24-iyundagi 154-qarori bilan viloyat ilmiy-universal kutubxonasi
negizida Nodira nomidagi viloyat
axborot-kutubxona markazi
tashkil etildi. AKMning faoliyati insonparvarlik, umumiylik, shaxs
erkinligi tamoyillari asosida olib boriladi. AKM viloyatda
RAKMning hududiy bo‘limi bo‘lib,
viloyatdagi barcha tipdagi
kutubxonalar uchun uslubiy markaz sifatida faoliyat yuritadi.
Kutubxonada 11 ta bo‘lim mavjud. 2001-yili kutubxona qo-
shida «Huquqiy axborot markazi» tashkil etildi.
Markazning
maqsadi — aholining huquqiy axborotga bo‘lgan talabini qon-
dirish, huquqiy madaniyatini shakllantirish edi.
Markaz tomoni-
dan «Konstitutsiyani o‘rganuvchilar uchun», «Huquqingizni bi-
lasizmi?» nomU o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chiqarildi.
2005-yil 1-oktabrga qadar boigan holatga ko‘ra, kutubxona
ning kitob fondi — 587,3 ming bosma birlik, kitobxonlar soni —
11641 kishini tashkil etdi.
Kutubxonada turli sohalarga oid 487 mingdan ortiq ada
biyotlar, gazetalar vajurnallar, shuningdek,
audiovizual mate-
riallar, 1254 ta noyob kitoblar va qo‘lyozmalar mavjud.
Kutubxona 2006-yili Namangan viloyat axborot-kutubxona
markaziga aylantirilgan.