rot-kutubxona faoliyatining Davlat boshqaruvi uchun mas’ul
Vazirlar Mahkamasi va uning vakolatli organlaridan saylangan
Respublika uslubiy Kengashi ish boshladi. Kengash a zolari
tomonidan axborot-kutubxona faoliyatining barcha sohalariga oid
qonuniy, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi.
Bular AKM va
ARMlarning Namunaviy Nizomi, elektron kutubxonaning
Nizomi, standartlarning yangi shakllari, masofadan o ‘qitishning
Nizomi, axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning pulh va bepul
usullari va boshqa hujjatlar ishlab chiqildi.
2012-yiI 20-martda Prezidentimizning «Alisher Navoiy nomi-
dagi 0 ‘zbekiston Milliy-kutubxonasi axborot-resurs markazi
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi
maxsus
1729-sonli Qarori qabul qilindi. Qaror asosida Vazirlar Mahka-
masining «Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutub
xonasi axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etishning dastlabki
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi dasturi e’lon qilindi. Unga ko‘ra,
Milliy kutubxonani boshqa axborot-kutubxona muassasalarining
tashkiliy-uslubiy faoliyati bilan muvofiqlashtirish va ular bilan
o‘zaro aloqasini tashkil etish haqida Nizom, axborot-kutubxona
resurslarini kataloglashtirishning yagona qoidasi, axborot-kutub
xona resurslarini hisobga olishning yagona tizimini ishlab chi
qish, MKning axborot-kutubxona tarmog‘i bilan tarmoqlararo
munosabatni o‘rnatish va «Elektron ta’lim»
haqidagi Nizomni,
kataloglashtirishning milliy formatini ishlab chiqish, elektron
bibliografik yozuvlar bilan almashishning Davlat standartini,
MKning xizmat ko‘rsatish usullari tartibi haqidagi Nizomni, MKda
interfaol usullarni
tartibga solish va joriy etish, imkoniyati
cheklangan kitobxonlarga keng doirada xizmat ko‘rsatish dastu-
rini, turli xil axborot qidiruviga imkon beruvchi dasturiy imko-
niyatlarni, MKning kitobxonlariga masofadan xizmat ko‘rsatish
haqidagi Nizomni, Internetga,
Wi-Fi
ni qo‘llagan holda avtomat-
lashtirilgan axborot-kutubxona xizmatini joriy etish, respublika-
ning yig'ma elektron
katalogini tashkil etish, 2012—2020-yillar
bosqichma-bosqich elektron resurslarni yaratishning jadvalini ish
lab chiqish kabi ko'plab vazifalar yuklatildi. 2012-yildan so‘nggi
davrda ana shu dastur asosida ishlar tashkil etildi.
32
www.ziyouz.com kutubxonasi
Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillashti-
rishda, xodimlarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishda,
ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishda 0 ‘rta maxsus, kasb-hu-
nar ta’limi markazi tasarrufidagi ARMlar o‘rtasida 2006-yildan
buyon o‘tkazilayotgan «Yilning eng yaxshi ARM», 1967-yildan
beri o ‘tkazib kelinayotgan Respublika
bolalar kutubxonasidagi
«Yilning eng yaxshi kitobxoni» kabi tanlovlar muhim o‘rin tu-
tadi. Bu tanlovlar xodimlarning ishini sifatli va samarali tashkil
etishga, kutubxona ish hujjatlarini to‘g‘ri yuritishga, kompyuter
savodxonligini oshirishga, aholi o ‘rtasida axloqiy, m a’naviy,
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo ‘lgan
tadbirlarni kengaytirishga,
barkamol avlod tarbiyasiga samarali ta ’sir ko‘rsatishga, boshqa
tashkilotlar bilan mustahkam aloqada ish olib borishga, xususiy
elektron resurslarni yaratishga qaratilgan.