• 3.14. Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi
  •  Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/183
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,3 Mb.
    #237439
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   183
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    3.13. Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat
    axborot-kutubxona markazi
    Navoiy viloyat hokimligining 1992-yil 27-maydagi qaroriga 
    asosan, 263,3 ming nusxa kitob fondi, 32 nafar kutubxona xodim- 
    lari bilan viloyat birlashgan kutubxonasi tashkil qilindi.
    Viloyat hokimligining madaniyat va sport ishlari boshqarmasi 
    tasarrufida 253 ta kutubxona, shu jumladan, bitta universal-ilmiy 
    va bitta bolalar kutubxonasi viloyatning ko‘p millatli aholisiga xizmat 
    ko‘rsatib keldi. Shulardan 43 ta kutubxona shaharda, 210 ta 
    kutubxona qishloqlarda joylashgan edi.
    2005-yilga kelib, viloyatdagi kutubxonalarning umumiy kitob 
    fondi 1 794 195 nusxaga yetdi. Shundan 1 112 099 nusxasi o‘zbek 
    tilidagi adabiyotlardir.
    Viloyat universal-ilmiy kutubxonasi 6 ta tarkibiy bo‘limdan iborat.
    Kutubxona 2006-yili Navoiy viloyat axborot-kutubxona mar­
    kaziga aylantirilib, zamonaviy kompyuter texnologiyalari va tex- 
    nika vositalari bilan ta’minlandi.
    3.14. Toshkent shahar «Bilim»
    axborot-kutubxona markazi
    1937-yilning oktabr oyida Toshkent shahar Frunze tuman 
    (hozirgi Yakkasaroy tumani) markaziy kutubxonasi Kirov 
    nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i (hozirgi Z.M. Bobur nomi- 
    dagi bog‘) hududidagi general-gubernator Kropatkinning 
    dala
    hovlisida 10000 birlikdagi kitob fondi bilan tashkil etilgan.
    Kutubxonaning birinchi direktori Lev Yakovlevich Estrin edi.
    1957-yili direktor lavozimiga Antonina Komilovna Garmash
    67
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    tayinlanadi va u 1970-yilga qadar kutubxonani boshqaradi, 
    undan so‘ng 1973-yilgacha Railya Shamsutdinovna Davletcha- 
    rova rahbarlik qiladi. 1972-yil sentabrda kutubxonaga «Bilim» 
    shahar markaziy kutubxonasi maqomi beriladi, kitob fondi 48619 
    birlikka ega edi. Direktor etib Raisa Alekseyevna Fedorina tayin- 
    lanib, 1975-yilga qadar faoliyat yuritgan.
    1975-yil sentabrdan 1979-yilgacha Zinaida Sergeyevna M o­
    rozova, 1979-yildan 1983-yilgacha Vera Anatolyevna Sklyar, 
    keyin Agrafena Borisovna Tyan 1993-yilgacha, Feruza Anva­
    rovna Yunusova 1993-yil aprelidan 2008-yil mart oyigacha, un­
    dan so‘ng esa Svetlana Gennadyevna Ribkina rahbarlik qilishdi.
    1977-yili markazlashtirilgan tizimga o‘tilgandan so‘ng, mar­
    kaziy kutubxona 2 ta tuman — 6 ta kutubxonasi bilan Sergeli 
    tumani, 5 ta filial kutubxonalari bilan Yakkasaroy tumanini 
    birlashtirdi. 11 ta kutubxonalartarmog‘ini birlashtirgan markaziy 
    kutubxona 1994-yilga qadar faoliyat yuritdi. 1977-yilda kitob fondi 
    jami 88706 birlikni tashkil etgan.
    1985-yil yozida «Bilim» MKning bir qismi — direksiya, 
    buxgalteriya, komplektlash va adabiyotlarga ishlov berish, uslubiy- 
    bibliografiya bo‘limi, yagona kitob fondini tashkil etish va foyda- 
    lanish bo‘limi Chilonzor dahasining 12-uyigako‘chib o‘tdi. 1994-yil 
    yanvaridan MKTni qayta tashldl etish munosabati bilan 5 ta kattalar 
    va 1 ta bolalar kutubxonasi ajralib, MBKT har bir tumanda alohida 
    tashldl topdi. Aholining kattalar va bolalar guruhiga xizmat ko‘r- 
    satgan bu tizim 1998-yilgacha ish olib bordi. 0 ‘zining maqomiga 
    ko‘ra, «Bilim» MK 2006-yil 20-martga qadar shaharning 106 ta 
    kutubxonasi uchun uslubiy markaz vazifasini bajarib kelgan.
    2006-yil 20-iyunda qabul qilingan Prezidentimizning 381-sonli 
    Qarori asosida Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi 
    ommaviy markaziy kutubxona 0 ‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish 
    agentligi tasarrufidagi Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona 
    markaziga aylantirildi.
    Hozirgi kunda kutubxonaning fondi 100000 dan ortiq kitoblar, 
    gazeta, jurnallardan iborat. Shundan 10000 tasini o‘zbek tilidagi 
    adabiyotlar egallaydi. Kutubxona 6 ming kitobxonga bir yilda 60000 
    dan ortiq adabiyot bilan axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatadi.
    68
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi 
    «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil 
    etish to ‘g‘risida»gi Qaroriga ko‘ra, ta’lim muassasalari negizida 
    awalgi ommaviy kutubxonalar bilan birlashtirilgan holda axborot- 
    resurs markazlari tashkil topdi.
    ARM ta’lim muassasasi rahbarligida o‘z ishini tashkil etadi va 
    ta ’lim muassasasining tarkibiy bo‘linmasi sifatida mablag* bilan 
    ta’minlanadi. ARM faoliyatida 0 ‘zbekiston Respublikasi Konsti- 
    tutsiyasi, Qonunlari, ta’lim muassasalari boshqaruv organlari- 
    ning qarorlari, buyruqlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlari, 
    ta’lim muassasasi Nizomi, rahbariyatning buyruqlari va farmo- 
    yishlari, ichki tartib-qoidalariga hamda Nizomga amal qiladi.
    Qarorga ko‘ra, o‘quvchilar hamda aholining barcha qatlam- 
    lariga zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida muntazam 
    o‘qish va mustaqil bilim olishga ko‘maklashish, milliy-ma’naviy- 
    axloqiy qadriyatlarni targ‘ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy 
    merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va 
    uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkon yara- 
    tib berish, ma’lumotlar elektron bazalari, Internet resurslari asosida 
    aholiga axborot xizmati ko‘rsatish, madaniy, ta’lim, axborot hamda 
    boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun 
    ta’lim muassasalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 
    milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va- 
    zifasi yuklatildi. Mavjud ARMlarga o‘rta maxsus, kasb-hunar 
    ta’limi tizimi rahbarlarining malakasini oshirish va qayta tayyor- 
    lash instituti — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari 
    ARMlarining uslubiy markazi, respublika ilmiy-pedagogika 
    kutubxonasi — umumta’lim o‘quv yurtlari muassasalari ARMlari­
    ning uslubiy markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar 
    va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari — hududiy- 
    uslubiy markaz sifatida ish olib boradi.
    ARM axborot-kutubxona muassasalari tizimidagi o‘rni kitob 
    jamg‘armasining ko‘p-ozligi yoki foydalanuvchi kitobxonlaming

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   183




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish