Markaziy Ijroiya qo‘mitasining 1936-yil 9-apreldagi qaroriga
muvofiq va Qoraqalpog‘iston Maorif xalq komissarligi buymg‘iga
ko‘ra, T o‘rtk o i kutubxonasi negizida
Respublika kutubxonasi
tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston markazining To‘rtko‘ldan Nu-
kusga o ‘tkazilishi munosabati bilan kutubxona ham ko‘chiriladi.
Dastlab kutubxonada 9,5 shtat birligi, 4 ta katta xonaga joylash-
tirilgan umumiy maydoni 60 kv.m bo‘lib, 1 ta xonada 10 ta o‘ringa
moslashtirilgan qiroatxona, qolganlarida
kitobxonlarga xizmat
ko‘rsatish bo'limlari va devonxona, arxiv, ombor bo‘lgan. Arxiv
materiallariga ko‘ra, kitob fondi — 24430 nusxa,
kitobxonlar
soni — 500, kundalik qatnov — 70 ta bo‘lgan. 1941 -yilga kelib,
fondda 64080 rublga teng 31046 nusxa kitob bor edi. 1944-yili
Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) bilan kutub-
xonalararo abonement tashkil etiladi.
Urushdan keyingi yillarda
176 kutubxona,
shu jumladan, 1 ta respublika, 16
ta tuman va
shahar, 6 ta qishloq, 2
ta bolalar kutubxonalari, 116 ta tayanch
qizil choyxonalar va ko‘chm a qiroatxonalar ishlab turgan.
1950-yillarning o‘rtalariga kelib, 293 kutubxona va 117 ko‘chma
qiroatxona bo‘lgan, 1962-yili Respublika bolalar kutubxonasi
tashkil topadi. 1966-yili imkoniyati
cheklangan kitobxonlar
uchun Respublika ko‘zi ojizlar kutubxonasi, 1970-yil Xo‘jay-
lida, 1972-yili Amudaryo, Chimboy, Beruniy tumanlarida ko'zi
ojizlar kutubxonalari tashkil topadi.
1936-yildan 2006-yilgacha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
kutubxonasi sifatida xizmat ko‘rsatgan. 2006-yil 20-iyunda qabul
qilingan 381-sonli qarordan so‘ng Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi ilmiy-universal kutubxonasi negizida Qoraqalpog‘iston
Respublikasi axborot-kutubxona markazi (AKM) tashkil topadi.
Shu yillar davomida kutubxona xodimlari uch yillik Toshkent
madaniy-ma’rifiy maktabida, Moskva, Leningrad, Toshkent ma-
daniyat institutlarida, Nukusdagi maxsus kurslarda malaka oshi-
rib, ta’lim olishdi. 1980-yillarda oliy maxsus ma’lumotli kadr-
larga ehtiyoj tufayli QQ Madaniyat vazirligining
tashabbusi bilan
Toshkent madaniyat institutida alohida qoraqalpoq guruhlari
10 yil davomida oliy ma’lumotga ega bo‘lishdi.
4
-
403
49
www.ziyouz.com kutubxonasi