Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

davlat
mulkidir;
• «Axborot-resurs markazi to‘g‘risida»gi Namunaviy nizom 
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiq-
lanadi.
41
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu Qonunning 13-moddasida davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari kutubxonalarining vazifalari va xususiyatlari 
aniqlab berilgan. Bu kutubxonalar ham o ‘z yo‘nalishida axborot- 
kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini 
ta’minlaydi; kutubxonada elektron kutubxonani tashkil etadi va 
elektron katalogni shakllantiradi; boshqa AKMlar bilan axborot- 
kutubxona resurslaridan o ‘zaro foydalanishni ta ’minlaydi va 
hamkorlikni amalga oshiradi; mamlakatning yig‘ma elektron 
katalogini shakllantirishda ishtirok etadi. Bu kutubxonalarning 
axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir, ular to ‘g‘risidagi 
nizomlar ushbu organlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunning 14-moddasida yuqorida ko‘rsatilgan axborot- 
kutubxona muassasalaridan tashqari, boshqa kutubxonalarning 
vazifalari yuqoridagi tartibda belgilab berilgan. Qonunning ke- 
yingi boblarida axborot-kutubxona muassasalari fondini shakl- 
lantirish, jamlash, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, 
imkoniyati cheklangan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish va boshqa 
masalalarga bag‘ishlangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining asosiy 
kutubxonasi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan maxsus ilmiy ku- 
tubxonadir. 1931-yil oktabrda 0 ‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘- 
mitasi Kengashining qaroriga ko‘ra, 0 ‘zbekistonda ilmiy tadqi- 
qot muassasalariga rahbarlik qilish bo‘yicha Fan qo‘mitasi tash­
kil etiladi va 1933-yilda shu qo‘mita qoshida 39 ming 422 nusxa 
kitob bilan kutubxona barpo etiladi.
1943-yili sobiq Ittifoqda Fanlar akademiyasi tashkil etilishi 
munosabati bilan kutubxona 0 ‘zbekiston FA tizimidagi ilmiy 
institutlar xodimlariga kutubxona xizmati ko‘rsatuvchi asosiy 
kutubxona sifatida qaytadan tashkil etiladi. Hozirgi paytda AKda 8 ta 
bo lim, 94 xodim bilan 30 mingdan ortiq kitobxonga axborot- 
kutubxona xizmati ko‘rsatadi. AK ijtimoiy va tabiiy fanlar bo‘yicha 
milliy bibliografik markaz, Xalqaro kutubxonachilik Assotsiatsiyasi 
(IFLA)ning tabiiy fanlar bo‘yicha depozitariysi, noyob obyektlar 
qatorida ro yxatga olingan ilmiy muassasa. AKda noyob nashrlar 
mavjud. Ular orasida «Avesto»ning lOjildli Kopengagen universiteti 
kutubxonasining faksimile nashri ham bor. AKning kitob fondi
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 754700 nusxani tashkil etib, nafaqat ilmiy xodimlarga, balki 
talabalar, magistrlar, o‘qituvchilar va xorijlik ilmiy xodimlarga ham 
o ‘zining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, tarixiy, ma’naviy va badiiy 
adabiyotlari bilan xizmat ko‘rsatadi.
FA tizimida himoya qilingan 10000 ga yaqin dissertatsiyalar 
fondini zamon talablaridan kelib chiqqan holda raqamlashtirish 
boshlandi. AK tizimdagi 20 ilmiy institutning kutubxonalariga 
tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi. Ular uchun sohaning dolzarb 
masalalariga oid o‘quv seminarian tashkil etiladi. Turli mavzularda 
bibliografik ko‘rsatkichlar, fan arboblari, yozuvchi va shoirlarning 
biobibliografiyalari tuzib, nashr etiladi. 1994-yildan AK birinchi- 
lardan bo‘lib, ish jarayonlarini avtomatlashtirishga o‘tdi. Rossiya- 
ning «IRBIS» dasturi asosida elektron katalog tuzila boshlandi. 
