davridan
1924-yilgacha bo‘lgan davrda 0 ‘zbekiston kutubxonachiligi
tarixi
masalasi birinchi marta Osiyo
G‘afurovna
Qosimova
tomonidan
tadqiq etildi. Natijada, 1965-yilda Toshkent davlat universitetida
respublikada birinchi bo‘lib kutubxonachilik ishi tarixi
bo‘yicha
nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Bu O. Qosimovaning
2
-
403
17
www.ziyouz.com kutubxonasi
«0 ‘zbekistonda ommaviy kutubxonalar tarmog‘ining rivojlanishi»
mavzusidagi ishii edi. Tarixiy materiallar asosida ilk bora Turkiston
o‘lkasi kutubxonalari tarixi, turli xil ilmiyjamiyatlar kutubxona
lari faoliyati, nolegal kutubxonalar, Turkiston ommaviy kutub
xonasi, unda tashkil topgan Kutubxonachilik komissiyasining
tashkil topishidan to 1924-yilgacha bo‘lgan faoliyat yoritildi.
Inqilobdan keyingi davrni o ‘r%anishda davrlashtirish prin-
sipini qo‘llagan holda ommaviy kutubxonalar rivojlanishi, har
bir davrda aholiga kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishning
xususiyatlarini ochib bergan.
Ilmiy ishi natijasidan unumli foydalangan O. Qosimova
1968-yilda « 0 ‘zbekistonda kutubxonachilik ishi» nomli asarini
nashr ettirdi. Bu asarda 1924-yildan 1967-yilgacha bo‘lgan davrdagi
0 ‘zbekiston kutubxonalari tarixi, istiqboli tanqidiy va tahliliy
ravishda ochib beriladi. Kutubxonachilik ishi tarixi muammolari
bilan amaliyotchilar ham shug‘ullanishgan. A. Navoiy nomidagi
0 ‘DK xodimi Y.B. Abramov Leningrad davlat madaniyat instituti
bazasida 1967-yili « 0 ‘zbekistonda kataloglashtirish nazariyasi va
amaliyotining rivojlanishi» mavzusida dissertatsiyasini himoya qi-
ladi. Ishning birinchi qismida muallif IX asrdan to Rossiyaning
0 ‘rta Osiyoni bosib olgunigacha bo‘lgan davrda 0 ‘zbekiston hu-
dudida kataloglashtirish tarixini yoritgan. Asosiy e’tiborini Turkiston
Ommaviy kutubxonasi (TOK)ning rusbo‘limi katalogi, Turkiston
o‘lkasidagi shahar, ilmiy, o‘quv yurtlari va boshqa kutubxonalar
kataloglariga qaratgan. TOKning kataloglashtirish faoliyati va uning
rivojida N .V. Dmitrovskiy hamda kutubxonachilik komissiyasining
o‘rni tarixan o‘rganib chiqilib, tadqiq qilingan. Tadqiqotning ke
yingi qismlarida 1917—1924-yillar Turkiston muxtor respubli-
kasida, 1925 1967-yillarda 0 ‘zbekistonda kataloglashtirish ja-
rayonlari va amaliyoti 0 ‘zbekiston davlat kutubxonasi misohda
yoritilgan. О DK negizida 1918-yili tashkil topgan kutubxona fon-
dini kataloglashtirish muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus
komissiya faoliyati birinchi bor ilmiy jamoatchilikka yetkazildi.
1969-yili ToshDU asosiy kutubxonasi xodimi Aleksandr
Ivanovich Kormilitsin «Inqilobdan oldingi Turkistonda kutubxo
nachilik ishi tarixi» mavzusida ilmiy ishini himoya qiladi. Ishda
18
www.ziyouz.com kutubxonasi
Turkistonning mahalliy aholi soni ko‘p bo‘lgan Sirdaryo, Farg‘ona
va Samarqand viJoyatlari bo‘yicha tadqiqot ishlari yoritilgan.
1970-yillarning birinchi yarmida ilmiy kutubxonalar faoliyati
ham tadqiq qilina boshlandi. 1973-yili M.Rahimova ToshDUda
«0 ‘zbekiston SSR ilmiy kutubxonalari taraqqiyoti tarixi» (1917—
1941 -yillar) mavzusida ilmiy ishini himoya qiladi va 0 ‘zbekiston
davlat kutubxonasi, ToshDUning ilmiy kutubxonasi, A.S. Push
kin nomidagi Samarqand viloyat kutubxonasi, A. Navoiy nomli
Samarqand davlat universitetining asosiy kutubxonasi, Abu Ali
ibn Sino nomli Buxoro viloyat kutubxonasi, FA asosiy kutub
xonasi, Toshkent davlat tibbiyot instituti kutubxonalari tarixi,
respublikada ilmiy kutubxonalar tarmog‘ining shakllanishi, oliy
o‘quv yurtlari kutubxonalari faoliyati va muammolari atroflicha
tadqiq qilingan. 1941 — 1970-yillarda ilmiy kutubxonalar faoliyati
tarixini Boqibillo Karimov tadqiq qiladi va « 0 ‘zbekiston SSRda
ilmiy kutubxonalar taraqqiyoti» nomi bilan ilmiy ishini himoya
qiladi. Unda Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, Respublika
hududiy patent fondi kutubxonasi, 0 ‘zbekiston davlat rejani llmiy-
texnika va texnik-iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy tekshirish instituti-
ning xalq xo‘jaligi mutaxassislariga xizmat ko‘rsatish faoliyati
yoritib berilgan.
Mamlakatimiz kutubxonashunoslik fanining rivojlanishini
o‘rganishda, tadqiq qilishda yana ma’lumotnoma nashrlar ham
alohida ahamiyatga ega. 1964-yili A. Navoiy nomidagi О DK
tomonidan o ‘zbek tilida « 0 ‘zbekistonning yirik kutubxonalari»
nomli m a’lumotnoma e’lon qilindi. Unda respublika ahamiyatiga
ega bo‘lgan ilmiy kutubxonalar, viloyat, oliy o‘quv yurtlari va
kasaba uyushmalari kutubxonalari faoliyati yoritilgan, makoni,
joyi, tarixi, qaysi tarmoqqa qarashliligi
v a
vazifalari, tuzilishi, kitob
fondi va kitobxonlar miqdori ko‘rsatilgan.
Yana bir m a’lumotnoma « 0 ‘zbekistonning texnika kutubxo-
nalari»dir. Bu 0 ‘rta Osiyo respublikalari bo yicha shunday tipdagi
birinchi nashr hisoblanadi. Maqsadi 0 ‘zbekiston kutubxonalari-
ning kitob fondini to ‘ldirish, kutubxonachilik va axborot ishlarim
muvofiqlashtirish. U respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, boshqa
ilmiy-texnika va texnika kutubxonalari, 0 ‘zbekiston Madamvat
19
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishlari vazirligining viloyat kutubxonalari, FAning asosiy kutub
xonasi, universitetlar va texnika oliy o‘quv yiirtlari kutubxonalari
haqida ma’lumotlar beradi.
Xulosa o‘mida 1946— 1974-yillarda e’lon qilingan materiaUar
asosida shuni aytish mumkinki, respublika kutubxonalari faoliyati
chuqur ilmiy va tanqidiy jihatdan o‘rganildi va sharhli-axborotli
materiallar ko‘paydi, ilg‘or tajribalar o‘rganilib, umumlashtirildi
va amaliyotgajoriy etildi, kutubxonachilik ishi haqida ilmiy tadqi-
qotlar ko‘paydi, ma’lumotnoma va lug‘at nashrlari paydo bo‘ldi.
A. Navoiy nomh 0 ‘DK mamlakatda kutubxonachilik ishining
tashkilotchisi, jonkuyari, ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlash-
tiruvchi markazga aylana boshladi.
Kutubxonachilik sohasida kadrlar tayyorlashning oliy va maxsus
tizimi tarkib topdi. 1974-yilda sobiq Ittifoqda 14-chi bo‘lib Tosh
kent davlat madaniyat instituti tashkil topdi va uning tarkibida
«Kutubxonachilik» fakulteti ish boshladi. Respublikada yagona
oliy ma’lumotli kutubxonachi-bibliograflar tayyorlaydigan oliy
o‘quv yurti 2012-yilgacha faoliyat yuritdi, ko‘p yillar mobaynida
mamlakatimiz, qo‘shni va xorijiy davlatlar kutubxonalari uchun
malakali kadrlar tayyorlab keldi, mamlakatimiz kutubxonachiligi
tizimini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shdi.
1974-yil kutubxonachilik ishi sohasida markazlashtirilgan ti-
zimni boshlab bergan «Mehnatkashlarni kommunistik ruhda
tarbiyalashda va fan-texnika taraqqiyotida kutubxonalarning rolini
oshirishto‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu esa 1975-yil-
dan boshlangan kutubxonashunoslik fanining uchinchi bosqichi
rivojida muhim asos bo‘lib qoldi. Bu davrda kutubxonashunoslik
fani yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Kitob ishi tarixi, kutubxonalar
tarmoqlari, kutubxonashunoslik fani va uning umurniy muammo-
larini hal etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. O. Qosi-
movaning o‘zbek va rus tilidagi « 0 ‘zbekistonda kutubxonachilik
ishi tarixi» darsligi kutubxonachilik fakultetida o‘qitila boshlandi.
Bu davrda kutubxonachilik ishi muammolariga oid bitta doktorlik
va 7 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. « 0 ‘zbek tilining
kutubxonachilik-bibliografik terminshunosligi» (E. Yo'ldoshev)
rriavzusida isfi boshlanib, u «0 ‘zbek kitobatchiligi terminologiyasi»
ncfmibilan doktorlik ishi darajasiga yetdi. Professor Ergash Yo‘l-
20
www.ziyouz.com kutubxonasi
doshev « 0 ‘zbekistonda bolalarga kutubxonachilik xizmati ko‘rsa-
tilishi: shakllanishi, rivojlanishi va istiqbollari», M. Rasulov «MKSda
ommaviy qishloq xo‘jaligi kasbi mehnatkashlariga xizmat ko‘r-
satishni takomillashtirish», M.A. Zufarova «Ikki tillilik sharoitida
sistematik katalog: tashkil qilish muammolari va takomillashtirish
yo‘llari», V.V. Sadurskaya «Yuqori sinf o‘quvchilarining bilishga
oid faolligini shakllantirishda yoshlar kutubxonasi, maktab ishlab
chiqarish jamoasining o‘zaro hamkorligi», M. Mahmudov «Maktab
o‘qituvchilariga kutubxona xizmatini ko‘rsatish: hozirgi ahvoli va
taraqqiy ettirish yo‘llari» mavzularida tadqiqot ishlarini yakunladilar.
Bu bosqichda 0 ‘zbekistonda kutubxonashunoslik fanini rivoj-
lantirishning asosiy masalalaridan biri ilg‘or tajribalami o‘rganish,
tahlil qilish va ommalashtirishdan iborat edi. Shu yo'nalishda
1960-yillardan Alisher Navoiy nomidagi Respublika davlat
kutubxonasi (hozirgi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi) 34 ta maxsus
to ‘plam nashr qiladi, 1976-yildan « 0 ‘zbekiston kutubxonalari»
nomi bilan davomli nashr chiqadi. Ilmiy to‘plam sifatida respub
lika kutubxonalaridagi amaliy ish tajribalari yoritadigan, tahlil va
targ‘ib qiladigan nashrga aylanadi. Keyinchalik bu to ‘plam
« 0 ‘zbekiston kutubxonashunosligi: kutubxonachilik ishi naza-
riyasi va amaliyoti bo‘yicha maqolalar to‘plami» nomi bilan chi-
qarila boshlandi va kutubxonachilik ishining nazariy va amaliy
muammolari bo‘yicha umumiy materiallar, uning ayrim yo‘na-
lishiariga bag‘ishlangan risolalar o‘z aksini topdi.
Bu nashr respublikada kutubxonachilik ishi tarixi, nazariyasi,
amaliyoti va istiqboli masalalarini yoritadigan, ishlab chiqadigan,
barcha kutubxona tarmoqlari o ‘rtasida ilg‘or tajribalarni omma-
lashtiradigan, mamlakatimizda va hududlarda kutubxonachilik ishi
qurilishi xususiyatlarini o‘rganadigan, kutubxona xodimlari mala-
kasini oshiradigan, kitobxonlarda o‘qish madaniyatini tarbiyalay-
digan, kutubxonachilik kasbining nufiizini, obro‘-e’tiborini ko‘ta-
radigan nashrga aylandi.
1974-yilda sobiq Ittifoq hukumatining kutubxonachilik ishiga
oid qabul qilgan qarori asosida mantlaOTdlfllTJi KA'ilailitiiilgon
kutubxonalar tizimi tashkil topdi. Bu
iborat ediki, hududlar xususiyatidan
21
}
»
I
Л
л л
. j .
www.ziyouz.com kutubxonasi
tizimlar shakllandi, ularning tarkibida markaziy kutubxona va uning
atrofida flliallar birlashib, tizimni boshqarish, mablag bilan
ta’minlash, rejalashtirish va hisobot ishlari, moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, hisob-kitob ishlari, fondni to‘ldirish, unga qayta
ishlov berish, texnik va ilmiy ishlov berish Markaziy kutubxona
zimmasiga, aholiga kutubxona xizmati ko‘rsatish filiallarga birik-
tirildi. Kutubxonalarda ilg‘or ish usullarini o ‘rganish, o ‘zaro
hamkorlik qilish, ichki va tashqi kitob ayirboshlash, kutubxona-
lararo abonement, sirtqi abonement, Xalqaro abonement ishlari
shu davrda rivojlantirildi. Markaziy kutubxona butun bir tizim uchun
ilmiy-uslubiy, bibliografik ish markaziga aylandi.
1975—
1990-yillarda «Kutubxonashunoslik» fanining rivoj-
lanishida asosiy e’tibor respublikada maktab o‘quvchilari va bola-
larga kutubxona xizmati ko‘rsatish sifatini oshirish masalalariga
qaratildi. Kitobxonlar o‘qish madaniyatini tarbiyalash, o ‘qishiga
rahbarlik qilish masalalari har tomonlama ishlab chiqila bosh-
landi. Shu davrda Toshkent davlat madaniyat institutining «Bo
lalar adabiyoti va kutubxonalarda bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish»
kafedrasi tashkil topib, uning faoliyati ko‘lami va sifati jihatidan
ko‘zga tashlandi. Bu kafedraga awal filologiya fanlari doktori,
folklorist olim Malik Murodov, keyinchalik pedagogika fanlari
nomzodi, professor E. Yo‘ldoshev rahbarlik qildi. 1982—1990-yil
larda M. Murodovning bolalar kitobxonligi, ularning o‘qishiga
rahbarlik qilish, kitobxonlikning ildizlari, oilada kitobxonlik, uning
ildizlari, an’analari, shaxsiy kutubxonalar va ularda aholiga xizmat
ko‘rsatish, bolalar ma’naviy dunyosini shaldlantirishda kitobning
o‘rni, E. Yo‘ldoshevning «Bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish»,
« 0 ‘qish madaniyatini tarbiyalash» kabi risolalari nashr etildi.
Maktab va litsey kutubxonalari ishini tashkil etish, kutubxonalarda
kataloglarni tashldl etish, kitob fondini tashkil etish va u bilan
ishlash, turli sinf o‘quvchilari bilan ishlash, ular o‘rtasida ku
tubxonachilik va bibliografik bilimlarni targ‘ib etish bo‘yicha ki
toblar va risolalar, turli ommaviy tadbirlarni tashkil etish meto-
dikasiga oid qo llanmalar respublika «Kitobxon» jamiyati bilan
hamkorlikda nashr etildi. Ulardan «Badiiy adabiyotlarni targ‘ib
etishning ommaviy usullari», «Adabiy o‘qishlarni tayyorlash va
22
www.ziyouz.com kutubxonasi
o ‘tkazish metodikasi», «Adabiy viktorinalar» kabi yangi ish
usullarinmg metodikasini o‘rgatuvchi, ommalashtiruvchi metodik
risolalar nashr etildi. Chunki, bu davrga kelib, ommaviy ishlarni
tayyorlash va o ‘tkazishda yagona metodikaga ehtiyoj paydo bo‘ldi.
Turli kutubxonalarda ommaviy ishlarning o‘zi bo‘larchilik bilan,
har kim o‘zi istagancha o‘tkazishi ommaviy tadbirlaming ta’sirini,
sifatini, nufuzini tushirib yubordi.
1975—1990-yillarda kutubxonachilik ishi sohasidagi tadqiqotlar
kutubxonalarning ijtimoiy rolini oshirishga qaratildi. Bu sohaga
adabiyotshunoslaming kirib kelishi ko‘zga tashlandi. Ammo, kutub
xonachilik ishi masalalarining hal etilishida sotsiologlar, faylasuflar,
pedagoglar, psixologlar yetarli darajada ishtirok etishmadi.
Bu davrda asosiy e’tibor sohaga oid ilmiy tadqiqot ishlarini
tashkil etish, bolalar va o ‘smirlar bilan ishlash, o‘qish mada-
niyatini tarbiyalash, o ‘qishiga rahbarlik qilish, yetakchi kutubxo-
nashunos-bibliograf olimlarning faoliyatini o‘rganish, tadqiq qilish,
targ‘ib qilish, kutubxonashunoslik fanining boshqa sohalar bilan
hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ular yordamida ilg‘or tajribalarni
ommalashtirish, aholiga kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishni
takomillashtirish, kutubxona tarmoqlarini markazlashtirish, mada-
niy-ma’rifiy muassasalar tizimida kutubxonalarning o‘rni masa-
lasini o‘rganish, tadqiq qilish, kutubxonachilik hududiy birlash-
malari faoliyatini o‘rganish masalalari uchinchi bosqichga xos edi.
1991-yil 0 ‘zbekiston mustaqilligi qo‘lga kiritilganidan so‘ng
jamiyatning barcha qatlamlarida o‘zgarishlar yuz berdi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitiga o‘tish davri boshlandi. Hamma sohada iqtiso-
diyotni mustahkamlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash,
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda bo‘lgani kabi mada-
niyat va san’at sohasida ham milliylikka e’tibor oshdi. Milliy urf-
odatlarimizni takominashtirish, milliy qadriyatlarimizni qaytadan
o‘rganish, tahlil qilish, ayniqsa, o‘zbek millati tarixini yangi nuqtayi
nazardan o‘rganish masalasi, ma’naviyatni shakllantirish, rivojlan-
tirish oldingi o‘ringa chiqdi. Diniy qadriyatlar qaytadan tiklandi.
Xorijiy mamlakatlar bilan barcha sohada hamkorlik kuchaydi. Xorijiy
investitsiyalar mamlakatimiz rivojiga ta’sir eta boshladi. Kutubxo
nachilik ishi sohasida ham xorijiy grantlar, hamkorlik yordamlari
23
www.ziyouz.com kutubxonasi
paydo bo‘ldi. Ulaming ta’sirida va ko‘magida kutubxonachilik ishi
sohasida avtomatlashtirish tushunchalari shakllanib, amaliyotga
joriy etila boshlandi. Shulardan eng asosiysi elektron kataloglarning
tashkil etilishi bo‘ldi. Mamlakatimizda dastlab Toshkent viloyati
«Turon» ilmiy-universal kutubxonasi, 0 ‘zbekiston FA asosiy
kutubxonasining faoliyatida yangi texnologiya paydo bo‘ldi, Ros-
siyaning «IRBIS» dasturi asosida elektron kataloglar yaratila
boshlandi. «Turon» kutubxonasi tomonidan bir necha xorijiy grant-
lar yordamida respublika kutubxonalari uchun o‘quv seminarian
tashkil etilib, elektron katalog tuzish qoidalari, nusxa ko‘chirish
apparatlari yordamida adabiyotlardan nusxa olish, bibliografik
yozuvlarni dasturga kiritish, kompyuter savodxonligini oshirish
masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
XX asrning so‘nggi yillariga kelib, mamlakatimiz kutubxona
lari faoliyatiga kompyuterlar kirib keldi. Ular yordamida kutubxo
nachilik ish jarayonlarini avtomatlashtirish bilan kutubxonachilar
mehnatini yengillashtirish, ulaming ish samarasini va sifatini
oshirish masalalari kun tartibiga chiqdi. Shu sababli, 1994-yil-
dan boshlab AK respublikada birinchilardan bo‘lib, Rossiyaning
«IRBIS» dasturi asosida elektron katalog yaratishga kirishdi.
1998-yili kutubxona ish jarayonlari shu dastur asosida av-
tomatlashtirishga o‘tkazila boshlandi, kitobxonlarda Internet
tarmog‘ida ishlash imkoniyati yaratildi hamda elektron pochta alo-
qasi ishga tushdi.
2001-yili FAAK Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi
bo‘lib, «Avtomatlashtirilgan kutubxona modeli» loyihasi doirasida
respublika kutubxona xodimlarini axborot texnologiyalari savod-
xonligiga o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv markazi ish boshladi va
150 dan ortiq kutubxona xodimi o‘qitildi. 1994-yildan boshlab,
AK fondiga olingan hujjatlarning elektron katalogi, 9 mingga
yaqin dissertatsiyalarning bibliografik yozuvlari kiritildi. Ammo bu
ishlar dastlabki davrda bajarilgani va hali kutubxona xodimlarida
elektron katalog tuzish madaniyati yetarli bo‘lmaganligi sababli
bibliografik yozuvlarni kiritishda ko‘pgina xatolar mavjud edi.
