Suhbatni tayyorlash jarayonida ham matn tayyorlab olinadi,
ammo o ‘qib berilmaydi. Suhbat so‘ngida mavzuga oid boshqa
adabiyotlar ham o'qish uchun tavsiya etiladi. Bunda adabiyotlar
haqidagi taqrizlardan foydalanish, adabiyotning o‘zini ko'rsatish,
bibliografik qo‘llanmalardan ham foydalanish suhbatning ta’sirini
oshiradi.
Ovozli о ‘qishlar adabiyotlarni targ‘ib qilishning eng qadimgi
usuli.
Ovozli o ‘qish tanlangan asarni ovoz chiqarib o‘qishdir.
Ovozli o ‘qishlar turli davrlarda turlicha ko‘rinishlarda — she’riy
asarlarda qiroat bilan o‘qish, bahr-u bayt va g‘azalxonlik kechalari
ko‘rinishida o'tkazilgan. 0 ‘zbek she’riyati
tarixidan shu narsa
m a’lumki, 0 ‘rta Osiyoda she’rxonlik va g‘azalxonlik kechalari
juda keng tarqalgan.
M a’rifatparvarlar orasida Navoiyxonlik, Bedilxonlik, Oga-
hiyxonlik, Lutfiyxonlik yoki o‘zbek mumtoz she’riyatida shoirlar
orasida g‘azalxonlik kechalari muntazam bo‘lib turgan. Shuning
uchun ham ota-bobolarimizda she’riyatga, san’atga, adabiyotga
qiziqish katta bo‘lgan, uning ta’sirida bolalar tarbiyasi yetuk da-
rajaga yetgan. 0 ‘zbek xalqi
orasida haqiqiy savodxonlar, shoir-u
shoiralar ko‘plab yetishib chiqqanining boisi ham shunda.
Qoidaga ko‘ra, ovozli o ‘qishlar uncha katta bo‘lmagan,
tayyorgarligi va o‘qish madaniyati shakllanmagan kitobxonlar
uchun o ‘tkaziladi. Kitobxonlar soni 5—6 nafardan 10—15 ta-
gacha bo‘ladi. Kattaroq auditoriya uchun badiiy asarlar tanlab oli-
nib, uni o‘qish uchun 25—30 minut vaqt ajratiladi.
Ovozli o‘qish ikki xil maqsadda o‘tkaziladi: kitobxonda shu
asarga qiziqish uyg‘otish, asarni o'qishga ishontirish va butun matnni
kutubxonachi so‘zi bilan hikoya qilib berish. 0 ‘qish uchun
tanlangan asarning hajmiga ko‘ra, ovozli o‘qish turkumlari tashkil
etiladi.
Bunga asar, asar qismi, bob yoki bo‘lim tanlab olinadi.
Ovozli o‘qish qisqacha kirish so‘zi bilan boshlanadi. Unda
tanlangan mavzuning ahamiyati, maqsadi, asar muallifi haqida
qisqacha m a’lumot beriladi. Asarning o ‘zini o'qish uchun esa
20—25 minut vaqt qoldiriladi. 0 ‘qishning borishi faqat tanlangan
asarga emas, balki o‘quvchining imkoniyatiga ham bog‘Iiq. 0 ‘qil-
gan asarning muhokamasi muhim ahamiyatga ega. Bunda
137
www.ziyouz.com kutubxonasi
muhokamada qatnashgan kitobxonlarning fikr doirasi kengayadi,
so‘zlash va fikrlash qobiliyati o ‘sadi, tanqidiy baho berish,
mulohaza yuritish madaniyati tarbiyalanib boradi.
Bahsni awal-
dan tuzilgan savollar asosida olib borsa ham bo‘ladi. Savollarni
kitobxonning asar mazmuni, g‘oyasi, mavzusi, undagi obrazlar,
ularga munosabatini, asarning davr va kitobxon hayoti va mehnat
faoliyati bilan bog‘liqligi, asar tili haqida fikrini bilishga yo‘nal-
tiradigan darajada tuzish kerak.
Ovozli o‘qishni tayyorlashgajiddiy e ’tibor berish zarur. Asarni
o‘quvchi kutubxona xodimi yoki mutaxassis
kitobxon asarning
mazmuni, bog‘liq masalalar, asarga taalluqli qo ‘shimcha ada
biyotlar bilan tanish bo‘lishi, kitobxonlar berishi mumkin bo‘l-
gan savollarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi zarur. Tushunish mos
bo‘lmasligi ham mumkin, bunday holda kitobxonlarni o ‘z so‘-
zining, fikrining to ‘g‘riligiga ishontirishi, isbotlab berishi zarur.
Eng yaxshi fikrlami ta’kidlab o‘tish kerak. Xato fikr bildirgan,
noaniq so‘zlaganlarni to‘g‘rilashi zarur.
Zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari
kirib kelishi bilan ovozli o‘qishlar
avtomatlashtirilgan tarzda
o‘tkazilmoqda.