Biror shaxsga, shahar yoki mamlakatga bag‘ishlangan, shonli
va muhim sanalar, bayramlar munosabati bilan tashkil
etiladigan
ko‘rgazmalarda suratli materiallardan foydalanish alohida aha-
miyat kasb etadi.
3.
Suratli k o ‘rgazmalar —
faqat suratlardan, rasmlar,
port-
retlar, xarita yoki chizmalardan iborat bo‘lib, maxsus san’at
bo‘Umiga ega bo‘lgan kutubxonalarda tashkil etiladi.
Bunday
ko‘rgazmalar kitobxonlarni
estetik ruhda tarbiyalash, ularning
did-farosatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, go‘zallikni targ‘ib qilish,
adabiyotlar o‘qilishining oshishida yordam beradi.
4.
Notali nashrlar ко ‘rgazmasi
— asosan, musiqa boiim larida
tashkil etiladi. Maqsadi — notali nashrlarni targ‘ib qilish. Bunday
ko‘rgazmalar bastakorlarning tavallud topgan kunlari,
yoshi
bo‘yicha muhim sanalar munosabati bilan ham tashkil etiladi.
Ko‘rgazmalar harakatidagi vaqtiga ko‘ra, uzoq muddatli, doi-
miy va vaqtinchalik ko‘rgazmalarga ajratiladi.