• 3.5. Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi
  •  Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/183
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,3 Mb.
    #237439
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   183
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    3.4. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat
    axborot-kutubxona markazi
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Kutubxonada o‘quvchilarga bepul Internet xizmati yo‘lga 
    qo‘yilgan. Elektron m a’lumotlar bazalari — «Pravo», «Norma» 
    axborot-qidiruv tizimlari, ingliz tilida elektron kutubxona mavjud.
    Kutubxona 2006-yili Buxoro viloyat axborot-kutubxona mar- 
    kazi sifatida qayta tashkil topdi.
    3.5. Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat
    axborot-kutubxona markazi
    Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi 0 ‘zbekiston 
    Respublikasining eng qadimgi kutubxonalaridan biri. Rasmiy 
    m a’lumotlarga ko‘ra, yangi Marg‘ilon (Farg‘ona shahrining ol- 
    dingi nomi) kutubxonasi 1899-yil iyunda ulug‘ rus shoiri 
    A.S. Pushkin tavalludining 100 yilligi nishonlanayotgan kunlarda 
    birinchi shahar kutubxonasi ommaviy muzeyining bir bo‘limi 
    sifatida ochilgan. Kutubxona shahar ommaviy muzeyining ikkita 
    xonasida joylashgan bo‘lib, uning dastlabki kitob fondi 853 
    nusxadan iborat, kitobxonlar soni 200 nafar, u ham bo‘lsa, 
    shaharlik ziyolilar bo‘lib, keng xalq ommasiga hali ruxsat yo‘q edi.
    1913-yilga kelib, fonddagi adabiyotlar soni 5600 nusxaga yetdi. 
    1920-yilda kutubxona Farg‘ona shahar kutubxonasi nomini oldi.
    1926-yildan e’tiboran Toshkent shahar kutubxonasi bilan 
    kitob almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Farg‘ona kutubxonasidan ms 
    imperatori Yekaterina II davriga oid kitoblar berilib, o'rniga 
    o ‘zbek tilidagi adabiyotlar olinadi va o‘zbek adabiyotlari bo‘limi 
    ochildi, ammo tezda uni uyushmalararo klubga tarqatib yubo- 
    riladi. Faqat 1931-yili yana qaytadan tashkil topdi. 1933-yili bo- 
    lalar bo‘limi ochiladi, 1935-yili fonddagi kitoblar tekshiruvdan 
    o ‘tkaziladi, 1-oktabrga kelib uning soni 25080 kitobdan iborat 
    edi. 1939-yili shahar kutubxonasi negizida viloyat kutubxonasi 
    tashkil topadi. Ammo 1941 -yilda boshlangan urush kutubxo- 
    nani takomillashtirish bo'yicha boshlangan ishlarni to ‘xtatib 
    qo‘ydi. Urush yillarida kutubxona Farg‘ona shahriga ko'chirib 
    kelingan Moskva sharqshunoslik instituti, Moskva tibbiyot 
    instituti, yoshlar instituti talabalariga, shuningdek, yozuvchilar, 
    shoirlar va ilmiy xodimlarga xizmat ko'rsatdi.
    57
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    1956-yili Farg‘ona viloyati tarixi, iqtisodi, m adaniyati, 
    mashhur shaxslari haqida o‘lkashunoslik adabiyotlari yig ilib, 
    targ‘ib qilina boshlandi. 0 ‘lkashunoslik kartotekasi tashkil topib, 
    hozirgi kunda unda o‘lka haqida 150000 kartochkalar to‘plangan.
    1959-yilga kelib, kitob fondi 100000 nusxaga yetdi. 1961-yilda 
    kutubxona fondida 107908 nusxa kitob bo'lib, shundan 16755 tasi 
    o‘zbek tilida edi. 1967-yilga kelib, kitob fondi 138 ming nusxadan 
    oshib ketdi.
    1970-yil viloyat kutubxonasi tarixida o‘chmas iz qoldirdi. 
    Kutubxona uchun maxsus qurilgan va jihozlangan, 500 ming tomga 
    mo‘ljallangan, hamma sharoitga ega uch qavatli binoga ko‘chib 
    o‘tdi. Kutubxona tarkibi o‘zgardi, xodimlar shtati kengaydi. Unga 
    o‘rta asrlarda Osiyoning ko‘zga ko‘ringan qomuschi olimi, astro- 
    nomi, geografi, matematik Ahmad al-Farg‘oniy nomi berildi.
    1977-yil Farg‘ona shahrida ro‘y bergan tabiiy ofat — suv 
    toshqini kutubxona uchun chinakam fojia bo‘ldi. Kutubxonaning 
    asosiy kitob ombori suv ostida qoldi. Kutubxonaning 300 ming 
    nusxadan ortiq kitob, risola va jurnallardan iborat fondining 
    uchdan ikki qismi nobud bo‘ldi. Ular orasida 1917-yilgacha davrga 
    oid adabiyotlar, 1920— 1930-yillarga taalluqh bebaho adabiyotlar 
    va vaqtli matbuot nashrlari ham bo‘lgan. Kutubxona xodimlari 
    oldiga kitob fondini qisqa vaqt ichida tiklash vazifasi qo‘yildi. 
    Kutubxona jamoasi bu vazifani sharaf bilan uddaladi. Bugungi 
    kunda kitob fondi 290 ming nusxadan ortiq bo‘lib, shulardan 
    2372 tasi noyob kitoblardir.
    1980-yili mahalliy haykaltarosh Aydar Aliyev tomonidan ku­
    tubxona fasadiga Ahmad al-Farg‘oniyning qo‘lida kitob ushlagan 
    va osmonga qaragan holdagi qiyofasi metallga ishlangan portret 
    shaklida qo‘yildi. 1980-yildan kutubxona uslubiy faoliyatini boshladi.
    1990-yillarda xo‘jalik hisobi evaziga kutubxonaning moddiy- 
    texnik negizini mustahkamlash maqsadida pulli ish usullari 
    amaliyotga kintildi, bular — tungi abonement, fonddan chiqarilgan 
    adabiyotlarning sotuvi, til bo‘yicha o‘quv kurslari, kutubxonachilik 
    kurslari va boshqalar.
    ^ 1991-yildan so‘ng, ya’ni mustaqillikka erishganimizdan keyin 
    о lkashunoslik ishlariga, viloyat tarixini, til va madaniy merosini 
    о rganishga e tibor kuchaytirildi. 1999-yildan loyihalar bilan ish-
    58
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    lash takomillashdi. AKM shu vaqt ichida 10 dan ortiq loyihalar 
    doirasida ish olib bordi. Bu kutubxona uchun juda katta moddiy va 
    ma’naviy yordam keltirdi. 2005-yildan kutubxonaning elektron 
    katalogi tuziia boshlandi va dastlab nodir adabiyotlar fondi olindi.
    2006-yilgi 381-sonli Qaror asosida ilmiy-universal kutubxona 
    axborot-kutubxona markazi sifatida qaytadan tashkil topadi. 
    Yangi axborot texnologiyalari, elektron o‘quv zali, yoshlar bilan 
    m a’naviy va m a’rifiy ishlar bo‘limi tashkil topdi. 53 nuqtadan 
    iborat ichki tarmoq ishga tushdi, avtomatlashtirilgan ishchi 
    o‘rinlari o'rnatildi. 2008-yil 21—25-oktabrda xalqaro V «Central 
    Asia —2008» konferensiyasi o ‘tkazildi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   183




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish