Ilmiy-ommabop adabiyotlar




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Ilmiy-ommabop adabiyotlar.
Bunday adabiyotlaiga muhandislar, 
texnika o‘quv yurtlarining muallimlari tomonidan oddiy ishchilar, 
texnika havaskorlari va akademik litseylarga mo‘ljallab yozilgan 
adabiyotlar kiritiladi va ular ARMda ko'proq bo'lishi zarur.
0 ‘quv adabiyotlari kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga, tex­
nika havaskorlari, yuqori sinf o‘quvchilariga atab nashr etiladi va 
ana shu o‘quv muassasalarining ARM fondida mavjud bo‘ladi.
199
www.ziyouz.com kutubxonasi


Talabalari, asosan, o‘quv adabiyotiga ehtiyoj sezadi. Ular o‘qish 
jarayonida ilmiy adabiyotlardan, m a’lum otnom a nashrlaridan 
ham foydalanishadi. Bu ehtiyojni qondirishda viloyat AKMlari 
va o‘quv yurti ARM o‘rtasidagi hamkorlik yaxshi natija beradi.
Texnika sohasiga oid adabiyotlar ko‘lami va qiziquvchi kitob­
xonlar guruhining rang-barangligi tufayli, adabiyotlar targ‘i- 
botining birinchi xususiyati shundaki, tor doiradagi kitobxonlar 
guruhi tanlab olinadi. Ikkinchi xususiyati, uning mamlakat 
rivojining juda katta tarmoqlari bilan bog‘liqlikda olib borilishidir. 
Uchinchi xususiyati texnikaga oid kitoblarni tarqatish bo‘yicha 
ommaviy tadbirlarni iloji boricha kitobxonlarning ish yoki o‘qish 
joylariga yaqinlashtirishda ko‘rinadi.
Texnikaga oid adabiyotlar targ‘ibotida keng qo‘llaniladigan 
kompleks tadbirlar ahamiyatga ega. Mavzuli kechalar, savol va 
javob kechalari, og‘zaki jurnallar, texnika va iqtisodga oid kitob 
kunlari, taqdimotlari, o‘n kunliklar, oyliklarning hammasi ham 
ko‘p mehnat va mas’uliyatU tayyorgarlik ishlarini talab qiladi, shu 
sababli ularni boshqa kutubxonalar, tashkilotlar bilan hamkor­
likda o'tkazish yaxshi samara beradi.
Mavzuli kechalar o‘zining mazmuni, qanday kitobxonga 
mo'ljallanishiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Kechani ARMning mudiri 
ochib beradi. Soha bo‘yicha mutaxassis xodim kecha mazmunidan 
kelib chiqib, tashkilot faoliyati, ishlab chiqarish texnikasining 
holati, undan foydalanishni yaxshilash yo‘llari haqida, kasb haqida 
axborot beradi. Ma’ruzachi o‘z nutqida qishloq xo‘jaligi texni- 
kasini egallashda kitobning rolini eslatib o‘tishi muhim. Shu- 
ningdek, eng yaxshi mexanizatorlar, traktorchilar, fermer xo‘ja- 
liklarining texniklari so‘zga chiqib, yoshlarga o‘z kasblari, qan­
day o‘qiganliklari, malaka darajasiga qanday erishganliklari va 
bunda kitobning o‘mini aytib beradi.
Kutubxonachi yoki soha mutaxassisi mavzuga oid biblio- 
grafik sharh bilan chiqishi mumkin. Kecha ilmiy-ommabop 
filmlar, turli hujjatli filmlar, slaydlar namoyish etish bilan yakun- 
lanadi. Albatta, mavzuga oid kitob ko‘rgazmasi tayyorgarlik 
boshidanoq tashkil qilinadi.
200
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Kasb kunlari» deb nomlanadigan tadbir mustaqil yoki 
mavzuli kechalarga qo‘shimcha tadbir sifatida ham tashkil eti­
ladi. Bu tadbirlardan kasbni va kasbga doir adabiyotlarni targ‘ib 
qilishda foydalanish, kasbga qiziqishni shakllantirish hamda 
malakani oshirishga yordam tarzida ko‘rgazmalar va adabiyot 
sharhlari o ‘rin oladi.
Texnika va ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p qo‘llanilib 
kelinayotgani og‘zaki jurnallardir. Kutubxonalar faoliyatiga 
kompyuter texnologiyalari kirib kelishi munosabati bilan og‘zaki 
jurnallar o ‘tkazish ancha kamaydi. Og‘zaki jumallar matbuot 
jurnali kabi bir necha sahifadan iborat bo‘lib, mazmunan bir- 
birini davom ettiradi hamda to‘ldiradi. Har bir sahifada kitobxonlar 
bilan yakka tartibda va ommaviy ish olib borishning 2 yoki 3 turi 
qo‘llaniladi. Masalan, 1 -sahifada ma’ruza va bibliografik sharh bo‘lsa,
2-sahifada uchrashuv va film namoyishi, 3-sahifada savol-javob 
o‘yini va boshqa tadbir o ‘tkaziladi. Tadbirni boshqaruvchi olib 
boradi, uni tayyorlash va o‘tkazish jarayonida mutaxassis kitobxon 
ishtirok etadi. Texnikaga oid adabiyot kechasi ko‘p o‘tkaziladi va 
mavzuli kechani tayyorlash hamda o‘tkazish metodikasi asosida 
tayyorlanadi. Har bir tadbir rasmiylashtirish bilan tugaydi.
Texnikaga oid kitoblarning o‘n kunlik va oyliklari kutubxona 
bilan tuman, shahar ishlab chiqarish tashkilotlari hamkorligida 
o‘tkaziladi. Ommaviy axborot vositalari jalb etiladi, tashkil eta- 
yotgan hamkor tashkilotlar birgalikda kitoblar o‘n kunlik, oy- 
liklar, tadbirni o ‘tkazishning umumiy rejasini tuzib olishadi. 
Unda uzviy bog'langan turli xil tadbirlar — ko‘rgazmalar, 
kitobxonlar konferensiyasi, kitobxonlarning texnikaga oid kitob 
mualliflari bilan uchrashuvlar, adabiyotlar bo‘yicha maslahatlar, 
og'zaki jurnal, savol va javob kechalari, bibliografik sharh, kitob 
taqdimoti joy oladi.
Tayyorgarlik davrida texnikaga oid kitoblarning ahamiyati 
haqida fikr-mulohazalar, taqrizlar, bibliografik ro yxat yoki 
sharhlar mahalliy vaqtli matbuot sahifalarida yoritiladi, mahalliy 
radio-televideniya orqali eshittiriladi va ko‘rsatiladi. Shu bilan bir 
vaqtda, texnikaga oid filmlar ko‘rigi, kitob bozorlari, texnika va 
iqtisodga oid kitoblar sotuvi tashkil qilinadi.
201
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Tez yurar kitob, axborot» shakli texnikaga oid adabiyotlarni 
targ‘ib qilishning yana bir shakli boMib, muayyan guruh qiziqqan, 
talab qilgan axborotlar, elektron ma’lumotlar, kitoblar to'plamidir. 
Mutaxassis kitobxon yordamida tayyorlanadigan axborot mo 1- 
jallangan kitobxonlar ro‘yxati tuzib olinadi, kitob yoki axborot 
materiali bir ishchidan ikkinchisiga o‘tadi. Ro‘yxat oxiridagi ishchi 
yoki texnik kitobxon kitobni kutubxonaga qaytarib beradi va kitob 
muhokamasi tashkil etiladi. Bu ko‘proq kasbiga ko‘ra, mutaxassis 
bo‘lgan, ammo hali malakaga ega bo‘lmagan kitobxonlar uchun 
tashkil etiladi. Maqsadiyosh mutaxassislarning o'qish malakasini 
tarbiyalash, kitob haqidagi bilimini tartibga solish, boyitish, 
muntazam o'qishini tashldl etishdan iborat.
