• Yangi adabiyotlar sharhi
  • kirish, asosiy qism, xulosa




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/183
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,3 Mb.
    #237439
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   183
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    kirish,
    asosiy qism, xulosa.
    Kirish qismining maqsadi kitobxonlarni 
    sharhni tinglashga tayyorlash, sharhning maqsadi, mavzusi, 
    dolzarbligi, uning ahamiyati va mohiyatini tushuntirish. Asosiy 
    qismda adabiyotlar haqida alohida-alohida hikoya qilinib, tan­
    langan har bir adabiyotga ta’rif beriladi. Bunda har bir kitobning 
    o‘rni, ahamiyati, undagi asosiy masalalar, ularning yechimi, 
    yoritilish uslubi, bahsga sabab boiuvchi joylari, badiiy asar 
    bo‘lsa, uning mavzusi, g‘oyaviy-badiiy qimmati, asosiy qah- 
    ramonlari, tili, badiiy uslubi haqida hikoya qilinadi. Kitobxonlar 
    diqqatini shu asar haqidagi tanqidiy materiallarga qaratish za­
    rur. Lekin asar haqida toMiq gapirib berish shart emas, bu kitob- 
    xonda o ‘qishga intilishni so‘ndiradi. Badiiy asarnig biror-bir 
    parchasini o‘qib berish sharhning ta’sirini oshiradi.
    Xulosada sharhga yakun yasaladi, tanlangan mavzu bo‘yicha 
    boshqa bibliografik materiallar yoki qo‘shimcha adabiyotlar, 
    ularning joyi haqida ma’lumot beriladi. 
    Yangi adabiyotlar sharhi
    universal mazmunda bo‘lib, kutubxonaga ma’lum bir davrda kelib 
    tushgan yangi adabiyotlar haqida axborot beradi, kitobxonlarni 
    ular bilan yaqindan tanishtiradi. Bunday sharhni tayyorlashda 
    jamg‘armaga qabul qilingan adabiyotlar orasiga qayta nashr etilgan 
    adabiyotlar borligini ham hisobga olish zarur. Bular kitobxon
    135
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    uchun yangilik emas, ammo yangi kelgan ilmiy jurnallar va 
    to‘plamlar bo‘yicha ham alohida sharh beriladi.
    Yangi adabiyotlar sharhi keng kitobxonlar uchun tavsiyaviy 
    xarakterda, mutaxassis kitobxonlar uchun axborot xarakterida 
    bo‘ladi. Yangi adabiyotlar sharhi adabiyotlar koiam ining kengligi 
    bilan ajralib turadi. Sharhda har bir adabiyot haqida keng sharh 
    berish shart emas, balki kitobning ilmiy yoki badiiy qimmati haqida 
    aniq va qiziqarli ma’lumot berish zarur. 25—30 minut vaqt davomida 
    kutubxonachi 20—25 ta kitob haqida ma’lumot berishi shart. Yangi 
    adabiyotlar sharhi ham 3 qismdan iborat bo ‘ladi. Kirish qismida 
    kutubxonaga qancha vaqt mobaynida qanday adabiyotlar kelib 
    tushgani, sharhda qaysi yo'nalishdagi adabiyotlar haqida ma’lumot 
    berilishi aytiladi.
    Tanlangan adabiyotlar biron-bir xususiyatlariga ko‘ra, gu- 
    ruhlarga ajratiladi. Adabiyotlar haqidagi hikoya aniq va qisqa 
    bo‘lishi shart. Badiiy asarlar haqida to‘liq hikoya qilib berish shart 
    emas, bu kitobxonda adabiyotni o‘qimasam ham bo‘lar ekan, 
    degan tasawur qoldiradi, unda o‘qishga intilish va qiziqishni 
    so‘ndirib qo‘yadi. Yangi adabiyotlar sharhi ko'proq tavsiyaviy 
    suhbatga ham o‘xshab ketadi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   183




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish