madaniyatli bo‘lib shakllanishi kutubxonadan boshlanadi,
kitob-
dan olgan bilimiga bog‘liq. Shuning uchun bolalarga xizmat
ko‘rsatadigan axborot-resurs markazlarida ma’naviy-ma’rifiy mu-
hitni vujudga keltirish umumdavlat ahamiyatiga ega.
Maktab kutubxonasi yoki ARM faoliyatini maktabning o‘quv,
m a’naviy, tarbiyaviy hayotisiz tasawur etib bo‘lmaydi. ARMdagi
har bir ish, vazifa maktabda o ‘tiladigan fanlar, o‘qituvchilar ol-
didagi vazifalar bilan bog‘lansagina samara beradi. 0 ‘quvchilar-
ning bilim doiralarini kengaytirish bilan ularning o ‘quv material-
larini chuqurroq o ‘zlashtirib olishlariga yordamlashish,
kelgusida
kasbni aniq va to‘g‘ri tanlashlariga yordam berish axborot-resurs
markazlarining asosiy vazifasi. Ular umumiy,
tarbiyaviy vazifa-
larni, bolalarning mustaqil bilim olishini va bo‘sh vaqtini samarali
tashkil etish, ularning o ‘qishiga rahbarlik
qilish bilan boshqa
ARMlardan farqli o‘qishga ongli munosabatni tarbiyalaydi, o‘qil-
gan narsalarni o‘zlashtirib va mustahkamlab olishiga yordamla-
shadi. Bolalarda kompyuter savodxonligini tarbiyalaydi. Barcha
fanlar bo‘yicha matbaa asarlari bilan birga elektron
va boshqa tur-
dagi resurslardan foydalanishga o ‘rgatadi. Internet tizimidan
to ‘g‘ri va samarali foydalanish ko‘nikmasini tarbiyalaydi.
ARMlarda bolalarning qiziqishini o‘rganish, talab va ehtiyoj
larini aniqlash va shunga ko‘ra ishni tashkil etish muhim masala.
Chunki, bolalarning kelajagi
yoshlikda egallagan bilimi, kasb-
kori, olgan tarbiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Yoshlikda olingan bilim —
toshga o‘yilgan naqshdir, u bir umrga esda qoladi va barcha fan-
lami o‘zlashtirishda yordam beradi.
Axborot-resurs
markazlarida bolalar yoshiga, sinfiga qarab
guruhlarga ajratiladi va axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatiladi.
Chunki, sinflarda o‘tiladigan fanlar, ularni tushunish, qabul qilish
xususiyatlari, bolalarning yosh xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.