Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

3.24. Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi
ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalar
Maxsus kutubxonalar orasida ko‘zi ojizlar uchun axborot- 
kutubxona xizmati ko‘rsatuvchi kutubxonalar alohida ahamiyatga 
ega. Bu kutubxonalarning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, 
ular maxsus axborot tarqatuvchi qavariq nuqtali harflarda bosilgan 
holda magnit tasmasiga yozilgan kitoblar va vaqtli matbuot nashr- 
lari — gapiruvchi kitoblar, paypaslab sezish va tinglab idrok qilish 
uchun moslashtirilgan axborotni yetkazish vositalaridan foydala- 
nadilar. Bunday kutubxonalar diktofonlar, avtoaxborotchilar, 
maxsus asboblardan «gapiruvchi kitoblarni» yakka-yakka tinglash 
uchun naushniklar, lupalar (zarrabinlar), qavariq nuqtali harf 
bilan yozish uchun ishlatiladigan asboblar hamda mashinkalar, 
shuningdek, ko‘zi ojiz kitobxonlarga moMjallangan kataloglar va 
ko‘rgazmalardan foydalanish imkonini beruvchi maxsus usku- 
nalar bilan jihozlanadi.
Hozir respublikada vazirlik tizimida 84 ta ko‘zi ojizlar ku­
tubxonalari qariyb 35 ming ko‘zi ojizlarga kutubxona xizmatini 
amalga oshirmoqda.
80
www.ziyouz.com kutubxonasi


1949-yili Toshkent shahrida 0 ‘zbekiston ko‘zi ojizlarjamiyati 
qoshida bosmaxona tashkil etilib, turli mazmundagi kitob va 
darsliklar nashr etila boshlandi. Respublika markaziy ko‘zi ojizlar 
kutubxonasi L. Brayl alifbosidagi kitoblar bilan o‘z jamg‘armasini 
to‘ldirib bordi. 2001-yilga kelib 37701 nusxa adabiyot olgan. Shun- 
dan 8588 nusxasi o ‘zbek tilida.
1965-yil 11-dekabrda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Madaniyat 
vazirining «Toshkent shahar ko‘zi ojizlar kutubxonasini respublika 
markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasiga aylantirish haqida»gi buy­
ing1 iga binoan, 1966-yil 1-yanvardan markaziy kutubxona faoliyat 
boshladi. 1966—1969-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
Qashqadaryo, Andijon, Buxoro, N am angan, Samarqand, 
Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyat kutubxonalarida L. Brayl 
harfida yozilgan adabiyotlar bo‘limlari tashkil etildi.
1967-yildan magnit tasmasiga yozilgan kitoblar, ya’ni «ga- 
piruvchi kitoblar» bilan jamg‘arma to‘ldirilmoqda. Yana bir turdagi 
nashrni grammplastinkalar tashkil etadi. Jamg‘armada 4407 gramm- 
plastinka bor. Ular mazmunan mumtoz va zamonaviy musiqa 
asarlari, ijro etilgan sahna asarlaridan iborat.
Kitob jam g‘armasi o ‘zbek va rus tilida 5 turdagi katalogda 
alohida aks ettirilgan. Bular:
1. Bo‘rtma nuqtali nashidagi kitoblar katalogi.
2. Magnit tasmalariga yozilgan «gapiruvchi» o‘ramdagi kitoblar 
katalogi.
3. «Gapiruvchi kitoblar» ning kompakt turdagi katalogi.
4. Grammplastinkalar katalogi tashkil etilgan.
2012-yil 20-martda qabul qilingan «Alisher Navoiy nomidagi 
0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot-resurs markazi faoliyatini 
takomillashtirishning chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi Qarorga 
muvofiq, endilikda imkoniyati cheklangan kitobxonlar uchun 
axborot-kutubxona xizmati tashkil etildi va bu kutubxonalar ham 
imkoniyati cheklangan kitobxonlar kutubxonasi deb yuritila 
boshlandi. Faqatgina ko‘zi ojizlar uchun emas, balki boshqa jismonan 
imkoniyatdan mahrum kitobxonlar uchun ham kutubxonachilik 
xizmati tashkil etishning chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, 
bunda ko‘zi ojiz kitobxonlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi kutub-

Download 11,3 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish