1. «Kutubxonashunoslik» fanining predmeti, obyekti haqida nim a
bilasiz?
2. Jamiyat taraqqiyotida va barkamol inson tarbiyasida k itobn in g
o ‘mi xususida gapiring.
3. Fan rivojining bosqichlarini sanab o ‘ting.
4. «Kutubxonashunoslik» fani rivojining 1-bosqichi xususiyatlari ni-
madan iborat?
5. 2-bosqichi mazmuni, xususiyatlarini bayon eting.
6. 3-bosqich mazmuni, xususiyatlarini bilasizmi?
7. Mustaqillik yillarida «Kutubxonashunoslik» fanidagi o'zgarishlar,
xususiyatlar nimalarda aks etdi?
uchun savollar
www.ziyouz.com kutubxonasi
2-bob. 0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING 2006-YIL 20-IYUNDAGI
381-SONLI, 2011-YIL 23-FEYRALDAGI 1487-SONLI
QARORLARI, 2011-YIL 13-APRELDAGI 0 ‘ZBEKIST0N
RESPUBLIKASINING «AXBOROT-KUTUBXONA
FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA»GI QONUNI
VA SOHADAGI ISLOHOTLAR
XX asrning so‘nggi choragiga kelib, mamlakatimizda xalq
xo‘jaligining barcha sohalarida, ayniqsa, madaniy-ma’rifiy va
ta’lim-tarbiya sohalarida tub o‘zgarishlaryuzberdi. KisMarning
axborotga, bilimga bo‘lgan ehtiyojlari, qiziqish va talablari, inti-
lishlari kengayib bordi. Endilikda ularni faqatgina mamlakatimiz
kutubxonalarida mavjud bilimlar emas, balki jahon axborot
olamidagi ma’lumotlar ham qiziqtira boshladi. Ularning dunyo
axborot olamiga kirib borishi, jahon axborot resurslaridan
foydalanishlari uchun keng imkoniyat yaratib berish maqsadida
endilikda zam onaviy axborot texnologiyalaridan unumli
foydalanish, ular yordamida axborot olamiga kirib borish zarurati
tug‘ildi. Buning uchun mavjud kutubxonalar fondi, ular olib
borayotgan an’anaviy ish usullari yetarli bo‘lmay qoldi.
Ana shularni hisobga olgan holda kutubxonalar fondini
takomillashtirish, kutubxonashunoslik va bibliografik ish jarayon-
larini avtomatlashtirishga o ‘tish bilan yangidan yangi ish shakl-
larini amaliyotga joriy etish, kelajagimiz bo'lgan yosh avlodning
bilim olishga, axborot olishga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini to ‘-
laroq qondirish, aholining barcha qatlamlarini madaniy, ma’naviy-
ma’rifiy, axloqiy qadriyatlar aks etgan bosma va elektron huj-
jatlar bilan ta’minlash, ularni saqlash, keyingi avlodlarga yetkazib
berish uchun shart-sharoitlar yaratish zarurati paydo bo‘ldi.
Ana shu maqsadda 2006-yil 20-iyunda respublikamiz Pre-
zidenti I .A. Karimov tomonidan «Respublika aholisini axborot-
27
www.ziyouz.com kutubxonasi
kutubxona bilan ta’minlashm tashkil etish to g risida»gi Qarori
qabul qilinib, yangidan tashkil etiladigan markazlar tuzilmasi
aniq-ravshan ko‘rsatib berildi. Unga ko‘ra, Madaniyat va sport
ishlari vazirligi tizimidagi kutubxonalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining 0 4rta maxsus, kasb-hunar ta limi markazi, Xalq
ta’limi vazirligi ixtiyoriga o‘tkazildi va axborot-resurs markazlari
tashkil topdi.
Madaniyat va sport ishlari vazirligi ixtiyorida respublikadagi
mavjud ko‘zi ojizlar kutubxonalari qoldirildi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasining kutubxonasi, viloyatlardagi ilmiy-universal
kutubxonalar, shuningdek, Toshkent shahndagi «Bilim» markaziy
kutubxona negizida idoraviy jihatdan 0 ‘zbekiston Aloqa va
axborotlashtirish agentligiga bo‘ysunuvchi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona
markazlari tashkil etildi.
Axborot-kutubxona markazlari zimmasiga bir qator muhim
vazifalar belgilab berildi. Aholigi axborot-kutubxona xizmati
ko‘rsatishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, uning ilmiy,
ta’limiy, axborot va madaniyat sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy
axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish, aholining
barcha qatlamlariga an’anaviy kutubxona xizmati ko‘rsatishdan
o‘zining xususiy axborot resurslarini yaratish vajahon ilmiy-ta’lim
axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish yo‘li bilan
axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish yoMiga o‘tish, universal maz-
mundagi axborot resurslari, bosma va elektron shakldagi milliy va
xorijiy nashrlar fondini shakllantirish, saqlash, ulardan foyda
lanish uchun keng yo‘l ochib berish, respublikada yig‘ma elektron
katalog tuzish yordamida axborot resurslarini birlashtiruvchi
elektron kutubxonalar va ma’lumotlar bazasini yaratish, o‘zlari
mansub hududdagi barcha axborot-resurs markazlari faoliyatini
muvofiqlashtirib borish, ularni metodik-bibliografik qo‘llanmalar
bilan ta’minlash kabilar.
Prezident Qarorini amalga oshirish borasida Idoralararo
muvofiqlashtiruvchi kengashning maxsus уig‘ilishida aniq vazi
falar belgilab berildi. Unga ko‘ra, axborot-kutubxona markazlari
tanlov asosida malakali xodimlar bilan qaytadan to‘ldirildi, davlat
28
www.ziyouz.com kutubxonasi
ro‘yxatidan o‘tkazildi, barcha hujjatlar tegishli tartibdayangilandi,
bosqichma-bosqich yangi zamonaviy kompyuter texnikasi va
boshqa turdagi texnika vositalari bilan ta’minlandi, yangi namu-
naviy shtat jadvallari ishlab chiqildi. Ularning moddiy-texnik ne-
gizi mustahkamlana boshlandi. Axborot-resurs markazlarida ham
shu yo‘nalishda ishlar amalga oshirildi.
OUy o ‘quv yurtlari, maktab kutubxonalari, kasb-hunar kol-
lejlari va akademik litsey kutubxonalari negizida yangidan tashkil
topgan axborot-resurs markazlari (ARM) endilikda universal bosma
va elektron axborot resurslar fondiga ega bo'lishadi. ARM oldiga
o‘quvchi va talabalar hamda aholining barcha qatlamlariga axborot-
kutubxona xizmati ko‘rsatish, ularning muntazam o ‘qishini,
mustaqil bilim olishini tashldl etishda zamonaviy axborot texno-
logiyalaridan samarali foydalanish, miJliy, m a’naviy, axloqiy
qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, xalqimizning madaniy-tarixiy
merosidan bahramand bo‘lishga yo‘l ochib berish, m a’naviy
jihatdan boy va uyg‘un kamol topgan shaxsni voyaga yetkazish
uchun imkoniyat yaratib berish, yangi axborot resurslari asosida
aholiga axborot xizmati ko‘rsatish, madaniy, ta’lim va tarbiya sohasida
boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalar yaratish vazifasi
qo‘yildi.
Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi
tomonidan axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari ishini
tashkil etishning me’yoriy hujjatlari ishlab chiqildi. AKMlarning
namunaviy Nizomiga ko‘ra, AKMlar axborotlashtirish va
kutubxona ishi sohasida o‘z mintaqasidagi axborot-resurs markazlari
uchun mintaqaviy metodik markaz deb ko‘rsatildi. AKMning xorijiy
mamlakatlar axborot-resurs markazlari hamda kutubxonalari Man
kitob ayirboshlash, axborot-kutubxona aloqasini o ‘matish, zarur
paytda xalqaro miqyosda axborot va kitob ayirboshlash huquqi ham
ko‘rsatilgan. Shuningdek, Nizomda AKMning asosiy maqsadi,
vazifalari, funksiyalari, huquq va burchlari aniq belgilab berildi.
Ta’lim muassasalariga qarashli axborot-resurs markazlarining
Nizomi ham ishlab chiqildi. Nizomda barcha vazirliklar tizimidagi
axborot-resurs markazlari ishiga umumiy tashkiliy-metodik
rahbarlikni, ularning ishini muvofiqlashtirib borishni Vazirlar
29
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mahkamasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona tizimi
faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Idoralararo kengash idoraviy
va hududiy metodik markazlar tizimi orqali amalga oshiradi deb
belgilandi. ARMning asosiy vazifasi boy va uyg‘un kamol topgan
shaxsning ijodiy olsishi uchun lmkon yaratish, kutubxona-axborot
madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni zamonaviy axborot
qidirishning ilg'or usullariga o‘rgatish, kitobxonlarning talab va
ehtiyojlariga ko‘ra fondni shakllantirish, turli tashkilotlar va
muassasalar bilan hamkorlik o‘rnatish, axborot-kutubxona fao
liyatini takomillashtirish uchun zamonaviy axborot texnologiya-
laridan foydalanishdan iborat.
0 ‘quv muassasalarida, laboratoriyalarda elektron axborot
resurslarini to‘plash, tizimlash, kataloglashtirishni amalga oshirish,
axborot-resurs fondini yaratish, asosiy ish turlarini bepul va zarur
bo‘lgan holda pulli xizmat ko‘rsatish ishini tashkil etish, foyda-
lanuvchilar uchun informatika, kutubxonashunoslik va bibliogra-
fiya asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish kabi bir qator
funksiyalarni bajaradi. Bundan tashqari, axborot-kutubxona
markazi va axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari ham
ishlab chiqildi. Unda markazning asosiy vazifalari, foydalanuv-
chilarning huquq va burchlari, majburiyatlari belgilab berildi.
To'plamda AKM va ARM faoliyatini tashkil etish va yuritishda
zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, lavozim yo‘riqnomasi namunasi,
asosiy vaqt me’yoriy ko‘rsatkichlari ham berildi.
Mamlakatimiz axborot-kutubxona faoliyatida hamda nashriyot-
chilik ishida shu kunga qadar qo‘llamlayotgan standartlar va
me’yoriy hujjatlar bazasini o‘rganib chiqish, imkon qadar milliy
standartlar bazasini yaratish maqsadida ishchi guruhi tuzildi.
Guruhning vazifasi Rossiya standartlarini o'zbek tiliga tarjima qilish
bilan birga, ulami mamlakatimiz kutubxonachilik, nashriyotchilik
va arxiv ishlari xususiyatlariga moslashtirish, boshqa mamlakatlar
tajribasidan foydalangan holda milliy standartlar va me’yoriy-
huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishdan iborat.
2011-yil 23-fevralda Prezidentimizning «2011—2015-yillarda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutub-
30
www.ziyouz.com kutubxonasi
xona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatidan
rivojlantirishni davom ettirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi
1487-sonli Qarori qabul qilindi. Qarorning mohiyati mamlakati-
miz kutubxonalarida xususiy elektron resurslarni yaratish, boshqa
tashkilotlarning elektron resurslaridan unumli foydalanish bilan
axborot-kutubxona xizmatini sifat jihatidan yuqori saviyaga olib
chiqish, elektron kutubxonalar ishini tashkil etishga qaratildi.
Qaror asosida barcha axborot-kutubxona muassasalaiini zamo-
naviy axborot-texnologiya va axborot-kommunikatsiya texnologiya-
lari, zarur texnika vositalari bilan ta ’mjnlash, moddiy-texnik
negizini mustahkamlash, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish,
ularni amaliyotga joriy etish, noyob, kam nusxadagi, ilmiy,
ma’rifiy, m a’naviy, axloqiy va tarixiy qimmatga ega bo‘lgan
adabiyotlarning elektron shakllarini yaratish vazifalari belgilandi.
Qarordan so‘ng 2011-yil 13-aprelda mamlakatimiz kutubxonachilik
ishi tarixida birinchi marta axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi
m u n osabatlarni tartib g a solish m aqsadida 0 ‘zbekiston
Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonuni qabul qilindi. Qonun 7 bob, 28 moddadan iborat bo‘lib,
axborot-kutubxona muassasalarining vazifalari, foydalanuvchi-
larning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’min-
lash; foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy
va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar
yaratish; milliy madaniyatni tiklashga va yanada rivojlantirishga
ko‘maklashish, 0 ‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy
merosini saqlash; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida
axborot-kutubxona resurslaridan o'zaro foydalanishni ta’minlash
deb belgiJandi.
2011-yil Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy ku-
tubxonasi zamon talablariga javob beradigan, eng so'nggi rusum-
dagi axborot texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya
|