1. 0 ‘zbekiston kutubxonalarining tip va turlari haqida nimalarni
bilasiz?
2. Milliy kutubxonaning o‘ziga xos xususiyatlari va vazifalari nimada?
3. Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi va FA tizimidagi ilmiy
tekshirish institutlari kutubxonalarining ahamiyati qanday?
4. Ta’lim muassasalarining ARMlarini bayon eting.
5. Xalq ta’limi tizimidagi ARMlari haqida nima bilasiz?
6. Kasaba uyushmalari kutubxonalari haqida so'zlang.
7. Imkoniyati cheklangan kitobxonlarga qanday axborot-kutubxona
xizmati ko'rsatiladi?
8. Shaxsiy kutubxonalar borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
uchun savollar
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 - b o ‘lim.
KITOBXONLAR BILAN ISHLASH
4-bob.
AKM VA ARM LARD A KITOBXONLAR
QIZIQISHINI 0 ‘RGANISH, UNING MAQSADI,
VAZIFALARI, ULAR BILAN YAKKA TARTIBDA
ISHLASH USULLARI
2006-yil 20-iyunda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan
«Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil
etish to‘g‘risida»gi Qarorda axborot-resurs markazlarining asosiy
vazifasi etib o'quvchilarning hamda aholining zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va
mustaqil ravishda ta ’lim olishiga ko‘maklashish, ...kamol topgan
shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib berish vazifasi
qo‘yildi. Axborot-kutubxona muassasalari bu vazifalarni amalga
oshirish uchun har bir kitobxon bilan yakka tartibda ish olib
borishi, ishning turli usullaridan foydalangan holda ularning
qiziqishini, talab va ehtiyojlarini maqsadli o‘rganishlari, shunga
ko‘ra, sifatli va samarali axborot-kutubxona xizmatini tashkil
etishlari lozim. Chunki, har bir kitobxon o‘ziga xos individual
xususiyatlarga ega. Kitobxonning axborotga va bilimga bo‘lgan
intilishi, talabi kundan kunga oshib, ko‘p qiiTalik kasb etmoqda.
Kitobxonlar qiziqishini o‘rganishning maqsadi unga samarali
axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish, uning qiziqishini kengay-
tirish, o‘qish jarayonini to ‘g‘ri tashkil etishiga yordam berish,
kitobxonning qiziqishini, talabini to‘g‘ri va aniq belgilab olgan
holda uning ijodiy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga yordamlashish,
kitobxonning shaxs sifatida kamol topishiga ta’sir etadigan tarixiy,
ilmiy, madaniy, ma’rifiy jihatdan ahamiyatli adabiyotlar o‘qishini
tashkil etish, dunyoqarashini kengaytirish, kitob o‘qishga ijodiy
munosabatini shakllantirishdan iborat. Kitobxon qiziqishini
o‘rganishda uning kasb-korini, ma’lumot darajasini, o‘qishidan
maqsadini, o ‘qish mazmunini, yoshi, oilaviy ahvoli, qanday
85
www.ziyouz.com kutubxonasi
jamoatchilik ishlari bilan shug‘ullanishini, o ‘qish texnikasiga
munosabatini, o ‘qish madaniyati darajasini bilish lozim.
Kitobxon qiziqishi hayot tarzi, oilaviy muhit, do‘stlar, mehnat
faoliyati, darsda o‘tilayotgan mashg‘ulotlar, o‘qituvchining ta’siri,
hayotiy voqealar, hodisalar, o ‘qilgan kitoblar haqidagi suhbatlar,
o‘zaro fikr-mulohazalar ta’sirida o‘zgarib, chuqurlashib va kengayib
borishi mumkin. Bunda uning qabul qilish, tushunish, fikrlay va
mulohaza qila bilish qobiliyati katta o‘rin tutadi. Shu sababli,
kitobxondagi o‘zgarishni kuzatib, yangi qiziqishni to‘la qondirishga
yordam berish, qiziqishni kengaytirib borishga ko‘maklashish kerak.
Mutaxassis xodim kitobxonni va uning qiziqishini bilibgina
qolmasdan, har bir kitobning ahamiyatini, uning kitobxonga
ta’sirini, aynan shu kitobning qaysi kitobxonga zarurligini va tav-
siya qilish mumkinligini aniqlashi uchun kitoblarni yaxshi bilishi
muhim ahamiyatga ega. Hind kutubxonashunos olimi Rangana-
tan aytganidek, har bir kitobxonni va har bir kitobni bilish
kitobxon bilan yakka tartibda ishlashning asosini tashkil etadi.
Ya’ni, har bir kitobning o‘z kitobxonini aniqlash, har bir ki
tobxonga o‘z kitobini tavsiya etish kutubxona xodimidan katta
psixologik mahoratni, pedagogik qobiliyatni, yuqori malakali bi-
limni talab etadi. Shundagina, juda katta axborotlar olamidan,
bilimlar ummonidan kitobxonga eng kerakli durni — bilimni topib
bergan bolamiz. Shu bilan birgalikda, kitobxonni ana shu bilimlar
xazinasidan foydalana olishga o‘rgatamiz.
Kitobxonlar bilan yakka tartibda ishlashning yana bir maqsadi
kitobxon o‘qishini tashkil etish, unga rahbarlik qilish. Kitobxon
bilan yakka tartibda ishlash kundalik va alohida e’tiborni talab eta-
digan mas’uliyatli jarayondir. Bu jarayonda mutaxassis xodim har
bir kitobxon bilan ishlash rejasiga ega bo‘lishi zarur: yangi kelgan
kitoblar haqida ma’lumot berish, Internetdan foydalanishgacha
maslahat berishdan iborat. Buning uchun mutaxassis xodim har
bir kitobxonning o‘qish maqsadini, unga nima zarurligini, uning
о qish madaniyatini, kompyuter savodxonligi darajasini aniqlab
olishi zarur. Shunga ko‘ra, kitobxon bilan olib boriladigan ish
ко lamini, usulini belgilab oladi. Kitobxon bilan yakka tartibda
ishlash о zining barcha yo‘nalishlari bilan kutubxonaning asosiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
vazifasi — o ‘qishga rahbarlik qilish, kitobxonning mustaqil bilim
olishini tashkil etishga qaratilgan.
Kutubxonashunoslik amaliyotida yakka tartibda ishlash jarayo-
nini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida kitobxonlik tayyorgarligiga ega
bo‘lgan, kitobxonlik tayyorgarligi kam, tayyorgarligi bo‘lmagan
kitobxonlar guruhiga ajratilib yondashish odat bo‘lib qolgan.
Tayyorgarligi bo‘lgan kitobxon o‘zi foydalanuvchi kutubxona
haqida, uning bo‘limlari va ularning vazifalari, qay paytda kimga va
qaysi bo‘limga murojaat qilish mumkinligini, kompyuterdan
foydalana olish qobiliyatiga ega bo'lgan, Internet resurslaridan
foydalana oladigan, o'ziga kerakli ma’lumotni mustaqil topa oladigan,
kutubxonadagi bibliografik axborot resurslaridan foydalana oladigan,
kutubxonada o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish bilan mustaqil
fikr-mulohaza bildira oladigan kitobxondir. U bilan yakka tartibda
ish olib borish jarayonida faqat yangiliklar haqida axborot berish,
ma’lumot-bibliografiya xizmati ko‘rsatish, ayrim kitoblarni tavsiya
etish bilan cheklanish mumkin.
Tayyorgarligi kam bo‘lgan kitobxon foydalanuvchilar bilan
ishlaganda mutaxassis xodimning asosiy harakati kitobxonga o‘qish
madaniyatini, kompyuter texnologiyasidan foydalanish ko‘nik-
masini, mustaqil ishlash malakasini singdirish, ma’lum bir mavzu
va masalalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga qaratilgan
bo‘ladi. Bunda maslahat, suhbat kabi ish usullaridan foydalaniladi.
Tayyorgarligi bo‘lmagan kitobxon foydalanuvchilarga xizmat
ko'rsatishda suhbat eng asosiy usul hisoblanadi. Axborot-kutubxona
muassasasiga kelgan kitobxon bilan kutubxona, uning bo‘limlari,
kutubxona fondi, vazifasi, yangi adabiyotlar, Internet tarmog‘idan
foydalanish, elektron pochtadan axborotlami jo ‘natish to‘g‘risida
suhbat o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Kitobxon bilan yakka tartibda ishlashning samarasi tayyorgarlik
ko‘rishga bog‘liq. Xodim aniq kitobxon bilan yakka tartibda ishlash
yo‘lini, vaqtini, usulini aniq belgilab olishi uchun awaldan
tayyorgarlik ko‘radi. Bu kutubxonachilik ish tajribasida kitob berishga
tayyorgarlik ko‘rish deb ataladi.
Mutaxassis xodimning axborot-kutubxona muassasasidagi ish
kuni kitob berishga tayyorgarlik ko'rish bilan boshlanadi, bu ish
87
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatuvchi barcha b o ‘limlar
(abonement, o‘quv zali, bibliografiya bo‘limi va boshq.) xodimlari
shug‘ullanadi. Bu ish vaqti kitobxonga xizmat ko‘rsatish vaqtidan
bir soat ilgari boshlanadi. Bu vaqt mobaynida xodim ish joyini
xizmat ko‘rsatish uchun tayyorlaydi, texnik va gigiyenik sharoit-
lami ko‘zdan kechiradi, tartibga soladi, kunning dolzarb ma-
salalari, voqea va hodisalari, sanalariga oid adabiyotlarni tayyor-
lab qo‘yadi. Ular haqida qisman suhbatga tayyorgarlik ko‘radi,
tokchalardagi adabiyotlar joylashtiril ish ini nazorat qiladi va
ko‘zdan kechiradi, kitobxonlar formularini tartibga soladi, zarur
bo‘lsa, kundaliklarni to ‘ldiradi yoki tartibga keltiradi, ko‘rgaz-
malarni nazardan o ‘tkazib, zarur holatda adabiyotlarni yangilab
qo‘yadi. Zarur bo‘lsa, yangi uslubiy va bibliografik qo‘llanma-
larni tayyorlab qo'yadi. Bugun kelishi ehtimoli bor kitobxonlar-
ning har biri uchun alohida tayyorgarlik ko‘radi. Internet tar-
mog‘i orqali yangi ma’lumotlarni, elektrop-katalogga joylashti-
rilgan yangi adabiyotlar haqidagi ma’lumotlarni, boshqa elektron
resurslami ko‘rib chiqib, kimga nimani tavsiya qilishni o‘ylab oladi,
elektron pochtani ochib ko‘rib, yangiliklardan xabardor bo‘ladi.
Yangi kelgan adabiyotlar va buyurtmalar bilan tanishganda
uning qanday kitobxonga moijallanganligini, uning kitobxonga
qanchalik foydali yoki qiziqarli bo‘lishini oldindan belgilab olish
maqsadga muvofiqdir. Xulosalar alohida kartochkaga yozib bo-
rilgani va kartotekaga joylashtirilgani m a’qul, chunki har bir
kartochka bitta kitobga tegishli bo‘lib, mutaxassis xodimga uning
mazmunini yoki kitobxon bilan suhbatlashish uchun eng muhim
muammolar va savollarni eslatib turadi.
Kitobxon bilan suhbat davomida xodim kitobxon formula-
ridagi yozuvlar bilan tanishib, o‘qilgan kitob to ‘g‘risida u bilan
suhbat o‘tkazishi, tavsiya etiladigan adabiyot haqida tavsiya suh-
batiga tayyorgarlik ko‘rishi, ko'rgazmalar bilan tanishtirishga,
Internetdagi axborotlar, yangi veb-saytlar, elektron katalog ha
qida suhbatga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Mutaxassis xodim mus-
taqil о qishga rahbarlik qilayotgan kitobxonning formularini har
kuni ко zdan kechirib borishi, tegishli xulosani formularning
3-qismiga yozib borishi zarur.
88
www.ziyouz.com kutubxonasi
Наг bir suhbat individual xarakterga ega bo‘lib, tevarak-
atrofdagi vaziyatga, kitobning mazmuni, hatto kitobxonning
kayfiyatiga bog‘liq. Suhbat quruq, bemaqsad so‘zlashuvga
aylanmasligi uchun u oldindan o ‘ylab qo‘yilgan bo‘lishi, ba’zan
esa asosiy fikr qisqacha yozib olinishi kerak. Tayyorgarlik ko‘rish
jarayonida kutubxonaclii ayrim^kitobxonlar o ‘qishining qanday
izchillikda borishini o‘ylab ko‘rib, o‘qishning individual rejalarini,
tavsiya etiladigan kitoblar ro‘yxatini tuzadi. Bu ishda turli bibliografik
qo‘llanmalardan foydalanish katta yordam berishi mumkin. .
|