Temur», M. Alining «Ulug‘ saltanat» asarlari «Buyuk sohibqiron»
mavzusi uchun tanlab olinadi.
Mavzuli konferensiya bir mavzuga oid bir necha asarlar
yuzasidan o ‘tkaziladi. Uning maqsadi bir mavzuga oid asarlarni
targ‘ib qilish, shu asarga nisbatan kitobxonlar qiziqishini
shakllantirish va tarbiyalashdan iborat.
Bir janrga oid konferensiyalar.
Biron-bir adabiy janrga oid
adabiyotlar muhokamasi bolalar kutubxonalarida keng tarqal-
gan. Uning maqsadi bir janrdagi eng yaxshi badiiy asarlarni tar-
g‘ib qilishdan iborat. Kitobxonlar orasida, ko‘pincha, faqat bir
janrga qiziquvchi kitobxonlar uchraydi. Ana shu janrdagi asar
larni muhokama qilish shu kitobxonlar va boshqa kitobxonlar
orasida tanlangan asarlarni targ‘ib qilishga, uni mukammal
tushunib olishga yordam beradi.
«Yoshlar she’riyati», « 0 ‘zbek romanlari», «Sarguzasht qis-
salar», «Moziydan so‘z ochgan asarlar» kabi mavzuda muhoka-
malar o‘tkazish mumkin.
Bir muallif ijodiga bag‘ishlangan konferensiyalar.
Mashhur
yozuvchi yoki shoirlarning, olimlarning yubileylari va tug'ilgan
kunlari munosabati bilan shu muallif asarlarini targ‘ib qilish
maqsadida muhokamalar tashkil etiladi. Bunday konferensiya-
larda imkon bo‘lsa, muallifning o‘zi qatnashadi. Bunday imko-
niyat ko‘proq poytaxt yoki viloyat niarkazlarida joylashgan
kutubxonalar faoliyatida uchraydi. Bunday muhokamalar juda
qiziqarli o‘tadi, chunki muallifning o‘zi kitobxonlar bilan yuzma-
yuz uchrashadi, ularning fikr-mulohazalarini tinglaydi, kitob
xonlar ham bevosita muallifning o‘zi bilan muloqotda bo‘ladi,
ammo muallif ishtiroki kitobxonlarga xalaqit bermasligi va
muhokama uchrashuvga aylanib ketmasligi kerak.
Mulohaza davomida muallifni ortiqcha maqtash hollariga yo‘l
qo‘yilmaydi. Bu ochiq, samimiy tanqidni bo‘g‘adi. Muallif konfe-
rensiyaga boshqaruvchilik vazifasini olib borishi mumkin, mu
hokama yakunida muallifga so‘z beriladi. Bunda muallif kitob-
xonlaming fikr-mulohazalariga o‘z munosabatini bildiradi.