• Mavzuli kitob ко ‘rgazmasini tayyorlash metodikasi.
  • Uzoq muddatga mo ‘Ijallangan ко ‘rgazmalar




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/183
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,3 Mb.
    #237439
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Uzoq muddatga mo ‘Ijallangan ко ‘rgazmalar
    — shu kunning 
    muhim siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy muammolariga 
    bag‘ishlanadi. Shahar yoki mamlakatlarning tarixiga oid o‘lka- 
    shunoslik xarakteridagi ko‘rgazmalar, o‘quv jarayoniga va mus­
    taqil bilim olishga yordam beruvchi ko‘rgazmalar ham shunga 
    misol bo‘ladi. Ularda sarlavha o‘zgarmaydi, ammo vaqt-vaqti bilan 
    adabiyotlar yangilanib turilishi kerak.
    Doimiy kitob ko‘rgazmalari — doimo mazmuniga, maqsadiga 
    ko‘ra, o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan ko‘rgazmalar. Masalan, 
    «Istiqlolim — faxrim mening», «Mustaqil 0 ‘zbekiston — ona- 
    yurtim», «Ma’rifat — istiqlol mash’alidir», «Shahrim — matbuot 
    sahifasida», «Talabalar ijodidan» kabilar.
    Doimiy kitob ko‘rgazmalarida ham sarlavha o ‘zgarmaydi, 
    ammo muntazam ravishda adabiyotlar, tasviriy san’at vositalari 
    yangilanib turiladi.
    Qisqa muddatli ko‘rgazmalar, mazmuniga ko‘ra, tezda aha­
    miyatini yo‘qotadigan mavzulargabag‘ishlanadi. Bular bayram­
    lar, sanalar, yubileylar, unutilmas kunlar munosabati bilan 
    tashkil etiladi. Navro‘z bayrami, 0 ‘qituvchilar va murabbiylar
    120
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    kuni, G ‘. G ‘ulomning 100 yilligi, A. Qahhorning 100 yilligi va 
    boshqa munosabat bilan.
    Mavzuli kitob ко ‘rgazmasini tayyorlash metodikasi.
    Katalog, 
    kartoteka, tavsiya ro‘yxatlari, bibliografik sharhlarga nisbatan 
    kitob ko‘rgazmasining kuchi va ta’siri samaraliroqdir. Chunki, ki­
    tob ko‘rgazmasi har qanday kitobxon diqqatini tez jalb qiladi. 
    Shuning uchun ko‘rgazmani awaldan o‘ylab, reja asosida, biron- 
    bir maqsadga qaratilgan yo‘nalishda tayyorlash zarur. Bu kutub­
    xona xodimidan yoki tashkilotchidan katta tayyorgarlikni, ma- 
    horatni, malakani talab etadi.
    Ko‘rgazmani tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: mav- 
    zuni va kitobxon guruhini aniqlash, ko‘rgazmaning rejasini ishlab 
    chiqish, adabiyotlarni to ‘plash va tartibga solish, iqtibos, fikrlar, 
    suratli va boshqa materiallarni to ‘plash, ko‘rgazmani shakllanti- 
    rish, rasmiylashtirish.
    Ko‘rgazma mavzusini belgilashda bugungi kun talablari, mu- 
    him voqealari, sanalar, dolzarb muammolar, vazifalar, mamlakati- 
    mizning siyosiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotdagi masa­
    lalari, kutubxona faoliyatidagi asosiy yo'nalishlar, kitobxonlar- 
    ning qiziqishlari, ehtiyojlari, o‘ziga xos xususiyatlari hisobga oli- 
    nadi. Kitobxon guruhini aniqlash muhim ahamiyatga ega. 
    Ko‘rgazmaga qo‘yilayotgan adabiyotlarning ko‘lami, nashr 
    xarakteri, turlari, qaysi tildaligi kitobxonlar xususiyatlariga bog‘liq. 
    Agar ko‘rgazma mutaxassis kitobxonlar uchun bo‘lsa, ko‘proq 
    ilmiy va ishlab chiqarish xarakteridagi adabiyotlar, ma’lumot 
    nashrlari qo‘yiladi. Uy bekalari uchun bo‘lsa, ularning bo‘sh vaqtini 
    unumli o‘tkazishga, umumiy bilim saviyasini oshirishga yordam 
    beruvchi ilmiy-ommabop adabiyotlar, bolalar tarbiyasiga oid 
    adabiyotlar keng qo‘llaniladi. Talabalar uchun mo'ljallangan 
    ko‘rgazmada, ko‘proq o‘quv jarayonlari, o‘quv dasturlariga bog‘- 
    liq adabiyotlar qo‘yiladi. Mustaqil bilim oluvchi kitobxonlar uchun 
    ularning qiziqishlari va ehtiyojlari asosida materiallar tanlanadi.
    Tanlangan materiallar o‘rganib chiqiladi. Rejada 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uzoq muddatga mo ‘Ijallangan ко ‘rgazmalar

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish