3.3. A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat
axborot-kutubxona markazi
1911-yil 6-dekabrda Samarqandda taniqli arxeolog V.L. Vyat-
kin tashabbusi bilan polkovnik G.A. Brejezitskiy, agronom
Y .N . Grushanovskiy, Y.M. Volnev va boshqalar yordami bilan
shahar ommaviy kutubxonasi ochildi. Kutubxonaning dastlabki
kitob fondi, asosan, turli tashkilotlar va fiiqarolardan hadya ta-
riqasida olingan 2 ming nusxaga yaqin adabiyotlardan iborat edi.
Dastlab kutubxona muzey bilan bir imoratda joylashgan. Hozirgi
kunda bu chiroyli, kichik bino A.Temur va M.Qoshg‘ariy ko‘chalari
kesishgan burchakda, uning fasadida yirik qilib yozilgan «Qiroat-
xona» yozuvi saqlanib qolgan. Kutubxonaning birinchi direktori
V.A. Andreyev ishni kutubxona katalogini tuzishdan boshlagan.
Kutubxona faoliyatining dastlabki davrida uning xizmati-
dan 200—300 kishi foydalangan bo‘lsa, o‘tgan asrning 40-yilla-
rida kutubxona a ’zolari soni 3800 nafarga yetdi, 50-yillarda esa
6 mingdan oshib ketdi.
1917-yildan Samarqand shahar ommaviy kutubxonasi o‘lka
maorif bo‘limining markaziy kutubxonasi, 1920-yildan asosiy
kutubxona, 1927-yili Xalq komissarlari qo‘mitasi tasarrufiga o‘tib,
davlat kutubxonasi maqomiga ega bo‘ldi.
1937-yil ulug‘ rus shoiri A.S.Pushkin o‘limining yuz yilligi va
kutubxona tashkil topganiga 25 yil to'lishi munosabati bilan
0 ‘zbekiston hukumatining qaroriga binoan, unga A.S. Pushkin
nomi va davlat kutubxonasi maqomi berildi. Yildan yilga kitob fondi
o‘sib, bo‘limlar ham o‘zgarib, kengayib bordi. 1960-yili fond turli
bilim sohalariga oid 150 mingdan oshiq nusxadagi adabiyotlarga
ega bo‘ldi. 0 ‘sha yillari ko‘hna Afrosiyobdagi katta arxeologik
qazishmalar yakuniga yetib, Samarqand shahrining tashkil topgan
yiliga aniqlik kiritildi. 1970-yili dunyo jamoatchiligi shahaming
53
www.ziyouz.com kutubxonasi
2500 yilligini nishonladi. Yubiley obyekt sifatida universitet
xiyobonida joylashgan viloyat kutubxonasining binosi hisobiga
kiritildi.
1970-yil viloyat kutubxonasi 500 ming jild kitobga mo‘ljallangan
yangi binoga ко1 chib oltdi. Shu davrda yangi ixtisoslashgan о quv
zallari, chunonchi, texnika va qishloq xo‘jaligiga oid adabiyotlar,
chet tilidagi adabiyotlar, davriy nashrlar, san’atga oid adabiyotlar,
o‘quv zallari, shuningdek, o‘smirlar bo‘limi tashkil etildi. Viloyat-
dagi 18 ma markazlashtirilgan kutubxonalar tizimi tarkibidagi
740 ta davlat kutubxonalari uchun uslubiy markazga aylandi. Hozirgi
paytda kitob fondi 700 ming nusxadan oshgan, har yili 29 ming
kitobxonga xizmat ko‘rsatadi, kitob berilishi 600 ming birlikni
tashkil etadi.
Viloyat kutubxonasining uslubiy markaz sifatidagi roli ham
kuchayib bordi. XX asrning 70-yillari boshida viloyatda kitob
fondlari 3124,7 ming birlikdan iborat 631 ta kutubxona aholiga
kutubxonachilik xizmati ko‘rsatdi. Shu yillar ichida viloyat ku-
tubxonalaridan foydalanuvchilar soni 332,8 ming kishiga yetdi,
ularga jami 3456 ming nusxa adabiyotlar berildi.
0 ‘tgan asrning 70—80-yillari viloyat kutubxonalar tar-
mog‘ining rivojlanish va tartibga solinish davri bo‘ldi. Shu davr
ichida davlat ommaviy kutubxonalar tarm og‘i 220 birlikka
ko‘paydi va 1990-yilga kelib 850 taga yetdi.
1973—1985-yillarda Samarqand viloyatida kutubxonalar
tarmog‘ini markazlashtirish tadbirlari amalga oshirildi. Shu davr
ichida 840 kutubxonani, shu jumladan, 777 ommaviy, 44 bolalar
va 19 markaziy kutubxonalarni birlashtirgan 19 ta markazlashtiril
gan kutubxonalar tarmog‘i tashkil etildi. Kitobxonlar soni ham
ko‘payib bordi. Markazlashtirishgacha ularning soni 332,8 ming
kishini tashkil etganbo‘lsa, 80-yillarning oxiriga kelib 754,7 ki
shiga yetdi. Shu davr ichida foydalanish uchun berilgan kitoblar
soni ham 4,5 baravar oshdi va 15303,9 ming nusxaga yetdi.
80-yillarda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat kutub
xonasi respublikaning ilmiy-uslubiy ishlar bo‘yicha ilg‘or tajriba
maktabiga aylandi. Uning negizida turli uchrashuvlar, seminarlar,
konferensiyalar, malaka oshirish kurslari va boshqa tadbirlar doimiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘tkazib kelindi. Ko‘plab xorijiy mamlakatlar kutubxonalari bilan
hamkorlik o ‘matildi.
So‘nggi yillarda o ‘lkashunoslik bo‘limi, kataloglar va karto-
tekalar bo‘limi, huquqiy axborot markazi, Gyote instituti ko ‘-
magida nemis tilidagi adabiyotlar o ‘quv zali, bolalar adabiyotlari
bo‘limi tashldl etildi.
2006-yilga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra, viloyat kutubxonasi ning
kitob fondi 612 ming nusxani, gramplastinkalar 3 mingni, notalar
to‘plami 12 mingni, gazetava jurnallar bog‘lanmalari 4 mingni
tashkil etdi. 1920-yilgacha nashr etilgan kitoblar fondi 3 ming jildga
yaqin adabiyotlarni o‘z ichiga oladi. Kitobxonlar soni 33 ming kishiga
yetdi, ularga har yili 700 ming nusxaga yaqin adabiyotlar beriladi.
Kutubxonaning ilmiy-uslubiy va m a’lumot-bibliografiya
bo‘limlarining har yili kutubxona tamg‘asi bilan 15 ga yaqin nomda
uslubiy qo‘llanmalari, o ‘lkashunoslikka oid materiallar, tavsiya
ro‘yxatlari nashr etiladi.
Kutubxona 2006-yildan Samarqand viloyat axborot-kutubxona
markazi sifatida qayta tashkil etildi. Viloyat kutubxonasini dunyo
axborot olamiga ulash imkoniyati paydo boMdi. Kitob fondi elek
tron shaklga o‘tkazila boshlandi, kitobxonlar kompyuterlardan,
elektron katalogdan foydalanish imkoniga ega bo‘lishdi. Kitobxon-
larga masofadan turib kitob fondi dan foydalanish ishlari bosh
landi. 2011-yil dekabrda AKM o‘zining 100 yillik yubileyini
nishonladi. AKM viloyatdagi 314 ta turli muassasalarga qarashli
kutubxonalar uchun uslubiy markaz sifatida ishni davom ettirdi.
2002-yili Germaniya hukumatining qo‘llab-quwatlashi va
Madaniyat ishlari vazirligining hamkorligida nemis o‘quv zali
ochildi. U zamonaviy o‘quv zali bo‘lib, dolzarb nemis tilidagi
adabiyotlar, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan madaniyat va
ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning namunasidir. Nemis o‘quv
zalining fondi nemis tilidagi 2246 kitobdan, audio va video-
kassetalardan, CD, DVD va jurnallardan iborat. Bu Samarqand
shahridagi Germaniya haqida ma’lumot beaivchi yagona markaz.
Adabiyotlar o ‘lkashunoslik, nemis tili, san’at, madaniyat, iqti-
sodiyot, huquqshunoslik, ijtimoiy fanlar masalalariga oid va ba-
diiy adabiyotlar, Iug‘atlar, ma’lumotnomalar, ensiklopedivalardir.
55
www.ziyouz.com kutubxonasi
Buxoro shahrida Buxoro Xalq Respublikasi M aorif vaziri
Musojon Saidjonov tashabbusi bilan tashkil topgan Eski Buxoro
markaziy shahar kutubxonasi 1921-yil 30-iyunda o ‘z faoliyatini
boshladi. Uning dastlabki kitob fondi 1187 nusxadan iborat edi.
1938-yil 0 ‘zbekiston Maorif xalq komissarligi qarori bilan
Eski Buxoro markaziy shahar kutubxonasi Buxoro viloyat ku-
tubxonasiga aylantirildi va unga buyuk alloma Abu Ali ibn Sino
nomi berildi. Shu munosabat bilan kutubxonaga adabiyotlar,
jihozlar xarid qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Natijada,
kitob fondi 1940-yilga kelib 10 baravar ko‘paydi, 1939-yilning
oxiriga kelib viloyat kutubxonalar tarmog‘i 138 ta kutubxonadan
iborat edi. Ularga kutubxonachilik ishining asosiy yo‘nalishlari
bo‘yicha uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, kutubxona xodim-
larining malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish maqsadida
1940-yilda viloyat kutubxonasi qoshida uslubiy xona tashkil etildi.
1953-yili Sharq fondidagi qo‘lyozmalarning bir qismi Abu
Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutiga berildi.
Umuman olganda, mazkur ilmiy muassasa kitob fondining eng
yaxshi va noyob qismini «Buxoro kolleksiyasi» tashkil etadi.
1958-yil aprelda viloyat kutubxonasida davriy nashrlar zali ochildi.
1959-yildan kutubxonada ilg‘or metod — kitob fondlaridan erkin
foydalanish qo‘llanila boshlandi. 1971-yil 500 ming kishiga
mo‘ljallangan yangi uch qavatli bino foydalanishga topshirildi.
0 ‘tgan asrning 90-yillariga kelib kutubxonaning asosiy boyligi —
kitob fondi 300000 nusxaga yetdi.
Mustaqillik yillarida kutubxona hayotida katta ijobiy o ‘zga-
rishlar го у berdi: kitobxonlar doirasi kengaydi, kutubxonaga
tashriflar soni ko‘paydi. 1993, 1994, 1995, 2006-yillarda xalqaro
simpozium va konferensiyalar o‘tkazildi. 1998-yil kutubxona Sharq
fondidagi noyob qo‘lyozma asarlar katalogi nashr etildi. Mazkur
katalog nusxalari AQSH Kongressi kutubxonasiga, Yaponiya,
Germaniya, Rossiya va Angliya kutubxonalariga yuborildi. Sharq
fondidagi toshbosma nashrlar katalogi tuzila boshlandi.
|