elektron kataloglarni tashkil etish yuzasidan boshqalarga o'rnak
bo‘larli darajada ishni tashkil etdi. Ammo, tashkil etilgan elektron
kataloglarning sifat darajasi birmuncha past edi,
bunga sabab
elektron katalog tashkil etishda ko‘nikmaning yetishmasligi,
tajribaning kamligi, elektron katalog tashkil etish qoidalari bo‘-
yicha yaxlit metodikaning yo‘qligi edi.
Bundan
tashqari, «IRBIS» dasturi asosida elektron katalog
yaratishning nazariyasi va amaliyoti faqat Toshkent davlat mada-
niyat institutining «Axborot-kutubxona faoliyatini boshqaruv»
fakultetida o‘rgatildi. Fakultet tomonidan 2002-yili
loyiha doirasida
«IRBIS» dasturi olindi va kutubxona xodimlari uchun o ‘quv
kurslari tashkil etildi va kunduzgi bo‘lim talabalariga,
malaka
oshirishga kelgan kutubxona xodimlariga mashg‘ulotlar olib borildi.
Elektron katalogni tashkil etish qoidalari respublika miqyosida
turli darajada o‘tkazilgan seminarlarda ham o‘qitib borildi.
Toshkent
davlat madaniyat institutida, Toshkent moliya
institutida tashkil topgan elektron kataloglar eng namunali katalog
sifatida tan olindi. OUy o‘quv yurtlarining ARMlari turli xalqaro,
respublika miqyosidagi grantlar doirasida ko‘pgina muammolarni
hal etishga harakat qilishdi. Loyihalar doirasida elektron resurslar
yaratildi,
texnika vositalari, kompyuter texnologiyalari olindi.
Mutaxassislar bilan hamkorlikda oliy o ‘quv yurtlarining o‘zaro
hamkorlikda faoliyat yuritishlari uchun VPN texnologiyasi ishga
tushirildi. Bu Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan
uning joylardagi 5 filiali o‘rtasidagi korporativ tarmoqqa asos soldi.
2012-yilga kelib, «KARMAT» dasturi asosida oUy o‘quv yurtlari
ARMlarining virtual korporativ tarmog‘i yaratila boshlandi.