3-bo Him
BILIM SOHALARIGA OID
ADABIYOTLAR TARG‘IBOTI
8-bob.
BILIM SOHALARIGA OID ADABIYOTLARNI
TARG‘IB QILISHNING MAQSADI, VAZIFALARI
VA UNI TASHKIL ETISH. BARKAMOL AVLOD
TARBIYASIDA ULARNING AHAMIYATI
2006-yil 20-iyunda respublikamiz Prezidenti tomonidan qabul
qilingan «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni
tashkil etish to ‘g‘risida»gi Qaror mamlakatimiz kutubxonachilik
ishi sohasida yangi davrni boshlab berdi. Axborotlashib borayot-
gan va XXI asr — axborot asri deb atalayotgan hozirgi davrimizda
shu qaror asosida kutubxonalarga talab har tomonlama oshdi.
Endilikda kutubxonalar har bir kishining dunyo axborot olamiga
kirish, to‘la va samarali, to‘laqonli axborot olish, bilim olish, yangi
do'stlar orttirish, ma’naviy hordiq
chiqarish, hamkorlar topish,
turli uchrashuvlarda ishtirok etish uchun maskanga aylandi.
Bugungi kunda kutubxonalar ayrimlar o ‘ylaganidek,
faqat
kitob berib, kitob olib o‘tiradigan joy emas. Kutubxonalar — ax
borot markazi, ilm, ziyo maskani, dam olish joyi.
Mamlakati-
mizda kutubxonalarning ana shunday maskan sifatida
rivojlanib
borishi, rivojlangan mamlakatlar kutubxonalari qatoriga
chiqishlari
uchun hamma sharoitlar yaratilmoqda.0‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi « 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi — biz uchun
demokratik taraqqiyot yo‘lida va fuqarolik jamiyatini ЬафО etishda
mustahkam poydevordir» ma’ruzasida 0 ‘zbekiston Prezidenti
I .A. Karimov 2010-yilni «Barkamol avlod yili» deb e’lon qildi va
kelajagimiz bo‘lgan yoshlarga yaratilayotgan barcha turdagi shart-
sharoitlar haqida, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida
fikrlar aytdi. «Barcha oliyjanob ishlarimizning,