XX asming 70-yiUarida viloyat kutubxonasi doimiy kitobxonlari
soni 300 ming nafarga yetdi, kitob fondi esa 800
ming nusxadan
oshdi. Bu ko'rsatkich jamiyat hayotida kitobning roli tobora oshib
borayotganidan, fuqarolarning dunyoqarashiga, yosh avlodning,
turli kasb egalarining madaniy saviyasini yuksaltirishga kutubxona
ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganidan dalolat berardi.
1970—80-yillarda kutubxonaning moddiy bazasini mustah-
kamlash borasida katta ishlar amalga oshirildi. Viloyat kutubxo
nasi tuman, tarmoq kutubxonalari xodimlarining bilimlarini
mustahkamlash va malakasini oshirish ishiga rahbarlik qildi.
Joylarda kutubxona tashabbusi bilan turli madaniy-ma’rifiy
tadbirlar, kitob ko‘rgazmalari, o‘quvchilar
bilan uchrashuvlar
o‘tkazildi, odamlarning kutubxonalar to ‘g‘risidagi fikri o‘rga-
nildi, mahallalar, qishloqlar va korxonalarda ko‘chma kutub
xonalar tashkil etildi.
1980-yili kutubxona 500 ming nusxa kitob saqlash uchun
mo‘ljallangan uch qavatli yangi binoga ko‘chib o‘tdi.
Bu yerda
to‘qqiz bo‘lim tashkil etildi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach,
kutubxonaga qashqadaryolik mashhur adib Saido Nasafiy nomi
berildi. 2003-yil viloyat hokimi qarori bilan viloyat kutubxonasi
to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Viloyat rahbariyati bu ishga 250 million
so‘m, yangi adabiyotlar,
kitob javonlari, zamonaviy texnika xarid
qilishga 80 million so‘m mablag1 ajratdi. Kutubxonaning barcha
xonalari, 6 ta o‘quv zali zamonaviy tarzda bezatildi.
Kutubxona jami 41849 nomda 302868
ming nusxadan iborat
kitob fondiga ega. Kutubxonaning kompyuter markazi Internet
tarmog‘iga ulangan bo‘lib, uning yordamida kitobxonlar mamla-
katimiz, jahon kutubxonalari va axborot markazlari bilan bog‘la-
nishlari mumkin. Viloyat kutubxonasi umuman va tarmoq kutub
xonalari uchun ilmiy-uslubiy markaz vazifasini bajaradi, tav-
siyalar, kitoblar haqida qisqacha ma’lumotlar
tayyorlab, quyi
bo‘g‘in kutubxonalariga tarqatadi.
Kutubxonada turli mavzularda tadbirlar, seminarlar,
taniqli
madaniyat arboblari, siyosatchilar va adiblar bilan
uchrashuvlar
o‘tkazish an’ana tusini olgan.
63
www.ziyouz.com kutubxonasi
2006-yilga qadar viloyatda 462 ta ommaviy kutubxona mar-
kazlashtirilgan kutubxona tizimlariga
birlashgan holda faoliyat
ko‘rsatdi. Ularning umumiy kitob fondi 3 mln 200 ming nusxa-
dan ziyod edi.
Kutubxona 2006-yili Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona
markaziga aylantiriladi.