bo‘lgandagina jahon miqyosida o‘z o‘rniga,
kuch va qudratiga ega
bo‘ladi. Ayniqsa, yangi taraqqiyot yo‘liga chiqib olgan 0 ‘zbekiston
uchun bu juda muhimdir.
Xalqimizning asl maqsadi — ozod va obod Vatan, erkin va
farovon hayot qurishdan iborat. Buning uchun muhim bo‘lgan
milliy g‘oyani va mafkurani shakllantirish, uning hayotimizdagi
o‘rnini
belgilash, uning ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini yara-
tish, mafkuraviy tarbiya yo‘nalishlarini ishlab chiqish sohasidagi
yangicha qarashlar I.A. Karimov asarlarida to‘la berilgan.
Bu masalalarni hal etuvchi komil insonni voyaga yetkazishda
muhim bo‘lgan barcha tarbiyaviy muassasalar, inson tarbiyasi bilan
bog‘liq shaxslar, tashkilotlar, oila, mahalla alohida o‘rin tutadi.
Ana shu muassasalar orasida inson tarbiyasida asosiy vosita, bilim
manbayi — kitob bilan bevosita ish olib boruvchi kutubxonalar,
AKM juda katta o ‘rin tutadi. Chunki,
insoniyat taraqqiyotidan,
jamiyatlar rivoji tarixidan shu narsa ma’lumki, har bir davrda
kitob muqaddas ma’naviy boylik sifatida e’zozlangan. Zero, ki-
tobsiz inson kamolini tasawur etib boimaydi.
Kitobni o ‘z kitobxoniga yetkazib berish, kitobxon bilan ish-
lash, unga eng zarur kitobni topib berish, adabiyotlar haqida o‘z
vaqtida ma’lumot berib borish juda mas’uliyatli va nozik soha.
Kutubxonada ommaviy ishlarning usullari ko‘proq kitobxonlar
bilan olib borilayotgan yakka tartibdagi ishga bog‘liq.
Kitobxon
bilan yakka tartibda ishlash jarayonida kitobxonning o‘ziga xos
xususiyatlari o ‘rganiladi, uning shaxsiy qiziqishi, bilim saviyasi,
dunyoqarashi, o ‘qish maqsadi, mehnat faoliyati, oilaviy muhiti,
o‘qish uchun ajratgan vaqti, uning qiziqishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillar, kitobning ta’siri, o‘qish
madaniyati darajasi, kitobga,
kutubxonaga munosabati o‘rganiladi va shunga ko‘ra, kitobxon bi
lan bundan keyingi ish usullari tanlab olinadi.
Har qanday ommaviy ishni tashkil etish jarayonida tadbir
mavzusi bo'yicha har bir kitobxon bilan suhbat o'tkaziladi, tad-
birda ishtirok etishi mumkin bo'lgan kitobxon aniqlanadi, ularga
maslahatlar uyushtiriladi, so‘zga chiqishga tayyorlaydi, ularning
bildirishi mumkin bo‘lgan fikrlarini tartibga soladi, ravon va chi-
royli so‘zlashga o‘igatadi. Masalan, kitob ko‘rgazmasi
yonida yakka
X - 403
113
www.ziyouz.com kutubxonasi
va guruhli tartibda suhbat o‘tkazadi, har bir asar yoki axborot
materiali haqida ma’lumot bcriladi, uning mazmunini tushunib
olishga yordam beradi.
Axborotni berish usuliga ko'ra ommaviy ishlarni quyidagicha
ldassifikatsiya qilish mumkin:
•