Bu haqda OAV va veb-saytlarda ma’lumot beriladi.
Har yili ma-
hallalar, tuman harbiy komissariati, Rossiya, xorijiy mamlakatlar
markazlari, o ‘quvchilarning shahar ijod uyi bilan hamkorlikda
shartnomalar tuziladi. Toshkentdagi Gyote instituti ко magida
nemis o‘quv zali tashkil topgan. Bu butun shahar ARMlarining
faxri. Unda muntazam ommaviy tadbirlar,
uchrashuvlar, nemis
tilini o‘rganuvchilar uchun o‘qishlar tashkil etiladi. ARM res-
publikadagi barcha kasb-hunar kolleji va akademik litsey ARMlari
uchun muvofiqlashtiruvchi markaz hisoblanadi.
3.17. Oliy o‘quv yurtlarining axborot-kutubxona resurslari
Oliy o‘quv yurtlarining kutubxonalari oliy o ‘quv yurtining
tarkibiy bo‘lagi bo‘lib, jamiyat taraqqiyotining barcha tarm oq-
lari uchun yuqori malakali kadrlar
yetishtirishda muhim rol
o‘ynovchi ilmiy, o‘quv-ko‘makchi, madaniy-ma’rifiy muassasadir.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarining vazifalari va ish
ko‘lamlarini kengaytirib berdi. Endilikda oliy o‘quv yurtlari kutub
xonalari kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalari bilan
jihozlanib, ish jarayonlari avtomatlashtirildi, ularning virtual kor-
porativ tarmoqlari tashkil etila boshlandi.
3.18. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston
Milliy universitetining ARMi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi 0 ‘zbekiston M illiy universitetining
ARM (asosiy kutubxonasi) oliy o‘quv yurtlari ARMlari uchun
umumiy uslubiy markaz vazifasini bajaradi.
1918-yil 21-aprelda Turkiston xalq universiteti
negizida ada-
biyotshunoslik, til, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va matematika, qish
loq xo‘jaligi va texnika fakultetlari tashkil etildi.
Keyinchalik kutubxonaning tashkil topishida ziyolilar, olimlar,
o‘qituvchilarning o‘rni katta bo‘ldi. Professorlar V.I. Romanov,
M.M. Protod-Yakonova, Y.N. Zelen, D.D. Shreder, G.N. Cher-
danseva, taniqli jarroh V.F. Yasnitsk-Voynov va boshqalar ku-
www.ziyouz.com kutubxonasi
tubxonani shakllantirishda jonzoblik ko'rsatishgan. 1920-yili
A.Y. Shmidt rahbarligida bir eshelonda o ‘qituvchilar, 68 nafar
taniqli professor-olimlar bilan birga
Rossiyadagi yirik uni-
versitetlarning kitob jamg‘armasidan 50 mingta turli adabiyotlar
keltirilgan va ular kutubxonaning fondiga asos solgan.
1919-yili kutubxonada 7 nafar xodim ishlagan bo‘lsa, 1924-yilga
kelib ularning soni 18 nafarga yetdi. Jamg‘armani tartibga kel-
tirish va joylashtirish bilan tajribali kutubxonachi va olimlar
Y.P. Perelman, M.I. Sosnovskiy, V.M.
Komarovskiylar shu-
g‘ullanadi. M.V. Drozdov kutubxona jamg‘armasini to‘ldirishga
katta hissa qo‘shdi, uning o‘zi kasbi shifokor bo‘lishiga qaramay,
kutubxona ishini chuqur tushunib yetadigan mutaxassis edi.
Universitet kutubxonasining ilmiy kotibi M.V. Drozdov kutub
xona jamg‘armasini kam nusxali noyob va qo‘lyozma kitoblar bilan
toMdirishdajonbozlik ko‘rsatdi.
1924-yili kutubxona fondida turli bilim sohalariga oid 51940
kitob bor edi. Ilmiy kutubxonalarni birlashtirishda kutubxonalar
Assotsiatsiyasining a ’zosi N.A. Burovning mehnati katta bo‘ldi.
U jamg‘armani kataloglashtirish, 1924—1930-yillarda
nashr
qilingan adabiyotlarning yig‘ma katalogini tashkil etish, o ‘lka-
shunoslik va kutubxonashunoslik masalalariga oid o ‘nlab ma-
qolalarni chop ettirish va kutubxonachi kadrlar yetishtirishda
o'ziningyordamini ayamadi. 1935-yil 0 ‘rta Osiyo davlat univer-
siteti kutubxonasida 140 tadan ortiq qo ‘lyozmalar b o ‘lgan.
1966-yili yong‘indan keyin kutubxona 2 million jamg‘armasi bilan
aviatsiya texnikumi binosidan talabalar shaharchasidagi besh
qavatli yangi binoga ko‘chirildi.
0 ‘zbekiston Milliy universiteti
boshqa kutubxonalar kabi
1998-yildan e ’tiboran avtomatlashtirish tizimiga o‘tdi. ARM qo-
shida elektron kutubxona va «IRBIS» dasturi asosida elektron ka
talog tashkil etila boshlandi. Bu davrda ilg'or ARMlar qatorida
Toshkent iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Abdulla
Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti, Toshkent
jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, Toshkent axborot
texnologiyalari universitetining axborot-resurs markazlari