarida kitobxonlar saviyasi, qiziqishiga, ta-
labiga ko‘ra, ko'proq risola va varaqalar ko‘rinishidagi adabiyotlar
nashr etilgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning turlari juda ko‘p. Bu
adabiyotlar kutubxona-bibliografiya klassifikatsiya jadvalining
6/8 ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘limida aks etgan. Ularning
asosiy qismini ijtimoiy-siyosiy fanlar tashkil etadi. Bu adabiyotlar
mazmuniga ko‘ra, sotsiologiya, statistika, demografiya, tarix hamda
tarixga oid fanlar, iqtisod, siyosat va siyosatshunoslik, davlat va
huquq, yuridik fanlar, harbiy fanlar, harbiy ishga oid masalalardir.
Ularning barchasiga oid bosh manba asarlar, ilmiy tadqiqot ish
lari, о quv adabiyotlari, ilmiy-ommabop adabiyotlar, amaliy qoi-
lanmalar, ma’lumotnoma adabiyotlar mavjud.
Bosh manbalar ijtimoiy fanlaming asosi bo‘lib, ularning negi
zida davlat siyosatining, iqtisodming, barcha g‘oyaviy, mafkuraviy,
tarbiyaviy ishlarining mazmuni yotadi. Ular davlatimiz rahbar-
larining, davlat tashkilotlari, Oliy Majlisning Qonunchilik pa-
latasi, Vazirlar Mahkamasining hujjatlaridir.
Ilmiy tadqiqot ishlari ijtimoiy-siyosiy mavzudagi bir yoki bir
necha kishi tomonidan yaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarining nati-
jasi
monografiyalar, ilmiy asarlar, ilmiy anjumanlar materiallari,
172
www.ziyouz.com kutubxonasi
mavzuli to'plamlar, ilmiy maqolalar. Bunday asarlar jamiyat ilmiy
sohasining asosi, ilm-fan rivojining negizidir.
0 ‘quv adabiyotlari eng muhim nashr turlari bo‘lib, ular, aso-
san, o ‘quv muassasalari o‘quvchilari, talabalari, magistrlari,
professor-o'qituvchilar uchun mo‘ljallangan darsliklar, o‘quvqo‘l-
lanmalari, uslubiy, dasturiy adabiyotlar, ko‘rgazmali qurollardir.
Ular o‘ rta maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari, kollej va litsey o‘quv-
chilari va o‘qituvchilari, oliy o‘quv yurti muassasalarining talaba
lari, magistrlari va professor-o‘qituvchilari uchun nashr etiladi.
Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan adabiyotlar ilmiy-
ommabop adabiyotlar bo‘lib, ular tushunarli, ommabop tilda
yaratiladi va turli ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy masalalarni ommabop
tilda sharhlab beradi.
Amaliy qo‘llanmalar esa asosan, ishlab chiqarish va jamoat
ishlarida yordam beruvchi adabiyotlar bo‘Iib, kasaba uyushma-
lari, kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, turli xil jamoat tashki-
lotlarining faoliyatiga uslubiy, tashkiliy yordam berishga qara-
tilgan adabiyotlardir. Ularning mazmuni va maqsadi sanoat,
qishloq qurilishi, qishloq xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi iqtisodiga,
faoliyatiga oid ilg‘or tajribalarni yoritishdan iborat. Ular orasida
turli yo‘nalishda targ'ibot ishlarini tashkil etish, olib borish,
boshqarish masalalariga oid adabiyotlar ham mavjud.
Ma’lumotnoma adabiyotlarga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy so-
hadagi universal va tarmoq ensiklopediyalar, lug‘atlar, ma’lumot
noma (spravochnik)lar, statistik to‘plam!ar, voqealar xronikasi,
muhim sanalartaqvimi, tarixiy joylar ko‘rsatkichlari kiradi. Uni
versal ensiklopediyalar sohaning barcha jihatlarini, yo‘nalishlarini
qamrab oladi. Tarmoq ensiklopediyalar esa faqat bir jihatini, bir
yo‘nalishini qamrab oladi. Masalan, «Falsafa», «Iqtisodiyot»,
«Huquqshunoslik», «Sotsiologiya» kabi tarmoq ensiklopediyalari,
«0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» universal ensiklopediya mavjud.
Lug‘atlar bir yoki bir necha tilli, izohli, bir mavzuga oid
bo‘lishi, ma’lumotnomalar esa ko'proq kasblar, mutaxassisliklar,
ishlab chiqarish masalalari yoki yo‘nalishlari bo'yicha nashr etiladi.
Statistik to'plamlar mamlakatimiz taraqqiyotining turli yo‘na-
lishlariga oid nashr etiladi. Qishloq xo‘jaligi, madaniyat muas-
173
www.ziyouz.com kutubxonasi
sasalari, san’at muassasalari, ishlab chiqarish tashkilotlari,
iqtisodiyot, moliya va boshqa sohaga oid statistik hisobotlar, ra
qamlar ko‘rsatkichlari. Bu materiallar ko‘proq mamlakat rivo-
jining m a’lum bir davrlarini aks ettiradi va statistik boshqarma-
larda to‘planadi hamda nashr etiladi.
Mamlakatimizda turli ijtimoiy-siyosiy vaqtli matbuot nashr-
lari mavjud. Birgina «Sharq» nashriyot-m atbaa hissadorlik
kompaniyasi tomonidan 20 nom da gazeta va 18 nomda jurnal
ijtimoiy-siyosiy mazmunda nashr etiladi.
Gazeta matbuotning eng ko‘p tarqalgan shakli bo‘lib, u tezkor
va kundalik axborot berish maqsadida nashr etiladi. 1991-yilga
qadar sobiq Ittifoq doirasida gazetalar markaziy va mahalliy deb
guruhlashtirilgan. Markaziy gazetalarga Moskvada nashr qilingan
gazetalar, mahalliyga faqat 0 ‘zbekiston hududida nashr qilingan
gazetalar kiritilgan. Bugungi kunda gazetalar respublika va
viloyatlar hududidagi gazetalar deb ajratilishi mumkin. Respublika
gazetalariga «Xalq so‘zi» — «Народное слово», « 0 ‘zbekiston
ovozi» — «Голос Узбекистана», «Ma’rifat» — «Учительская
газета», «Toshkent oqshomi» — «Вечерний Ташкент» gazetala-
rim misol qilish mumkin. Viloyat gazetalariga viloyatlar markazida
nashr etilayotgan gazetalar, tuman va shahar gazetalari kiradi.
Gazetalar umumsiyosiy (universal) va maxsus deb ham guruh-
lanadi. Maxsus gazetalar aynan olingan bir sohaga yoki bir
kitobxonlar guruhiga bag‘ishlanadi. Gazetalar mamlakat taraq-
qiyotining barcha masalalari, mamlakatimiz ichki va tashqi
siyosatidagi yangiliklar, muammolar, xalq xo‘jahgidagi
|