2000 2004-yillarda Toshkent viloyati «Turon» ilmiy-universal
kutubxonasi (2006-yildan axborot-kutubxona markazi) nafaqat
Toshkent viloyati kutubxonalari, balki respublika kutubxonalari
24
www.ziyouz.com kutubxonasi
faoliyatini rivojlantirish maqsadida xorijiy grantlardan foydalanib,
5 ta viloyat kutubxonasida «Huquqiy axborot markazi»ni tashkil
etdi, ularni kompyuter, printer, skaner bilan ta’minladi va elek-
tron katalog tashkil etish ishlarida yordam berdi, kutubxonalar
faoliyatiga fandrayzing usulini olib kirish bo‘yicha bir yil davomida
o ‘quv seminarian tashkil etdi.
1999-yildan boshlab mutaxassislar sa’y-harakati bilan xorijiy
tashkilotlar ko‘magida «Fan, texnika, ta’lim va biznes sohalarida
kutubxona, Internet resurslaridan foydalanish — «Central Asia»
nomi bilan ikki yilda bir marta 0 ‘zbekistonning yirik shaharlari va
kutubxonalari bazasida Xalqaro anjuman o‘tkazila boshlandi. Bu
anjumanda dunyo mamlakatlarining ilg‘or kutubxonashunos va
bibliograf olimlari, kutubxonalar ish jarayonlarini avtomatlash-
tirish bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etadilar. Anjumanda kutub
xonachilik ishini takomillashtiiish, sifatli va samarali axborot xizmati
ko‘rsatish, kutubxonalar ish jarayonlarini avtomatlashtirish,
xodimlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash, elektron kataloglar
yaratish, mamlakatlarning yig‘ma elektron kataloglari, ilg‘or ish
tajribalari, virtual kutubxonalar, elektron kutubxonalar, ularning
ishini tashkil etish, Internet xizmati, Internet resurslarini yaratish,
xususiy elektron resurslar va ularni yaratish, masofadan turib
xizmat ko‘rsatish, elektron resurslar tashkil etish, o‘zaro alma-
shish, hamkorlik ishlari, elektron bibliografik resurslar yaratish
va fondini tashkil etish kabi ko‘plab masalalar muhokama qilindi.
Anjumanda axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq
tashkilotlar — nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlari, kompyuter
texnologiyalari ishlab chiqarish kompaniyalari, dasturchilar, arav
xodimlari qatnashib, fikr almashdilar. Bu davrda xorijiy mamla-
katlar tajribalarini o ‘rganish, kutubxonalar faoliyatiga olib kirish
borasida katta ishlar bajarildi. Turli grantlar jalb etilib, Ispaniya,
Italiya, Fransiya, AQSH, Germaniya, Latviya, Litva, Shvetsiya,
Gruziya, Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog'iston,
Qirg‘iziston kabi ko‘plab mamlakatlar bilan hamkorlik o ‘rna-
tildi, ularning ish tajribalarini o‘rganish maqsadida ijodiy safarlar,
o‘quv kurslari tashkil etildi. Bunda Abdulla Qodiriy nomidagi
Toshkent davlat madaniyat instituti kutubxonashunos-biblio-
graflari, talabalar, mamlakatimizning yirik kutubxonalari xodimlari
25
www.ziyouz.com kutubxonasi
qatnashdilar. Ayniqsa, bu borada Germaniyaning Gyote instituti
faoliyati juda samarali bo‘ldi. Bu institut yordamida Samarqand
viloyati AKMda, Toshkent shahar sanoat kasb-hunar kollejining
ARMda nemis o‘quv zallari tashkil etildi, kompyuterlar va ilg‘or
texnika vositalari bilan jihozlandi, adabiyotlar va elektron resurslar
fondi tashkil etildi.
Mamlakatimiz kutubxonalarida xususiy elektron resurslar
yaratish ishlari, yig‘ma elektron katalog yaratila boshlandi.
Kutubxonachilik ishi sohasida yangi qonuniy va me’yoriy hujjatlar
qabul qilindi.
|