• tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalarining
depozitar saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarini to‘plashni
amalga oshiradi va ularning hisobini yuritadi;
• axborot-kutubxona markazlari qonun huijatlariga muvofiq,
boshqa vakolatlami ham amalga oshirishi mumkin.
12-moddada axborot-resurs markazlari va ularning vazifalari
yoritilgan. Bu markazlar asosan o‘quv muassasalari kutubxonalari
negizida tashkil topganligi sababli ularning vazifalari awalgiga
nisbatan ancha kengaydi. Jumladan:
• ta ’lim muassasasining ixtisoslashuviga muvofiq, ilmiy
ta ’limga oid mazmundagi axborot-kutubxona fondini shakllan-
tiradi va uning but saqlanishini ta’minlaydi;
• elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
• shaxsning ma’naviy boy va barkamol ijodiy o‘sishi uchun
imkoniyatlar yaratgan holda o ‘zidagi va o‘zidan uzoqdagi axbo
rot-kutubxona resurslaridan foydalanish asosida 0 ‘zbekiston xal-
qining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosidan foydalanuvchilami
bahramand etadi;
• axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’min
laydi;
• boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni
amalga oshiradi;
• yig‘ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
• madaniy, ta’lim, axborot dasturlari va loyihalarini hamda
boshqa dasturlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun
ta’lim, ilmiy muassasalar va arxivlar, mahalliy davlat hokimiyati
organlari, milliy madaniyat markazlari va boshqa tashkilotlar bilan
hamkorlikni rivojlantiradi;
• axborot-resurs markazlari qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa
vakolatlami ham amalga oshirishi mumkin;
• axborot-resurs markazlarining axborot-kutubxona fondi