kutubxona hamda bolalar bilan ish olib boradigan ARMlai ishini
muvofiqlashtirish, uslubiy rahbarlik qihsh vazifasini bajaradi.
1965-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari va-
zirhgi tomonidan Ahsher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning
o‘smirlar bo‘limi negizida Respublika bolalar kutubxonasi (RBK)
taslikil etildi. Dastlab kutubxona V. Mayakovskiy nomli kutubxona
bilan bir binoda joylashdi. 1972-yili kutubxona eski bo‘lsa-da, o‘z
binosiga ega bo‘ldi. Binoni tanlashda shahar m arkazida
qulay
joy da joylashgani, unga maktablar, bolalar bog‘chalarining
yaqinligi hisobga olindi. Bu bino arxitektura yodgorligi bo‘lib, davlat
himoyasiga olingan. Binoni 1907-yili boy savdogarlar aka-uka
Vadyayevlar o‘zlari uchun qurgan. Ammo ko‘p o ‘tmay, general-
gubernator ixtiyoriga topshirilib, yubileylar va boshqa tantanalar
o‘tadigan makonga aylangan. 1917-yildan so‘ng,
hatto sobiq
sho‘ro syezdlari o‘tkazilgan. Undan keyin turli xil muassasalar
joylashgan, oliy o‘quv yurtlarining yotoqxonasi bo‘lgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Respublika bolalar kutubxonasining ko‘p yillik ish tajribasini
umumlashtirib, ularni taraqqiy ettirish
istiqbollarini belgilab
bergan. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan Respublika bolalar
kutubxonasi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan kutubxonalar sirasiga
kiritildi. 2006-yil 4-sentabrdan RBK xalq maorifi tizimiga o ‘tka-
zildi. RBK bolalar o‘qishiga rahbarlik qiluvchilar uchun tavsiya
etiladigan qo‘llanmalarning turli xil shakllarini nashr etish bilan
birga bolalarga kitob bilan xizmat ko‘rsatuvchi barcha ARMlarga,
shu jumladan, maktab ARMlariga bevosita har tomonlama ku-
tubxonashunoslik-bibliografik yordam ko‘rsatadi.
Bu kutubxona bolalarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish
saviyasini, samarasini ko‘tarishga va takomillashtirishga faol yor
dam beradigan tashkiliy-uslubiy markaz vazifasini ham bajaradi.
RBK bolalar o‘qishiga rahbarlik qiluvchilar uchun bolalar milliy
adabiyoti bibliografiyasining markazi, bolalar bilan kutubxo
nashunoslik ishi olib borish sohasidagi
ilmiy-uslubiy muassasa
sifatida xizmat qilib kelmoqda. RBK ish o'rinlarini avtomatlashti-
rish tizimiga o‘tgan va «IRBIS» dasturi asosida elektron katalog
tuzadi. Unda bolalar uchun turli kompyuter sinflari, multimedia
76
www.ziyouz.com kutubxonasi
xonasi, Internet, kompyuter darslari hamda o ‘yinlari tashkil
etilgan, turli dolzarb mavzularda to ‘la matnh m a’lumotlar bazasi
yaratilib, axborot resurslari fondi tashkil etildi.
RBKning yo‘nalishi va faoliyati 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan
ta ’minlashni tashkil etish to ‘g‘risida»gi, «2011—2015-yillarda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-ku-
tubxona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatidan
rivojlantirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va
0 ‘zbekiston Respublikasining «Axborot-kutubxona
faoliyati
to ‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta ’minlashga qaratilgan. RBK
faoliyatining asosiy maqsadi — bolalar, o'smirlar, maktabgacha
tarbiya muassasalari, maktab, akademik litsey,
kasb-hunar kol-
lejlarining o‘qituvchilariga kutubxonachilik, axborot, m a’lumot-
bibliografiya xizmati ko‘rsatish; barcha bilim sohalariga oid ma-
halliy va xorijiy adabiyotlar fondini shakllantirish va saqlash;
viloyatlarning ARMlariga bolalar va o‘smirlar, o‘qishga rahbarlik
qiluvchilarga kutubxonachilik xizmati ko‘rsatish masalalari bo‘-
yicha uslubiy yordam berish; olimlar, mutaxassislar, siyosatchilar
bilan hamkorlikda bolalar o‘qishi masalalariga oid konferensiya-
lar, seminarlar o‘tkazish; xalqaro aloqalarni o ‘rnatish; xalqaro
kitob ko‘rgazmalarini,
tanlovlarni tashkil etish; bolalar va o‘s-
mirlarning ijodiy o‘sishlari uchun axborot texnologiyalari va Inter-
netdan foydalanish.
Buning uchun bolalar va o‘smirlarni mutolaaga jalb etishning
xilma-xil shakllaridan foydalanilmoqda. 2004-yili Yaponiyaning
0 ‘zbekistondagi elchixonasi e’lon qilgan grant asosida qiymati
28,6 million iyen bo‘lgan texnika vositalari olindi va bunda ko‘zga
ko‘ringan mutaxassis, ko‘pgina oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarida
elektron katalog va
elektron resurslarni yaratish, turli seminar,
seminar-treninglar o'tkazish, turli yo‘nalishlarda zamonaviy inno-
vatsion ishlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ustoz