• 5.4. Adabiy viktorinalar
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/183
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,3 Mb.
    #237439
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   183
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    S h e ’riyat kechaiari.
    Shoirlaming yubileylari, tug‘ilgan kun- 
    lari munosabati bilan faqat she’riyatga bag‘ishlangan tadbir. 
    Bunday kechalar kitobxonlarni estetik ruhda tarbiyalashda, ularda 
    nutq madaniyatini, xotirani rivojlantirishda muhim ahamiyatga 
    ega, she’riyatning nozik sirlarini bilishga, mazmunini tushunishga, 
    kitobxonga zavq-shavq bag‘ishlashga yordam beradi. Uni tayyor­
    lash ham boshqa kechalarga tayyorgarlik kabi olib boriladi.
    Kechaning kirish qismida shoirning hayoti va ijodi haqida, agar 
    kecha biron-bir mavzuga oid bo‘lsa, shu mavzuning dolzarbligi, 
    ahamiyati, tanlangan she’riy asarlarning yo‘nalishlari, mazmuni 
    haqida gapiriladi. She’riy asarlarni o‘qish kechaning asosini tashkil 
    etadi. She’riy asarlarni o‘qish uchun ham oldindan tayyorgarlik 
    ko‘riladi, unda o ‘quvchi o‘qish texnikasini, ifodali o‘qishni 
    egallagan, mahoratli, notiqlik malakasiga ega bo‘lsa, maqsadga 
    muvofiq bo‘ladi.
    5.4. Adabiy viktorinalar
    Adabiy viktorinalar savol-javob o‘yinlari deb ham yuritiladi. 
    Bu badiiy va boshqa asarlarni targ‘ib qilishning eng qiziqarli 
    usuli bo‘lib, undan maktab va bolalar kutubxonalari 
    keng
    foydalanadi. Savol-javob o‘yinlari o‘rta maktab, o‘rta maxsus 
    bilim
    yurtlarining dasturi asosida tashkil etiladi. Maqsadi, 
    yoshlarning
    bilim saviyasini oshirish, dastur asosida qo‘shimcha 
    bilim olish-
    larini tashkil etish, mustahkamlash, tanlangan 
    mavzuga qiziqish
    uyg‘otishdan iborat. V iktorinalar m ashhur 
    yozuvchi va
    shoirlaming, san’atkor va olimning yubileyi, muhim 
    voqea va
    sanalar munosabati bilan tashkil etiladi.
    10
    -
    403
    145
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Adabiy viktorinalar qiziqarli va, shu bilan birga, m as’uliyatli 
    tadbir. Shuning uchun u alohida tayyorgarlikni, katta bilimni ta­
    lab etadi. Uni tashkil etayotgan va olib boruvchi shaxs mavzu 
    bo'yicha atroflicha bilimga ega bo‘lishi, mavzuga oid barcha 
    qo‘shimcha adabiyotlar, m a’lumotnoma nashrlar, lug‘atlar, qo- 
    musnomalar bilan tanish bo‘lishi kerak.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   183




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish