• Instruktiv-metodik plakatlarning
  • Kutubxona plakatlarini tayyorlash va shakllantirish metodikasi
  • Bir kitobni tavsiya etuvchi plakatlar




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/183
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,3 Mb.
    #237439
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   183
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Bir kitobni tavsiya etuvchi plakatlar
    keyingi paytda lceng qo‘l- 
    lanilmoqda. I.A. Karimov asarlarini, turli sessiyalar materiallari 
    to ‘plamlarini, dunyoga mashhur asarlarini targ‘ib qilishda, bir 
    asar yuzasidan o‘tkaziladigan kitobxonlar konferensiyasi, uch- 
    rashuvlar va davra suhbatlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 
    qo‘llaniladi. Plakatning birinchi qismida mavzu haqida, konfe- 
    rensiyaning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida ma’lumot beriladi. 
    Axborot ro‘yxatlari alohida xat jildlarida, kartochkalarda, varaqada 
    berilishi mumkin.
    Instruktiv-metodik plakatlarning
    maqsadi kitobxonga kutub­
    xona fondidan, katalog va kartotekalardan, Internetdan, elektron 
    pochtadan, bibliografik qo‘llanma va ko‘rsatkichlardan foydalanish 
    qoidasini o‘rgatishdan iborat. Bunday plakatlar kitobxonda o'qish 
    madaniyatini tarbiyalash, o ‘qish ko‘nikmasini shakllantirish, 
    estetik didini tarbiyalash, kitobga va kutubxonaga to ‘g‘ri va ongli 
    munosabatda bo‘lish odatlarini singdirishda muhim ahamiyatga ega.
    Bolalar kutubxonalarida «kasal» kitoblarni «davolash», ta’mir- 
    lash qoidalarini o‘rgatuvchi plakatlar keng qo‘llaniladi.
    Kutubxona plakatlarini tayyorlash va
    shakllantirish metodikasi
    Barcha ommaviy tadbirlarga qo‘yiladigan talablar plakatlarga 
    ham taalluqli. Kitobxonlarga eng yaxshi adabiyotlarni targ‘ib 
    qilish, ularga yangi adabiyotlar haqida tezkorlik bilan m a’lumot 
    berish uning asosiy vazifasi. Plakat shu kunning muhim voqealari
    128
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    haqidagina ma’lumot berib qolmasdan, balki shu mazmundagi 
    adabiyotiarning o‘qilishiga erishishdan iborat. Shuning uchun 
    plakatlar aniq va yorqin bo‘lishi zarur. Ko‘rgazmada 6—8 ta kitob 
    taig‘ib etiladigan bo‘lsa, ko‘plik qiladi. Shuning uchun plakat mavzusi 
    aniq va tor bo‘ladi. Plakat uchun katta, umumiy mavzular olinishi 
    maqsadga muvofiq emas. Agar plakat bir shoir yoki yozuvchining 
    hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bo‘lsa, bunda ijodkor faoliyatining 
    bir qirrasi olingani m a’qul. Masalan, «Abdulla Qahhor — mohir 
    hikoyanavis», «Ogahiy lirikasi» va h.k.
    Plakatda obrazlilik va emotsional holat muhim o‘rin tutadi, 
    ranglar vositasida kitob targ‘ib qilinadi. Bu birinchi galda kitob- 
    xorming ko‘rish organlariga ta’sir qiladi. Shuning uchun plakatni 
    shunchaki tayyorlash kerak emas, balki unda o‘ylab, mohirlik va 
    san’atkorona hozirlik ko‘rish talab etiladi.
    Plakatni tayyorlayotgan shaxs, awalo, kitobxon e’tiborini jalb 
    etish vazifasini bajarsa, ikkinchidan, unda targ‘ib qilinayotgan 
    kitobni olib o‘qishga ishonch hosil qilishi kerak. Plakat mavzusini 
    tanlashdan to uni shakllantirishgacha bo‘lgan jarayon shunga 
    qaratilishi lozim.
    Plakatni tayyorlash mavzuni tanlash bilan boshlanadi. Mavzuni 
    tanlashda shu kunning muhim voqealari, kitobxonlar qiziqishi, 
    o‘qish maqsadi hisobga olinadi. So‘ngra mavzuni yoritib beruvchi 
    materiallar tanlanadi. Bularga kitob muqovasining ko‘rinishi, 
    rasmlar, matnlar, annotatsiya yoki referat matni, chizmalar, 
    jadvallar, bo‘yoq yoki boshqa tasvir vositalari tanlanadi. Har bir 
    tanlangan material mavzuni ochib berishga xizmat qilishi kerak. 
    Ayrim asarlarga ishlangan illustrativ materiallardan foydalanish 
    ham uning mazmunini ochib berishga yordam beradi.
    Plakatda mazmunni yoritib berishda asosiy rang — fon muhim 
    o‘rin tutadi. Fon asar mazmunining mohiyatiga, g‘oyasiga mos 
    bo‘lishi zarur. Qolgan qo‘shimcha ranglar peyzajlami ochib berishga 
    xizmat qiladi. Yashil rang tabiat, «Navro‘z» bayrami, yoshlik, 
    bahor mavzusidagi plakatlarda, ko‘k yoki havo ranglar koinot, 
    yeming sun’iy yo‘ldoshlari haqidagi plakatlarda, sariq, jigarranglar 
    esa paxtachilik, bog'dorchilik, chorvachilik, tuproqshunoslik 
    masalalariga oid plakatlarda ko‘proq qo'lianiladi. Har bir rang
    9
    -
    403
    129
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    mavzuni yoritib berishga xizmat qiladi, kitobxonda estetik didni, 
    ranglargato‘g‘ri munosabatni shakllantirishda yordam beradi.
    Plakatda adabiyotlarni aks ettirish turli xil usulda olib boriladi. 
    Kitob muqovasini berishdagi bitta kamchilik shundaki, targ‘ib 
    etilishi mumkin bo‘lgan hamma kitob muqovasining ko‘rinishi 
    sig‘maydi, shuning uchun ko‘proq muqovaning ko‘rinishi kich- 
    raytirib beriladi. Adabiyotlar ro‘yxatihi alohida varaqlarda, xat 
    jildlarda, kartochkalarda berish mumkin. Bu mavzu bo‘yicha bir 
    qancha adabiyotlarni ko‘rsatish imkonini beradi. R o‘yxatlarda, 
    albatta, bibliografik tavsif qoidalariga amal qilish zarur. Adabiyot- 
    larni joylashtirish aniq bir tamoyil asosida amalga oshiriladi.
    Plakatda beriladigan matnlar juda m uhim ahamiyatga ega. 
    Plakat sarlavhasi mavzu mazmunini yoritib berish darajasida 
    qisqa, aniq bo‘lishi kerak. Ba’zan plakatning mavzu matni 
    yarmidan ko‘prog‘ini egallaydi. Bu noto‘g‘ri. Kitobxonga aniq, 
    qisqa, kitobning xususiyatini ochib beruvchi, u yoki bu hodisaning 
    mohiyatini yoritib beruvchi matnlar m a’qul b o ‘ladi. Plakat 
    mavzuning asosiy mazmunini, ma’nosini yetkazib berishi kerak. 
    Har bir matn boiagi, har bir fikrda ortiqcha so‘zlar yoki kamchilik, 
    lmloviy xato bo‘lishi mumkin emas. Rasmlarga, suratlarga, boshqa 
    illustrativ materiallarga izohlar ham aniq va qisqa bo‘lishi talab 
    etiladi. Agar illustrativ materiallar mazmunan yetarli bo‘lsa, unga 
    izoh berilishi shart emas. Sarlavhaning ko‘rinishi, yozilishi ham 
    muhim ahamiyatga ega. Sarlavha 3 ,6 - 7 sm kattalikda bo'lib, 
    harflar aniq, sodda, mavzuning mazmuniga mos holda tanlanishi 
    zarur.
    Ijtimoiy-siyosiy, jiddiy mavzudagi sarlavhalar sodda va oddiy 
    bosma shriftda, Sharq va Afrika mamlakatlariga, mumtoz ada- 
    biyotimizga oid mavzularning sarlavhalari arab harflari ko‘rini- 
    shida beriladi. Sarlavha ko‘rinishi va boshqa matnlar ham juda 
    mayda bo lmasdan, kitobxon o‘qishi uchun qulay va tushunarli 
    bo lib, kitobxonni plakat yonida uzoq tutib qolmasligi, uni zerik- 
    tirib qolmasligi talab etiladi.
    Plakat ко rgazmaga ko‘ra, jonli so‘z yordamida tushunti- 
    nshga muhtoj. Plakatning joyi ham muhim. U ko‘zga ko‘rinarli, 
    yorug , kitobxon foydalanishi uchun qulay joyga osilishi lozim.
    130
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Plakatlardan kitobxonlar konferensiyasi, bibliografik sharhlar, 
    ovozli o‘qishlar va uchrashuvlar, davra suhbatlarini tayyorlash va 
    o‘tkazish jarayonida foydalanilsa, o ‘sha tadbirning ta’sirini, sa- 
    marasini oshirishda yordam beradi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   183




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish