salbiy ta’sir ko‘rsatishi
kerak emas, aksincha, ommaviy ishlar
mazmunining kengayishiga, keng ko‘lamda olib borilishiga yor
dam berishi kerak.
Og‘zaki targ‘ibot usullari tashkilotchi bilan kitobxonlar audi-
toriyasining munosabatini ta’minlaydi, ma lum bir kitobxonlar
guruhining ijtimoiy-siyosiy, psixologik xususiyatlarini bilishga
yordam beradi. Radio, televideniya, matbuot orqali berilayotgan
axborot ma’lum bir guruhga yoki auditoriyaga m o‘ljallanmaydi.
Kutubxona tadbiri esa, biron-bir xususiyati bilan alohida guruhni
tashkil etadigan kitobxonlarni qamrab oladi va tadbirning ta’siri
va samarasini oshiradi. Auditoriya tasodifan to ‘plangan
kitob-
xonlardan iborat bo‘lmaydi, shu sababli kitobxonlarning o ‘ziga
xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tadbir tayyorlanadi va
o‘tkaziladi.
Og'zaki targ‘ibotda kutubxonachi va kitobxon munosabati
muhim o‘rin tutadi, bu kutubxona xodimidan kitobxonning
shaxsiy fikridan unumli foydalanishni talab qiladi. Bevosita targ‘ib
qilish — kutubxona ishini yaxshilash maqsadida tashkil etiladigan
tadbirlarda qoMlaniladi. Masalan, kitobxonlar konferensiyasi —
bu tadbirda ba’zi hollarda kutubxona xodimlari, kutubxona ken-
gashi ishi haqida hisobot beradi, konferensiyada ishtirok etgan
kitobxonda nutq madaniyati tarbiyalanadi, so‘zlash
qobiliyati,
esda saqlab qolish, o‘qilgan kitobga tanqidiy baho berish, tahlil
qilish ko‘nikmasi shakllanadi. Eng asosiysi, kitobxonda ko'pchi-
likka o‘z fikrini singdirish, ta’sir etish, o‘zaro muloqotga kirishish
mahorati tarbiyalanib boradi.
Kutubxonalar ommaviy ishlarni tashkil etishda mahalliy
tashkilotlar, tarbiyaviy, madaniy-ma’rifiy muassasalar, maktab-
lar, kasb-hunar kolleji va akademik litseylar, oliy o ‘quv yurtlari,
ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ish olib borsa,
ishning ta’siri yanada oshadi. Keyingi paytda kutubxonalar fao-
liyatiga fandrayzing — chetdan mablag‘ jalb qilish,
press-reliz -
OAVni jalb etish va ularga axborot tayyorlab yetkazish, Pablik
Rileyshinz
boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni o‘rnatish
usullari kirib keldi. llg‘or kutubxonalar ommaviy ishlarni tay-
yorlashda va o‘tkazishda OAVdan unumli foydalanmoqda.
132
www.ziyouz.com kutubxonasi
Boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, awalo,
ana shu mahalliy hokimiyat organlari, tashkilot va muassasalar
orasida kutubxona imijini oshirsa,
ikkinchidan, ularda kutub-
xonalarga to‘g‘ri munosabatni shakllantiradi. Ular uchun endi-
likda kutubxonaning o'rni, ahamiyati oshib boradi. Ular bilan
hamkorlikda o‘tkazilgan ommaviy tadbirlarning ta’siri, samarasi
ham boshqacha boiadi. Endilikda kutubxonaning axborotlar
markazi, ko‘rgazmalar, shoir va yozuvchilar, turli jamoat va san’at
arboblari, mualliflar bilan uchrashuvlar, jonli muloqotlar o‘t-
kazish uchun adabiy mehmonxona ekanligini,
asosiy tarbiyaviy
va ta’lim beruvchi maskan ekanligini unutmaslik zarur.
Har qanday tadbir axborot berish va ta’lim-tarbiya xarak-
teriga egadir. Tadbir davomida tanlangan yo‘nalishda kitobxon-
larga yoki aholisiga kitoblar va Internet yordamida axborot ber-
sak, ikkinchidan, ana shu tanlangan axborot asosida kitobxonga
bilim olishda yordam beramiz. Kitobxonda ijodiy ko‘nikma
shakllanadi. Jamiyat hayotida faol ishtirok etishga intilish, tan
langan mavzuga qiziqish tarbiyalanadi.
Og‘zaki tadbirlarni xarakteriga va targ‘ibot usullari hamda
vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra, kompleks tadbirlarga ham ajra-
tamiz. Bular — kitobxonlar konferensiyasi, adabiy mavzuli
kechalar,
savol-javob kechalari, og‘zaki jurnallar va boshqalar.
Bularda bir vaqtning o‘zida targ‘ibot usullarining ham og‘zaki,
ham ko‘rgazmali, ham matbuot usullaridan foydalaniladi.