Bibliografik sharhlar kutubxonalar faoliyatiga o ‘tgan asrning
20-yillarida «Jonli bibliografiya kechasi», «Retsenziyalar kechasi»,
«Kutubxonachilik o‘qishlari» nomi bilan kirib kelgan.
Bibliografik sharhlar mustaqil tadbir sifatida, boshqa tadbir-
larga qo‘shimcha tadbir sifatida ham qo‘llanilib,
uni kutubxona
xodimi yoki mavzu bo‘yicha mutaxassis kitobxon tayyorlaydi va
olib boradi. Kitobxonlar konferensiyasi, mavzuli kechalar, og‘-
zaki jurnal, kitobxon benefisi, taqdimot, og‘zaki jurnallarda sharh
keng qo'lianiladi. XX asrning so‘nggi yillarida sharhlarni televi-
deniya, radio va mahalliy gazeta-jurnal sahifalarida ko‘plab uch-
ratish mumkin edi. Hozir ham ommaviy
axborot vositalari bu
usuldan ko‘pgina tadbirlarda foydalanishmoqda.
Sharhlar uncha katta bo‘lmagan auditoriya, ya’ni 10—15 kishi
uchun aniq mavzu bo‘yicha tashkil etiladi. Sharhlar xarakteriga
ko‘ra, mavzuli va yangi adabiyotlar sharhiga bo‘linadi.
Mavzuli sharh ma’lum bir mavzuga bag‘ishlangan bo‘ladi. Uni
tayyorlash mavzuni tanlash bilan boshlanadi. Mavzuni tanlashda
kunning dolzarb masalalari, kitobxonlar qiziqishi, o‘qish maqsadi
o‘rganiladi va hisobga olinadi. Sharh muhim sanalar, yubileylar,
ijodkoryoki arboblarning tug‘ilgan kunlari, bayramlar munosabati
bilan o‘tkaziladi. So‘ngra sharh maqsadi belgilab olinadi.
Bu juda
muhim bo‘lib, unda sharhda nima haqida, kim va nima uchun
berish kerakligi aniqlab olinadi.
Mavzuni tanlashda kitobxonlar — tinglovchilar yoshi, kasbi,
mutaxassisligi, qiziqishi,
qobiliyati, imkoniyatlari, asarni qabul
qilish darajasi aniqlab olinadi va bu bilan kitobxonlar guruhini
tanlash bosqichi amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra,
axborot berish
yo‘nalishi belgilab olinadi. So‘ngra mavzuning mazmunini yori
tib berish maqsadiga xizmat qiluvchi adabiyotlar tanlanadi. Bu
lling uchun mutaxassis fikridan, maslahatidan foydalanish muhim
ahamiyatga ega.
Adabiyotlarni tanlashda bibliografik ko‘rsatkichlardan, ka
talog va kartotekalardan, mavzuli tavsiyaviy qo‘llanmalardan, ada
biyotlar haqidagi tanqidiy materiallardan va Intemetdan foydalanish
zarur. Sharh uchun adabiyotlar sonini belgilashda auditoriya tarkibi,
134
www.ziyouz.com kutubxonasi
mavzuning salmog‘i, shu mavzuga oid kutubxonada mavjud
adabiyotlar ko'lami hisobga olinadi. Agar sharh ommaviy ku
tubxona kitobxonlariga mo‘ljallansa, 5—6 ta kitob tanJab olinadi,
mutaxassis kitobxonlar uchun bo‘lsa, ko‘proq 14—15 ta adabiyot
tanlab olinadi.
Tanlangan adabiyotlarni o‘rganish va sharh matnini tayyor-
lash eng muhim jarayon. Matn kutubxona xodimiga sharhni ra-
von, ifodali va ta’sirli o‘tkazishga
yordam bersa, ikkinchidan, huj-
jat sifatida saqlanadi. Ammo sharh matni o‘qib berilmaydi.
Agar sharh biron-bir boshqa yirik tadbirga yordamchi tad-
bir sifatida o‘tkazilsa, 15—18 minut vaqt ajratiiadi, agar mustaqil
tadbir sifatida o‘tkazilsa, 20—25
minut kifoya, savollar uchun
ham vaqt qoldirish zarur.
Har qanday sharh matni uch qismdan iborat bo‘ladi: