bilan ta’minlandi. Pulli xizmat turlarining yangi
shakllari fao-
liyatga olib kirildi. 1992-yili respublikada kutubxona faoliyatiga
budjetdan tashqari mablag4 jalb etish, pulli xizmat ko‘rsatishning
yangi usullarini amaliyotga tatbiq etish, homiylami jalb etishning
iig‘ortajribalarini ommalashtirish maqsadida 3 kunlik respublika
seminari bo‘lib o‘tdi.
2006-yili Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazi sifatida
qayta tashkil topgandan so‘ng zamonaviy axborot texnologiyalari,
texnika vositalari bilan jihozlandi.
3.12. Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat
axborot-kutubxona markazi
1973-yili hukumat qaroriga binoan, Jizzax viloyati tashkil etildi.
Shu yilning o‘zida viloyat kutubxonasini tashkil qilish b o ‘yicha
ishlar boshlab yuborildi, Jizzax shahridagi 2-kutubxona negizida
tashkil qilingan viloyat kutubxonasi 1974-yil 2-sentabrda ochildi.
Kutubxonaning dastlabki kitob fondi 12 ming 200 nusxadan ibo-
rat bo‘lgan. Shu yili kutubxonada 4 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatgan.
Viloyat kutubxonasida 1976-yildan o ‘lkashunoslikka oid
«Jizzax vajizzaxliklar», «Jizzax viloyati» kartotekalari,
alifboli va
tizimli kataloglar yuritiladi.
1990-yil o‘smirlar bilan ishlash bo‘limi tashkil etildi. Bu bo‘lim
14 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan kitobxonlarga xizmat ko‘rsata
boshladi.
2001-yili viloyat kutubxonasi qoshida Jizzax viloyati mehnat-
kashlarining fuqaro sifatidagi faolligini oshirishga ko‘maklashish
maqsadida axborot-resurs markazi ochildi. Markaz Jizzax shahri va
viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlariga axborot, maslahat va
texnik yordamini ko‘rsata boshladi.
2005-yili viloyat hokimligi tomonidan «Mehr-muruwat yili»
munosabati bilan kutubxona binosi ta’mirlanib,
kutubxona texnika
vositalari, zamonaviy kompyuterlar, skaner, kseroks,
faks bilan
ta’minlandi. 0 ‘quv zallarini isitish-sovitish tizimi bilan yangilandi,
«1RBIS» dasturi asosida elektron katalog tuzila boshlandi, xo-
dimlarni maxsus dasturda ishlashga o‘qitish ishlari boshlandi.
66
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shu yili viloyat kutubxonasi huquqiy-axborot markazi
tashkil
etish loyihasini amalga oshirdi. 2003-yili kutubxona qoshidagi
axborot-resurs markaziga Jizzax shahri
mahallalarida seminarlar
tashkil etish va Internet tarmog‘i bilan aloqa bog‘lab turish uchun
12036 AQSH dollari miqdorida ikkinchi grant berildi.
Kutubxona 2006-yili Jizzax viloyat axborot-kutubxona mar
kaziga aylantirildi.