Kitobxonlar uchun Internet xizmati ochildi. 2001-yili Markaziy 
Osiyoda birinchi bo‘lib, AK respublikaning kutubxona xodimla- 
rini axborot texnologiyalariga o‘qitish maqsadida o‘zining o‘quv 
markaziga ega boMgan «Model avtomatlashgan kutubxona» loyi- 
hasi bo‘yicha ish olib borib, 150 kutubxona xodimi o‘qitildi.
2002-yili «Akademik kutubxonalarning konsorsiumi» mavzu- 
sida loyiha bo‘yicha ish olib borildi va tizimning 5 ta kutubxonasiga 
elektron katalogdan foydalanish uchun yo‘l ochildi. 2007-yili 
AKda Axborot-resurs markazi tashkil etildi va u kitobxonlarga 
elektron katalogdan, Internetdan, «EVSSO» va «РМТ8» ma’lu- 
motlar bazasidan foydalanish imkonini berdi.
2013-yildan Respublika Fan va texnologiyalari qo‘mitasi- 
ning granti asosida «FA AK va ilmiy institutlar kutubxonalarining 
virtual korporativ tarmog‘i» mavzusida loyiha ishi olib borildi. Bu 
Prezidentimizning 2011 -yilgi 1487-sonli Qarori va 0 ‘zbekiston 
Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to ‘g‘risida»gi 
Qonunining ijrosiga hamohang edi. 163 dissertatsiyalarning, 3000 
avtoreferatlarning, 5000 nusxa adabiyotlarning to ‘la matnli 
ma’lumotlar bazasi yaratildi. Mashhur siyosat vajamoat arboblari, 
akademiklar, professorlar va boshqa shaxslarning elektron kutub­
xonalari yaratila boshlandi. 1928-yildan 2012-yilga qadar nashr 
etilgan 0 ‘zbekiston matbuoti solnomasining 553 soni skanerdan 
o‘tkazilib, MB yaratildi. 2012-yildan boshlab AKda «Akademiklar
43
www.ziyouz.com kutubxonasi


fondi» yaratila boshlandi. Bu aholi qo‘lidagi shaxsiy kutubxonalar 
fondini avaylab-asrash, kelgusi avlodlarga yetkazish uchun katta 
imkon bergan holda kutubxona fondini boyitib boradi.
Muntazam ravishda xalqaro kitob almashuv yo lga qo yilgan. 
Kompyuterlashtirilgan, elektron resurslar fondiga ega bo‘lgan 
elektron kutubxona faoliyat yuritadi.
Respublika uslubiy kengashi tomonidan tayyorlangan Axborot- 
kutubxona markazlarining Namunaviy nizomiga ko‘ra, AKMning 
maqsadi yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida 
yuqori sifatli axborot-kutubxona xizmati hisobiga foydalanuv­
chilarning axborotga bo‘lgan talablarini qondirish, bilim va axborot 
olishga keng yo‘l ochib berish, shaxsning shakllanishi uchun, 
bilim olishi, mustaqil o‘qishi uchun sharoitlar yaratish, ilmiy va 
madaniy faoliyatini rivojlantirish, kitobxonlarni 0 ‘zbekiston 
xalqining tarixiy, madaniy, ma’naviy merosiga xususiy va masofali 
axborot-kutubxona resurslariga yo‘l ochib berish bilan yaqin- 
lashtirish, ma’naviy boy vabarkamol insonning ijodiy rivojlanishi 
uchun imkoniyatlar yaratib berish bilan milliy madaniyatning 
istiqbolli rivojlanishiga ta’sir etish, 0 ‘zbekiston xalqining tarixiy, 
ma’naviy va madaniy merosini saqlash va istiqboli uchun ta ’sir 
etishdan iborat.
Maqsadga erishish uchun AKMlar quyidagi vazifalami bajarishi 
kerak deb belgilandi: zamonaviy axborot-kom munikatsiya 
texnologiyalari asosida sifat jihatidan yangi axborot-kutubxona 
xizmatini tashkil etish, kitobxonlarning ta’limiy, ilmiy va madaniy 
qiziqishlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida 
tezkorlik bilan bajarish, an’anaviy kutubxonachilik xizmati 
shakllaridan xususiy va dunyo axborot resurslaridan foydalanishga 
yo 1 ochib berish bilan axborot-kutubxona xizmatiga o ‘tish, 
axborot-kutubxona fondini tashkil etish va uning to‘la saqlanishini 
ta mini ash, elektron katalogni va elektron kutubxonani shakllan- 
tirish, yig ma elektron katalog yaratish ishida qatnashish, biblio­
grafik, ilmiy-uslubiy va madaniy-ma’rifiy ishlarni bajarish, xususiy 
axborot-kutubxona resurslarini yaratish.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish yo‘lida AKMlar 
quyidagi funksiyalarni amalga oshirishi lozim: axborot tashuv-
44
www.ziyouz.com kutubxonasi


chilarning turli shakllaridan iborat axborot-kutubxona fondini 
jamlash, tegishli hududda nashr etilayotgan matbaa asarlaridan 
majburiy nusxalarni olish, elektron kutubxona fondini Internet, 
shuningdek, tashkilot tomonidan yaratilgan axborot resurslari bilan 
to ‘ldirib borish, AKFni tegishli hududga oid o‘lkashunoslik 
xarakteridagi adabiyotlar bilan butlash, AKFni hisobga olish, qayta 
ishlov berish, joylashtirish, saqlash, elektron kutubxonani shakl- 
lantirish va elektron katalogni yuritish, to‘la matnli ma’lumotlar 
bazasini va kitobxonlar so‘rovlari asosida maxsus ma’lumotlar 
bazalarini tashkil etish, tavsiya bibliografik qo‘llanmalarni ishlab 
chiqish, kitobxonlarni axborot-kutubxona resurslari haqidagi 
axborot bilan o ‘z vaqtida ta ’minlab borish, mustaqil bilim olish 
ko‘nikmasini tarbiyalash, kitobxonning umumiy va kitobxonlik 
madaniyatini shakllantirishga qaratilgan ommaviy tadbirlarni 
o‘tkazish, bo‘sh vaqtni tashkil etishda yordam berish, qonunchilik 
doirasida videofilmlar, CD va DVD disklarni, taqdimotlarni 
namoyish etish, belgilangan tartibda «ZiyoNET» respublika ilmiy- 
ta’limiy axborot tarmog‘iga kirishni ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar, 
ta ’lim olish, kichik biznesni va tadbirkorlikni rivojlantirish bilan 
bog‘liq axborotga bo‘lgan talablarni bajarish, pulli xizmat ko‘r- 
satish asosida ochiq ma’lumotlar bazasiga kirishni tashkil etish, 
kundalik axborot ishlari, axborot kunlari, yangi adabiyotlar sharhi 
va ko‘rgazmasini tashkil etish va h.k.
Bundan tashqari, hududdagi axborot-kutubxona muassasalari 
xodimlari uchun o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish, maslahat xizma- 
tini tashkil etish va ko‘rsatish, axborot-kutubxona resurslarini yara­
tish, Internetdan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texno- 
logiyalarini joriy etish bo‘yicha kitobxonlar va mutaxassislar uchun 
kurslar tashkil etish, AKMning huquq va majburiyatlari, uni 
boshqarish, tuzilmalari va shtatlarini belgilash qoidalari, mol-mulki, 
moliyaviy masalalari, AKMni tashkil etish, tarqatish, qayta tashkil 
etish masalalari berilgan.
2006-yil 20-iyunda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 
381-sonli Qarordan so‘ng 0 ‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish 
agentligi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar ilmiy- 
universal kutubxonalari va Toshkent shahar markaziy kutubxonasi
45
www.ziyouz.com kutubxonasi


negizida qaytadan tashkil topgan axborot-kutubxona markazlarini 
birlashtiruvchi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi 
respublika axborot-kutubxona markazi tashkil topdi. Ushbu Qarorda 
belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida RAKM 
orqali 0 ‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi 2006-yilda 
100 ta P IV rusumidagi kompyuterlar, 2007-yilda 153 shaxsiy 
kompyuterlar, 14 ta server, printerlar, skanerlar, kseroks appa- 
ratlari va boshqa texnika vositalari bilan ta ’minladi. 2008-yilda 
barcha AKMlarda ichki tarmoqlar o‘rnatildi. 2006-yilda barchasi 
«ZiyoNET» ta’lim axborot tarmog‘iga ulandi, 2007-yildan Yosh 
dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quwatlash markazi RAKM 
bilan birgalikda 0 ‘zAAAning qo‘llab-quwatlashi bilan milliy 
avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimi (AIBS)ni ishlab chi- 
qishga kirishdi. 2008-yilda bu ish yakuniga yetkazilib, «KADATA» 
AAKT bir necha AKMlarda amaliyotda sinab ko‘rila boshlandi.
2009-yil AKMlarning mulohazalari asosida AAKTning yangi 
«KADATA 2.0» versiyasi ishlab chiqilib, barcha AKMlarda o ‘r- 
natildi. 2006—2009-yillar mobaynida ana shu tizim asosida 
AKMlarning elektron katalogiga 200 ming yozuv kiritildi. 
AKMlarda bibliografik ma’lumotlar bazasi, nodir adabiyotlarning, 
qo'lyozma kitoblarning va boshqa mahsulotlarning elektron 
to‘plamlari tayyorlana boshlandi. 2006-yiIi AKMlarning Nizomi 
ishlab chiqilib, ro‘yxatdan o‘tdi. 2007—2008-yillarda 0 ‘zAAA 
qo‘llab-quwatlashi bilan RAKM axborot, kutubxonachilik ishi va 
nashriyotchilik ishiga oid Xalqaro va Davlatlararo standartlarni 
tarjima qilishga kirishdi va 3 jilddan iborat standartlar to ‘plami 
birinchi marta o‘zbek tilida nashr etildi. To‘plam 55 standartni o‘z 
ichiga olganbo‘lib, mamlakatning barcha axborot-kutubxona muas- 
sasalariga tarqatildi. Bu o‘zbek tilidagi birinchi ish bo‘lgani uchun 
unda ko‘pgina tushunchalarning taijimasida chalkashliklar, stilistik 
va imlo xatolari mavjud edi. 2009-yil 2 ta milliy standart ishlab 
chiqildi va ro yxatdan o‘tdi. 2006—2009-yillari amaliyotga joriy etildi.
О zbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda 2 ta «Axborot- 
kutubxona faoliyati haqida»gi va «Majburiy nusxa to‘g‘risida»gi 
Qonun loyihasi ishlab chiqildi. 2009-yildan respublikada so­
haga oid maxsus «Kutubxona.Uz» jurnali nashr etila boshlandi.
46
www.ziyouz.com kutubxonasi


2006—2009-yillarda jami 550 kutubxona xodimlaridan 400 nafari 
malaka oshirish kurslarida o ‘qishdi. 2006-yili Xorazm va 2008-yili 
Farg‘ona viloyati AKMlari negizida Milliy kutubxona bilan 
birgalikda 4- va 5-Xalqaro konferensiya, AKM va ARMlar xo- 
dimlari uchun 2008-yil Sankt-Peterburgdagi Rossiya Milliy 
kutubxonasi mutaxassislari ishtirokida 2 ta Xalqaro seminar-tre- 
ning o‘tkazildi. 2006—2009-yillarda muntazam hududiy seminarlar 
o‘tkazib borildi. 2008—2009-yillarda 15—16-Qrim konferensiya- 
sida AKMlarning direktorlari ishtirok etishdi.
RAKM tarkibida elektron kutubxona tashkil topdi va 2007-yili 
Koreya Respublikasining grantini olish uchun ariza berildi.
2008-yili Koreya Respublikasi ilmiy-texnik adabiyotlaming elek­
tron kutubxonasini tashkil etish bo‘yicha imkoniyatlarni ko‘rib 
chiqdi, KOICA — Hamkorlik bo‘yicha Koreya Xalqaro agentlik 
ekspertlari bilan ish olib borildi. 2008-yil 26-avgustda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «Ilmiy-texnik adabiyotlaming elek­
tron kutubxonasini Koreya Respublikasi hukumatining grantini 
jalb etgan holda tashkil etishning tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori 
imzolandi. 2009-yili shu masala bo‘yicha hukumatlararo shart- 
noma imzolandi. AKMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkam- 
lash, to ‘liq ta ’mirlash maqsadida 0 ‘ZAAA tomonidan 2007-yili 
200 mln so‘m, 2008-yili 1 mlrd so‘m, 2009-yili 700 mln so‘m 
ajratildi. AKMlar uchun ko‘chma kutubxonalarda aholiga axborot- 
kutubxona xizmati ko‘rsatish maqsadida «Damas» rusumidagi 8 ta 
bibliobus ajmtildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi AKM yangi binoga 
o‘tdi. Yana 7 ta AKMda to‘la ta’mirlash, qolganlarida joriy ta’mirlash 
olib borildi. Navoiy viloyat AKMga boshqa bino to‘liq ta’mirdan 
chiqarilgan holda berildi. 2007-yili RAKM qoshida ilmiy-uslubiy 
kengash tashkil topdi. 2007—2009-yillarda ilmiy va texnik axborot 
Butunrossiya instituti bilan, Rossiya Milliy kutubxonasi bilan 
hamkorlik shartnomasi tuzildi. 2008-yildan ular va Rossiya davlat 
xalq ilmiy-texnika kutubxonasi bilan xalqaro kitob almashinuvi 
yo‘lga qo‘yildi. Barcha AKMlarda o'zining veb-saytlari yaratildi,
2009-yildan boshlab, Yosh dasturchilarni qo‘llab-quwatlash va 
tayyorlash markazining fdiallari tashkil etila boshlandi.
47
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qoraqalpog4istonda kutubxonalar tizimi, arab alifbosidagi 
Sharq qo‘lyozmalari jamlangan kutubxonalarni hisobga olma- 
ganda, XIX asrning 90-yillarida ochilgan To‘rtko‘1, ya’ni sobiq 
Petro-Aleksandrovsk shahar kutubxonasidan boslilangan. 0 ‘sha 
paytda poytaxt To‘rtko‘l shahri bo‘lgan. Uning dastlabki kitob 
fondi fuqarolaming hadya qilgan adabiyotlaridan tashkil topadi. 
1907-yil 7-martda u shahar ommaviy kutubxonasi sifatida ras- 
man ta’sis etiladi. Umumiy yig‘ilishda uning nizomi tasdiqlanib, 
41 a’zodan iborat qo‘mita tuziladi. Kutubxona shahar aholisiga 
ma’lum darajadagi mablag1 evaziga kitoblar, gazeta, jurnallardan 
foydalanish imkonini bergan. Bundan tashqari, turli shaxslar va 
tashkilotlaming kutubxonaga hadyalari, xayr-ehsonlari evaziga 
mablag‘ topa boshlaydi. 0 ‘sha paytdagi kutubxona Nizomiga ko‘ra, 
uning a’zolari har bir jinsdagi (voyaga yetmaganlar, sudlanganlar, 
o‘quvchilardan tashqari) barcha fuqarolar bo‘Ushi mumkin edi.
1912-yilda kutubxonada jurnallar bilan 3300 nomda axborot 
mahsuli bo‘lgan. Kutubxona 100 kun ishlagan va undan 697 ki- 
tobxon foydalangan, 2032 kitob berilgan. Ayrim m a’lumotlarga 
ko‘ra, 1919-yil aprelda ishchi va askar deputatlar kengashi 
kutubxonani milliylashtirish bo‘yicha komissiya tuzadi. May oyida 
To‘rtko‘ldagi Novikovning chor hukumatiga qarashli shaxsiy 
kutubxonasi milliylashtirilib, awal xalq kutubxonasi, keyin 
markaziy, Xorazm Respublikasi kutubxonasi deb yuritildi.
1920-yillarda mahalliy aholining madaniy turmush tarzi 
yaxshilana borgan. Shaharlarda kutubxonalar va klublar tarmog‘i, 
qishloq va ovullarda qizil choyxonalar, kitob o‘qish xonalari tash­
kil topadi. 1921-yilning avgustiga kelib, Qoraqalpog4istonda 6 ta 
choyxona, 8 ta ko‘chma kutubxona bo'lgan. 1927—1928-yillarda 
13 ta qizil choyxona, 9 ta kutubxona, 1933-yilda 43 ta kutubxona, 
41 ta qizil choyxona, 71 ta ko‘chma kutubxona faoliyat yuritgan. 
1940-yilda respublikada jami 195 kutubxona ishlagan.

Download 11,3 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish