kutubxona ishiga metsenatlar, homiylar jalb etilgan holda xorijiy
kutubxonalar bilan hamkorlik boshlandi. Shu vaqtdan boshlab,
respublikaning 10 ta kutubxonasi qatorida bu yerda ham «IRBIS»
dasturi asosida elektron katalog tuzila boshlandi. 2001-yilga kelib,
respublikada birinchi bo‘lib, 65000 kitob haqidagi bibliografik
yozuvni o ‘z ichiga olgan o ‘zbek tilidagi adabiyotlarning elek
tron katalogi yaratildi. « 0 ‘zbek adabiyoti» m a’lumotlar bazasi tu-
zildi. Unga o ‘zbek milliy adabiyoti vakillari asarlarining to ‘la
matnli m a’lumotlar bazasi va elektron biobibliografiyasi kiritila
boshlandi. 1921—1929-yillarda «Qizil 0 ‘zbekiston» gazetasida
bosilgan materiallarning bibliografik tavsifini o ‘z
ichiga olgan
«Milliy matbuot sahifalarida» nomli baza tashkil topdi va qog‘oz
ko‘rinishida ham bosildi.
2003-yildan kutubxonada yangi axborot texnologiyalari bo‘-
limi ish boshladi. U lokal tarmoqqa birlashtirilgan 8 ta kompyuter
bilan, nusxa ko‘paytiruvchi, nusxa oluvchi texnika vositalari bilan
jihozlandi va bu bazada kutubxona xodimlari, olimlar, shahar va
tumanlardagi kutubxona xodimlari kompyuter savodxonligiga o‘qitildi.
2000-yil «Chorsu-2000» loyihasi asosida tadbirkorlarni qo‘I-
lab-quwatlovchi, ularning huquqiy savodxonligini, madaniyatini
oshirishga qaratilgan respublikada yagona markaz tashkil topdi,
huquqiy adabiyotlar bazasi hamda huquqshunos va buxgalter
maslahatxonasi tashkil topdi.
2001-yili bu markaz negizida «Aholining
huquqiy axborot
markazi» huquqiy va iqtisodiy adabiyotlar fondi, «Huquq» hu
quqiy tizim va kompyuterlar va Internet tizimiga ochiq kirish hu-
quqi bilan tashkil topdi. Markazda nafaqat aholining huquqiy
madaniyatini oshirish bo‘yicha ish olib borildi, balki 0 ‘zbe-
kistonning 5 hududi — Xorazm, Buxoro, Andijon, Sirdaryo
viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikalarida ham xuddi shun-
day markazlar tashkil topishiga yordam berildi.
Seminar-trening-
larda huquqiy axborot markazlarida ishni tashkil etish, yangi
axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha mutaxassislar
o‘qitildi va madaniyat instituti professor-o'qituvchilari jalb etildi.
Mutaxassislar bilan hamkorlikda «Yangi iqtisodiy