rahbarlik qilish istiqboli qisqacha yozib boriladi. Ba’zan faqat bir
kitobxonga xos fazilatlar ham berilishi mumkin.
Kitobxon bilan suhbat ko‘lami, mazmuni, yo‘nalishi kitob-
xonning tayyorgarlik darajasiga, kitobxonlik tajribasiga ham bog‘liq.
Masalan, qiziqishi aniq, tayyorgarligi bor kitobxonga kutubxonachi
aynan shu kutubxona fondi qanday joylashganligini tushuntirib
berish bilan birga, uning tfiqqatini mutaxassislikka oid adabiyotga
jalb etadi, m a’lumot-bibliografiya apparati bilan tanishtiradi.
Tayyorgarligi kam boMgan kitobxonga esa bo limlar qanday
joylashganligini ko‘rsatish bilan birga, ulaming mazmuni, kichik
bo'limlari, har bir boMimchaning qanday masalalarga bag‘ish-
langanini so‘zlab berishi kerak. Shuningdek, ayrim kitoblarni
ko‘rsatishi, ular haqida serzlab berishi, ularni o‘qish uchun tavsiya
etishi mumkin. 0 ‘tkazilgan birinchi suhbat haqida kitobxon
formulariga belgi qo‘yiladi va so‘rab ulgurmagan savollar eslatib
o‘tiladi.
Tavsiya etilayotgan adabiyot haqidagi suhbat faqat bir kitob
xon bilan ham, bir guruh kitobxon bilan ham o‘tkaziladi. Muta-
xassis xodim kitobxonga tavsiya qilish uchun kitob tanlayotganida
uning tarbiyaviy ta’siriga e ’tibor qiladi. U kitobxon uchun eng
dolzarb, foydali va qiziqarli kitoblar tanlashga intiladi. Ayniqsa,
bolalar bilan ishlaganda yangi axborotlar, veb-saytlar haqida so zlab
berish, so‘zlaganda ham kitobxonni qiziqtiradigan, jalb etadigan
darajada gapirib berish zarur. Kitobdagi qiziq bir epizodni so zlab
berish, asardan parcha qo‘yib berish, veb-sahifalarni birgalikda
ko‘rish, ularni tavsiya qilishda amaliy ahamiyatini ta kidlash lozim
bo‘ladi.