tuman, shahar bolalar ARMlaridan farq qiladi.
Viloyat bolalar
kutubxonalarining vazifasi tuman, shahar hududidagi bolalarga
xizmat ko‘rsatuvchi barcha ARMlar uchun kutubxonalararo
abonement, Internet, elektron pochta, telekommunikatsiya orqali,
faks jo‘natish va olish xizmatlari bo‘yicha faoliyatni tashkil etishdir.
Viloyat bolalar kutubxonalari
bolalarga kutubxona xizmati
ko‘rsatish saviyasini ko'tarishga va xizmat ko‘rsatish usullarini
takomillashtirishga faol yordam beradigan tashkiliy-uslubiy
markaz rolini ham o‘taydi.
3.22. Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlarining kutubxonalari
Qonunda belgilab berilganidek, qaysi tashkilotga tegishliligiga
ko‘ra:
• axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqla-
nishini ta’minlaydi;
• elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
• axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’min
laydi;
• boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni
amalga oshiradi;
• yig‘ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kutubxonalarining
axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi. Davlat hoki
miyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari to‘g‘risidagi
nizomlar ushbu organlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
3.23. Kasaba uyushmalari kutubxonalari
0 ‘zbekiston Kasaba uyushmalari
Federatsiyasi tarkibida
dastlab 300 dan ortiq kutubxona mavjud bo‘lib, hozirgi paytda
101 ta kutubxona ishchi, xizmatchilarga kutubxonachilik xiz
mati ko'rsatadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarish tashkilotlari,
zavod-fabrikalarning qisqarishi
sababli kasaba uyushmalari
kutubxonalari soni ham kamaydi.
79
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shuni ta’kidlash lozimki, kasaba uyushmasi kutubxonalari har
bir ishchiga, xizmatchiga, ularning
oilasiga axborot-kutubxona
xizmati ko'rsatadi. Kasaba uyushmalari kutubxonalari AKM, ARM
va kutubxonalar bilan hamkorlikda ish yuritib, kitob jam g‘ar-
malarini to'ldiradi, saqlaydi, uslubiy va bibliografik axborot ishlarini
tashkil etadi.
Korxonalararo kasaba uyushmalari kutubxonalari 50 mingdan
ortiq ahoUsi bo‘lgan tuman va shaharlarda tashkil etiladi. Ular
istirohat bog‘lari, madaniyat saroylari, kasaba uyushmalar kurslari,
dam olish uylari yoki oromgohlari va boshqalarga xizmat ko‘r-
satadi. Bu kutubxonada, ko‘pincha, bitta xodim
ishlaydi, u ham
bo‘lsa, ko‘proqjamoatchilik asosida. Fondi juda kichik, asosan,
ishlab chiqarishga yoki o‘zi mansub bo‘lgan ishlab chiqarish
korxonasining sohasiga oid, qisman madaniy-ma’rifiy va badiiy
adabiyotlar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi.