tanlangan
mavzu nomi, uning bo‘limlari, qo‘yilishi kerak
bo‘lgan fikrlar,
iqtibos va boshqa materiallarning o‘rni ko‘rsatiladi.
Sarlavha va
boshqa bo‘limchalar nomini yozish uchun tanlangan
bo'yoqlar
121
www.ziyouz.com kutubxonasi
ham, harflarning yozilish tartibi, katta-kichikligi ham belgilanadi.
Tanlangan har bir material — iqtibos, fikr, rang, suratli mate-
riallar, tasviriy san’at asarlari yoki boshqa predmetlar ко rgazma
mazmunini boyitishga xizmat qilishi kerak. Ba zida ко rgazma
mazmuniga mos eksponatlarni ham ishlatish mumkin, masalan,
gulchilikka oid ko‘rgazma bo‘lsa, targ‘ib etilayotgan asarlarda tilga
olingan gullarning namunalarini ham namoyish etish ayni mud-
daodir.
Hunarmandchilikka oid adabiyotlar ko‘rgazmasiga shu hunar
ustalarining ishlaridan namunalar qo‘yish ko‘rgazmaning ta’sirini
oshiradi.
Ko‘rgazmaning maqsadiga, xususiyatiga, kitobxonlar xusu-
siyatlariga ko‘ra, adabiyotlarning joyi belgilanadi. Mavzuga ko‘ra,
awal rahbarlik materiallari, keyin bilim sohalari bo‘yicha ada
biyotlar, so‘nggida badiiy adabiyotlar qo‘yiladi.
Ko‘rgazmadagi o‘rni belgilanayotganda ularning mazmu-
nan ketma-ketligiga, mantiqan bir-birini davom ettirishi va
to‘ldirishiga e’tibor berish lozim. Ko‘rgazmani shakllantirish,
bezash ham muhim bosqich. Ko‘rgazmaning bezatilishi, unda
berilgan ranglar ham, harflarning katta-kichikligi ham, yozilishi
ham kitobxon e’tiborini tez jalb qiladi. Tanlangan materiallar
haddan tashqari ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ko‘rgazmaning did bilan bezatilishi kitobxonga estetik zavq
beradi, ularning ma’naviyatiga ta’sir etadi, kitobxon e’tiborini
ko‘rgazmaga tezroq jalb etishga xizmat qiladi. Ko‘rgazmalarning
ko‘rinishi bir-biridan farqlanishi, bir-birini takrorlamasligi ke
rak. Sarlavha, ruknlar nomi, fikr va boshqa materiallar ham bir
xil yo‘nalishda mavzu mazmuniga mos ko‘rinishda yozilishi zarur.
Har bir vitrinada material chapdan o ‘ngga qarab joylashtiri-
ladi, ranglar ham mavzu mazmuniga mos tanlanadi. Sharq
mamlakatlari hayotiga, mumtoz adabiyotga oid ko‘rgazmalarda
ko‘proq arab yozuvi ko‘rinishidagi yozuv tanlanadi. Siyosiy
mavzular yoki siyosatshunoslik va boshqa jiddiy mavzularda od-
diy bosma yozuvi va jiddiy ranglar qo‘llanadi. Tabiat manzara-
lari, qishloq xo‘jaligi masalalariga oid ko‘rgazmalarda jigarrang,
yashil ranglar tanlanadi.
122
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ko'rgazmani shakllantirgandan keyin uni targ‘ib qilish za
rur. Ко‘rgazma haqida radio va televideniya, mahalliy vaqtli mat-
buot yoki taklifnomalar orqali xabar qilish kerak. Kitobxonlar
e’tiboriga yaqin joylarga e’lon va xabarlar berib borish mumkin.
Ko‘rgazmani ochish marosimidagi kirish so‘zida ko‘rgazma-
ning mavzusi, uning dolzarbligi, vazifasi, maqsadi, kimlarga mo‘l-
jallangani haqida aytiladi. Ko‘rgazma yonida suhbatlar, sharhlar
tashkil etiladi. Bu ko‘rgazmaning ta’smni, unumdorligini oshiradi.
Yirik kutubxonalarda ko‘rgazma yonida alohida kutubxona xo-
dimlari ish olib boradi. Ular ko‘rgazmadan foydalanish, ada-
biyot tanlash, kitob o‘qish qoidasi va o‘qish madaniyatining boshqa
ko‘rinishlari bo‘yicha maslahatlar berib borishadi.
Kitobxonlar savollariga javob beradi, yakka tartibda kitoblar-
ning sharhini berib boradi. Kitoblar orasiga maxsus varaqa qo‘-
yiladi, unda kitobxon kitobni o‘qish istagini, fikr-mulohazalarini
yozib qoldiradi. Kutubxonachi shunga ko‘ra, kitobxonni kitob
o‘qish uchun navbatga qo‘yadi. Ayrim kutubxonalarda ko‘rgazma
yoniga mulohazalar daftari qo‘yiladi. Kitobxonlar o‘zlarining
ko‘rgazma haqidagi fikr-mulohazalarini, talab va istaklarini yozib
qoldiradilar. Ko‘rgazma mavzusiga oid mavzuli kartoteka ham tu-
zib qo‘yilsa va ko‘rgazmaga ilova qilinsa, yaxshi bo‘Iadi. Bu kar-
totekada mavzuga oid ko‘rgazmaga qo‘yiImagan boshqa ada
biyotlar haqida ma’lumotlar ham berib boriladi.
Ko‘rgazma harakatini tugatgandan so‘ng u rasmiylashtiriladi,
ya’ni ko‘rgazmaning mavzusi, unda aks ettirilgan materiallar
xarakteri, bibliografik m a’lumotlar, ko‘rgazma yonida olib bo-
rilgan yakka va guruhli ishlar, ko‘rgazmaning kitobxonlarga ta siri,
undan foydalanish darajasi, harakatdagi vaqti ko‘rsatiladi. Ко r-
gazma mavzusiga oid adabiyotlarning ungacha va ко rgazma ha-
rakati davomida o‘qilishini tahlil qilish ko‘rgazmaning samarasini
o‘rganish imkonini beradi.
Xullas, mavzuli ко‘rgazma bilan ish olib borish murakkab va
mas’uliyatli bo‘lib, kutubxonachidan bilimdonlikni, diqqat-
e’tiborni, ijodkorlikni va mahoratni, notiqlik san atini talab etadi.
Ko‘rgazmali targ‘ibot usullari og‘zaki targ‘ibot usullari bilan bir-
galikda va hamkorlikda olib borilsa, yanada ko‘proq samara beradi.
123
www.ziyouz.com kutubxonasi
|