yaratilgan noyob grammplastinkalarning katta fondi raqam-
lashtirilgan holda toplandi va foydalanish uchun taqdim etildi. Ular
vositasida bolalar Abror Hidoyatov,
Shukur Burxonov va boshqa
ko‘plab o‘zbek teatri klassiklarining ovozlarini tinglash imkoniga
ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, jahon va milliy musiqa namunalari
ham yozib to ‘plangan. Bu asarlarning hammasi kutubxonaning
DVD, displey va quloqchin (naushnik)lar
bilan jihozlangan
lingafon kabinetida tinglash uchun taqdim etiladi. RBKning o ‘zida
axborot texnologiyalari yordamida xorijiy tillarni o ‘rganish,
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulotlar o ‘tkazish va
boshqa ko‘plab tadbirlarni o‘tkazish imkoni mavjud.
Bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda videoproyektorlar, elektron
ekranlar, DVD, videomagnitofonlar, audiokuchaytirgichlar,
mikrofonlar bilan jihozlangan o‘quv va taqdimotlar
zali tashkil
topgan. Bu esa barcha turdagi bayramlarni nishonlash, taniqli
olimlar va madaniyat arboblari bilan uchrashuvlar hamda tanlovlar
o‘tkazish
imkonini berish bilan birga, xalqaro konferensiyalar,
seminar va treninglar, taqdimotlar endilikda zamonaviy tarzda
o‘tkazilmoqda. 1967-yildan an’anaviy tusda «Eng kitobxon bola»
tanlovi, «Yilning eng yaxshi maktab ARMi»
tanlovi har yili
o‘tkaziladi. Bu tanlovlar bolalarni o‘qishga jalb etishda, ularning
ijodiy qobiliyatini, salohiyatini takomillashtirishda, ARM xodim-
larining kasbiy mahoratini, amaliy malakasini shakllantirishda,
mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. «XXI asr bolalar
kitobxonligi» mavzusidagi respublika konferensiyasi, «Rahimiy-
xonlik o‘qishlari» ham RBKning eng yirik va samarali tadbirlaridan
bo‘lib qoldi. Bu tadbirlarda bolalar kitobxonligini
tashkil etishga
bogiiq muammolar ko‘rib chiqilgani bois, shu muammo bilan
bog‘liq tashkilotlar —
nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlari,
ta’lim-tarbiya muassasalari xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir
yakunlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.