Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

3.6. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon
viloyat axborot-kutubxona markazi
1907-yil Andijon shahrida ilm-fanga chanqoqjamoatchilik sa’y- 
harakatlari bilan va shahar aholisi to ‘plagan mablag‘lar evaziga 
387 nusxa kitob fondiga ega ommaviy kutubxona qiroatxonasi ish 
boshladi. 1921-yil u Andijon mahalliyjadidlar sardori Abdulhamid 
Cho‘lpon 1907-yilda asos solgan «Turon kutubxonasi» bilan bir- 
lashdi va shahar kutubxonasi maqomini oldi. 1922-yilga kelib 
kutubxonada o‘n mingga yaqin kitob, gazeta va jurnallar saqlanardi.
1917-yiIi kutubxonada atigi 14 nomda gazeta va 26 nomda 
jurnallar jamlangan bo‘lsa, oradan 50 yil o‘tib 375 nomdagi jurnal 
va 42 nomdagi gazetalarga obuna bo‘lishga erishildi. Kutubxonada 
3298 nusxada noyob adabiyotlar alohida saqlanib kelinmoqda.
1941-yilda Andijon viloyati tashkil topishi munosabati bilan 
shahar kutubxonasiga viloyat kutubxonasi maqomi berildi. 
1950—60-yillarda viloyat kutubxonasi kutubxonalar kollektori va 
mahalliy kitob do‘konlaridan olingan yangi adabiyotlar bilan 
butlandi, kitob jamg‘armasi yirtilgan va mazmunan eskirgan 
adabiyotlardan tozalandi.
Kutubxona tashkil topganligining 
60 
yilligi arafasida 
(1966-yil)
respublikada birinchilardan bo‘lib, 
500 
ming nusxa kitob 
saqlashga
mo‘ljallangan yangi binoga ega bo‘ldi va shu yil kutubxonaga 
buyuk
shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi.
59
www.ziyouz.com kutubxonasi


Viloyat kutubxonasida 2001-yil Toshkent viloyati «Turon» 
ilmiy-universal kutubxonasi granti asosida «Huquqiy axborot 
markazi» tashkil etildi. Kutubxona 2001-yil Xalqaro kutubxo­
nachilik aloqalari dasturiga a’zo bo'ldi. Dasturning maqsadi — 
0 ‘zbekistondagi huquqiy masalalarga oid so‘roqlarni milliy dastur 
asosida to‘liq ta’minlab berish.
Bundan tashqari, kutubxonada 2002-yil 1-yanvardan nodavlat 
notijorat tashkilotlarini axborot bilan ta ’minlash markazi o‘z 
faoliyatini boshladi. Kutubxonaning direktori Hafizaxon Qo‘l- 
doshevna Karimova 2009-yili Xalq demokratik partiyasidan Oliy 
Majlis deputatligiga saylandi. Bu nafaqat 0 ‘zbekiston, balki jahon 
kutubxonachilik ishi tarixida birinchi xalq deputatidir.
Kutubxona 2006-yili Andijon viloyat axborot-kutubxona mar- 
kaziga aylantirilgan.

Download 11,3 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish