tayyorgarlik davrida chuqur o‘ylash, fikr qilish, yod olish fazilatini
tarbiyalaydi, yana uning ichki dunyosini boyitadi, bolalar o‘rtasida
«Men birinchi bo‘laman» degan intilish hissini tarbiyalash bilan
raqobat va unga chidash hissini tarbiyalaydi. Adabiy ertaliklarni
tayyorlash va o‘tkazishning bosqichlari:
• ertalikning mavzusini tanlash va unga doir materiallar
to‘plash;
• ertalikni tayyorlash rejasi va o ‘tkazish dasturini tuzish;
• ertalikning ssenariysini tayyorlash
va uni muhokamadan
o‘tkazish;
• ertalikka tayyorlanish jarayonida faol kitobxonlarni jalb etish
va ularni ishtirok etishga tayyorlash;
• tadbir o‘tkazish uchun hay’at a’zolarini saylash;
• ertalik o ‘tkaziladigan joyni tayyorlash va uni jihozlash;
• boshqaruvchini tayyorlash.
Mavzu bolalarning yoshiga, bilim darajasiga,
dunyoqarashi
va ruhiy holatlariga mos bo‘lishi lozim. «Men baxtli kelajak
farzandiman», «Yaxshi xulqli bola bo‘lamiz», «Odob-axloq bo‘s-
toni va gulistoni» kabi mavzular olinishi mumkin. Mavzuga oid
materiallarni — pedagogik asarlar,
badiiy-adabiy asarlar, vaqtli
matbuot nashrlari, turli veb-sahifalar, slaydlar,
videolavhalar va
boshqalardan olish mumkin.
To‘plangan materiallar o‘rganib chiqilib, ular asosida kitob
ko‘rgazmalari, yakka va guruhli suhbatlar o'tkaziladi.
Boshqa-
ruvchi mutaxassis kitobxon yordamida ertalik ssenariysini yozadi
va u hay’at a’zolari bilan jamoada muhokama qilinadi. Ssenariy
kirish, asosiy, badiiy va yakuniy qismlarni aks ettirishi lozim.
Kirish qismida tadbirning maqsadi, kimlarga mo‘ljallangani,
uning ahamiyati, unda ko‘tariladigan masalalar haqida aytib o‘tiladi.
Asosiy qism mutaxassis kitobxonning yoki mavzu bo‘yicha
boshlovchining ma’ruzasi bo‘lishi mumkin. Mavzuga oid bolalar
ning chiqishlari, fikr-mulohazalari ham joy oladi. Badiiy qismda
asosiy qismda bildirilgan fikrlar, mavzuga oid she’r va qo‘shiqlar,
kuy va qo‘shiqlar, raqs va turli o‘yinlar, sahna asarlari yordamida
mustahkamlanadi. Kimdir she’r o‘qiydi, boshqasi o‘ynaydi, yana
biri ashula aytadi. Bu tadbir bolalar faolligini oshiradi.
Yakuniy
233
www.ziyouz.com kutubxonasi
qismda tadbirga oid ko‘rgazmalar, plakatlar, albom namoyish
etiladi, adabiyotlarga sharh beriladi, baholanadi.
Faol ishtirok et-
gan homiy tashkilotlar, ota-onalar, mutaxassis xodim va kitobxon
larga qimmatbaho esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlari topshiriladi.
Ertaliklar maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda ham
o‘tkaziladi, unda ota-onalar, tashkilotlaming rahbarlari ham ishtirok
etishadi. Ertalikning tarbiyaviy, pedagogik-psixologik ahamiyati
shundaki, u bolalarni bir mavzu,
maqsad atrofida birlashtiradi,
mavzuning o‘ziga xos tomonlarini ochib beradi, o ‘qigan kitobini
o'rtoqlariga tavsiya etish imkonini beradi. Mavzuni tushunishga
yordam beradi. Ijtimoiy faollikni oshiradi. Hamjihat bo‘lib mav
zuni ochib berish, biron-bir masalani hal etishga o‘rgatadi.