Zamonaviy ishlab chiqarish sohasining tezkorlik bilan o‘sib 
borishi, texnika adabiyotlariga bo‘lgan talablarning rang-ba- 
rangligi, uni tez va sifatli qondirishga bo‘lgan talab muhandis- 
texnik, muhandislar, soha rahbarlariga yangi axborotni, elektron 
ma’lumotlarni, Internet resurslarini o‘z vaqtida yetkazish va- 
zifalarini yuklamoqda. Mamlakatimiz sanoati va qishloq xo‘- 
jaligi ishlab chiqarishining, texnologiyasining samaradorligini 
oshirish borasidagi vazifalar AKMdan texnik bilimlarni, ilg‘or 
ishlab chiqarish tajribasini yorituvchi adabiyotlarni targ‘ib qi- 
Ushda faol ishtirok etishni talab qiladi. Ular texnikaga oid kitoblar 
bilan ish olib borish bilan kitobxonlarda madaniy-texnik saviyani 
shakllantiradi, ularning kasbiy malakasini, mahoratini, ijodiy 
faolligini, mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etishga intilishi va 
mas’uliyatini tarbiyalaydi, o‘zaro raqobat, ixtirochilik va kashfi- 
yotchilikning yuksalishiga yordam beradi.
Texnikaga oid kitoblar ishlab chiqarishning aniq vazifalarini 
hal qilishga xizmat qiladi. Texnikaga oid adabiyot, yangi texnika 
va yangi texnologik jarayonlarni egallashga, mahsulot sifatini 
oshirish va tannarxni pasaytirishga, kashfiyotchilik va novatorlikru 
rivojlantirishga, korxonalarning ilg‘or tajribalarini o‘rganishga 
yordam beradi.
Sanoat taraqqiyotida yoqilg‘i-energetika majmuasining o‘rni 
alohida. Uning tarkibiga atom elektr energiyasi, termoyadroviy
202
www.ziyouz.com kutubxonasi


energetika, gidroenergetika, suv energiyasi, gidroelektr stansiya- 
lari, shamol energetikasi, Quyosh energiyasi, gaz, neft va neftni 
qayta ishlash, ko‘mir-yoqilg‘i sanoati kiradi. 0 ‘zbekiston jahondagi 
o‘nta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoridan o‘rin 
olgan. Respublikada qudratli gidroelektr stansiyalari, issiqlik elektr 
stansiyalari, hozirgi paytda shamol va Quyosh energiya stansiyalari 
ham tashkil etila boshlandi.
Metallurgiya majmuasi tarkibiga ma’dan xomashyosi, qora va 
rangli metallarni qazib chiqaruvchi, boyituvchi va qayta ishlab 
chiqaruvchi korxonalar kiradi. Oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, 
rux, volfram, mohbden, litiy, uran, aluminiy xomashyosi, nodir 
metallar va boshqa qator qazilma boyliklarining aniqlangan za- 
xiralari ko‘p. Elektrometallurgiya, gidrometallurgiya, qora me­
tallar metallurgiyasi, rangli metallurgiya, mikrometallurgiya, 
kukun metallurgiyasi rivojlandi.
Kimyo va mashinasozlik sanoatining muhim sohalarida 
loyihalash, metallar va qotishmalar, metallmas materiallar, de- 
tallar, sharnirli va vintli mexanizmlar, metallga ishlov berish 
sanoati, unda vakuumni qo‘llash, sovuq va issiq usulda ishlash, 
ultratovush yordamida ishlash texnologiyasi mavjud.
Mashinasozlik sohasida paxtachilik uchun qishloq xo'jaligi 
mashinalarini ishlab chiqarish alohida o‘rin tutadi. Bu soha faqat 
0 ‘zbekiston va AQSHda mavjud bo‘lib, uni yanada rivojlantirish 
muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega. Bu sohani 
AQSHning «Keyskorporeyshn», «Amerikan mobil grupp», Ger- 
maniyaning «Lemkon», «Krons», «Amozone», «Zelko», shu- 
ningdek, Italiyaning qilish asosida yanada rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, amalga 
oshirilmoqda. Ushbu dasturga ko‘ra, « 0 ‘zqishloqxo‘jalikmash- 
xolding» kompaniyasi va «Qishloqxo‘jalikta’minotta’mir» davlat 
kooperativ qo‘mitasi xorijiy firmalar bilan hamkorlikda yangi 
qishloq xo‘jaligi mashinalarini ishlab chiqarmoqda va unga texnik 
xizmat ko‘rsatuvchi servis markazlarini tashkil etayapti.
Texnik bilimlarga qiziquvchi kitobxonlarni ikki guruhga ajratish 
mumkin: 

Download 11,3 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish