3.15. Ta’lim muassasasining axborot -
resurs markazlari
69
www.ziyouz.com kutubxonasi
soni bilangina emas, balki, asosan, bu muassasalarning milliy,
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning
madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo'lishini ta ’minlash,
ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o ‘sishi
uchun imkoniyatlar yaratish hamda o‘z hududida yashovchi aholiga
kitob xizmati ko‘rsatishdagi tashkilotchilik roli bilan belgilanadi.
Kitobxonlarda axborot madaniyatini tarbiyalash, axborot
qidirishning zamonaviy usullariga o ‘qitish, aholiga, turli muassa-
salar va tashkilotlar jamoasiga uyushgan holda kutubxonachilik
xizmati ko‘rsatish, kitobxonlarning talab-ehtiyojlarini kutubxo-
nalararo abonement va ko‘chma kutubxonalar yordamida qondi-
rish uchun ilmiy-bibliografiya ishini taslikil etadi.
Asosiy axborot-kutubxona xizmatlari bepul, ayrim xizmat turlari
pulli tashkil etildi. Boshqa AKM kutubxonalararo abonement
bo‘yicha hujjatlar almashinuvi, hujjatni elektron yetkazib berish
yo'lga qo‘yildi; ta’lim muassasasining ilmiy va o‘quv ishlariga yordam
sifatida bibliografik ko‘rsatkichlar, adabiyotlar ro‘yxatlari tuzildi,
mavzuli, manzilli va boshqa bibliografik ma’lumotlar tashkil etildi,
bibliografik sharhlar, axborot kunlari, mutaxassis kunlari, har
xil adabiy-badiiy kechalar, qiziqishlar bo‘yicha kechalar, savol-
javob kechalari, suhbatlar o‘tkazildi, kitob ko‘rgazmalari, kitob
taqdimotlari tashldl etildi; foydalanuvchilar, rahbarlar, professor-
o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va aspirantlarning axborotga boMgan
ehtiyojlari o‘rganildi va muntazam ravishda talablarini qondirdi,
shuningdek, zaruriyatga ko‘ra, xorijiy mamlakatlarning kutubxo
nalari va tashkilotlari bilan xalqaro kitoblar ayirboshlashni amalga
oshirdi. Fondni hisobga olish va joylashtirishni, ularning saqla-
nishini, hujjatlar nusxasini olish va CD/DVD disklariga ko‘-
chirish, restavratsiya qilishni taminlaydi. Kitobxonlarga tezkorlik
bilan axborot qidirish imkonini beradigan yig‘ma elektron ka-
talogni tuzishda qatnashadi. ARMlarning ilmiy jamiyatlar, ta’lim
muassasalari, jamoat tashkilotlari, respublika AKMlari bilan
ijodiy va axborot aloqalari rivojlantirildi. Kutubxonalar boshqa
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan amaldagi qonun huj-
jatlari, davlat dasturlari, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasidagi
shartnomalar asosida o‘zaro hamkorlik qiladi.
70
www.ziyouz.com kutubxonasi
Nizomning keyingi bandlari ARMlarning huquq va burchlari,
majburiyatlari, uni qayta tashkil etish, tugatish, boshqarish,
moliyaviy va xo‘jalik faoliyati kabi masalalarga bag‘ishlandi.
|