masalalariru
anglab yetishlariga va ularni hal etishda faol ishtirok
etishlariga
erishish;
7. Kompyuterdan foydalanish madaniyatini rivojlantirish;
8 .0 ‘quvchilarda dunyo axboroti olamiga kira olish, undan to‘g‘ri
va maqsadli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish;
9. Mamlakatimiz kutubxonachilik tizimida mavjud bo‘lgaI^
axborot resurslaridan
unum li
va aniq
m aqsad y o ‘lida foydalanishga
o‘rgatish;
10. Axborot-kutubxona muassasalari negizida xorijiy tillami
o‘rganishlari uchun keng imkon yaratib berish;
11. О z tashkilotlari fondini, faoliyatini targ‘ib qilish.
160
www.ziyouz.com kutubxonasi
Axborot-resurs markazlarida bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish
jarayonida, awalo, bolalarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik ruhida
tarbiyalashga yordam beruvchi axborot-kutubxona resurslaridan
foydalanishadi. Bolalar uchun mo‘ljallangan mehnatni tarannum
qiluvchi ertaklar, hikoyalar, she’rlar, maqollar, topishmoqlar,
hikmatli iboralar ko‘p. 0 ‘zbek ertaklarining barchasida mehnat
tufayli qahramonlar yutuqlarga erishadilar. Kutubxonachi bola-
larga ertaklarni o'qishga tavsiya qilar ekan, ularning ma’nosini,
mohiyatini to‘la tushunib olishlari uchun gapirib beradi.
0 ‘qish rejasi aniq maqsadga qaratilgan bo‘lib, muayyan biror
sohaga oid yoki aniq mavzu yuzasidan bilim olish uchun o‘qishni
tashkil etadi; duch kelgan, har qanday kitobni emas, balki eng
yaxshi va zarur adabiyotlarni oddiydan murakkabgacha bir tizimda
o‘qishga, tanlangan mavzuni har taraflama o‘rganishga mo‘ljalla-
nadi. Kitobxonga o‘qish rejasini tuzish, reja asosida o‘qish uzoq va
ko‘p mehnat talab qiladi, bu jarayonda kutubxonachi kitobxon
bilan yaqin munosabatda bo‘lishi, unga muntazam yordam ko‘rsatib
turishi kerak. Buning uchun tez-tez suhbatlashib, mavzu qiyin
emasmi, agar qiyin bo‘lgan taqdirda maslahatlar uyushtirish,
ma’lumotnoma adabiyotlarni tavsiya qilib borishi kerak. Reja asosida
o ‘qish tugagach, kitobxon fikr-mulohazalarini alohida daftarga,
albomga yozib borsa maqsadga mos bo‘ladi yoki kutubxonachi
xulosalarini kitobxon formularining 3-qismiga yozib qo‘yadi.
Kitobxonga u yoki bu o‘qish rejasini tavsiya qilishda mav-
zuning dolzarbligi, ahamiyati, kitobxon qiziqishi hisobga oli-
nishi zaiiir. Reja asosida o‘qishni boshlashdan awal alohida qi-
ziqish paydo qiladigan, kitobxonning tayyorgarlik darajasiga mos
keladigan, mavzuni mumkin qadar to‘la ochib beradigan kitobni
o‘qishga taklif qilinsa, kitobxonning kitobni yaxshiroq o'qishga
va o‘zlashtirishga katta qiziqish paydo bo‘lishini ta’minlaydi va
mustaqil bilim olishga bo'lgan qiziqishining barqaror bo‘lishiga
yordam beradi.
Mustaqil bilim olish uchun o'qishga jalb etishda foydalanuvchi
kitobxon bilan yakka tartibda ishlash hal qiluvchi ahamiyatga ega.
11
-
403
161
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kitobxon uchun o ‘qish rejasini tuzib olish uchun, awalo,
uning qiziqishi aniqlanadi, u bilan birgalikda elektron katalog,
elektron kitoblar, elektron m a’lum otlar bazasi, bibliografik
qo‘llanmalar, tavsiya ko‘rsatkichlari, fondda mavjud adabiyotlar
ko‘rib chiqiladi va tanlanadi.
0 ‘qish rejasi bo‘yicha o‘qish jarayoni nazorat qilib boriladi.
|